1. Dunyo rivojlangan mamlakatlari xalq xo‘jalik taraqqiyotiga standartlashtirishning ta’siri.
XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib standartlashtirish xalq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy omillari qatorida joy ola boshladi. Jaxon urishidan keyin esa standartlashtirish iqtisodiy zarurat tusiga kira boshladi. XX asr boshlarida 1919 yili Belgiya va Kanada, 1920 yili Avstriyada, 1921yili Italiya, Yaponiya va Vengriyada, 1923 yili Avstriya, Shvesiya, Chexoslavakiyada, 1923 yili Norvegiyada, 1924 yili Finlandiya, Polshada, 1926 yili Daniyada, 1928 yili Ruminiyada standartlashtitrish jamiyat va tashqi lotlari tuzildi.
Xalqaro tovar almashtirivining doimiy va zaruriy rivojlanishi, ilmiy-texnika sohasida hamkorlikni yaxshilanishi 1939 yilga kelib Xalqaro standartlashtirish assotsiatsiyasida (ISO) ni asoslanishiga olib keldi.
Uning taraqqiy roli ikkinchi jaxon urishi tufayli biroz to‘xtadi.
1943 yili birlashgan millatlar tashqi loti (BMT) doirasida, London va Nyu-Yorkda standartlashtirish mahkamasiga ega bo‘lgan standartlashtirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi barpo etildi.
Va nixoyat ikkinchi jahon urushi tugallangandan so‘ng 1946 yillarda hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etayotgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashqi lotga 33 mamlakat a’zo bo’lgan. Hozirda (ISO) eng yirik (91 mamlakat a’zo) xalqaro texnik tashqi lotlardan xisoblanadi.
Standartlashtirish ishlarini xalq-xo‘jaligi taraqqiyotida ahamiyati oshib borar ekan, keyingi yillarda boshqa xalqaro va xududiy uyushma va tashqi lotlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Masalan 1953 yilda oltita Yevropa mamlakatlari ko‘mir va po‘lat bo‘yicha iqtisodiy muvaffaqiyatni ko‘zlab (Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Italiya, Luksinburg) po‘lat bo‘yicha muvofiqlashtirish hayati tuzildi.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakat vakillari, Yevropa erkin savdo va umumbozor hayati vakillari ishtirokida 1961 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Yevropa standartlarini muvofiqlashtirish qo‘mitasi tuzildi.
Bu qo‘mita tarkibida sanoatning eng muhim tarmoqlari:
Metallurgiya, qurilish, to‘qimachilik, neft guruxlar belgilandi. Shu tariqada standartlashtirishning xalq-xo‘jaligida tutgan o‘rni salmoqli rivojlanib Yevropa va butun dunyoni jadal qamrab bordi. Standartlashtirishdan AQSh va Yaponiya mamlakatlari eng samarali foydalanib XX asrning ikkinchi yarmida xalq-xo‘jaligida eng yuqori ko‘rsatkichga erishdilar.
Standartlashtirishning xalq xo‘jaligi rivojiga tasiri kuchayib borishi natijasida Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston va ayniqsa Chet mamlakatlar iqtisodiyotdagi keskin yuksalishlarni kuzatish mumkin. Demak, standartlashtirishning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni mavjud va bu o‘rin tobora eni, bo‘yi va balandlik bo‘yicha xajmiy kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |