Kimyo texnologiya



Download 2,59 Mb.
bet123/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

Sertifikatlashtirish qoidalari

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslanib O’zstandartning 07.09.2005. №340 buyrug’iga binoan olib boriladi.

Ishlab chiqarish korxonalarini sharoitini tekshirishda quyidagilarga amal qilinadi:


  1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun meyoriy xujjatlarni mavjudligi(TSh, GOST, OST, UZ DST va boshqalar)

  2. Tayyor mahsulotni yoki xom ashyoni sifatini nazorat qilish uchun laboratoriyani mavjudligi va uning xolati, agarda laboratoriyaga ega bo’lmasa o’zga laboratoriyalar bilan shartnomasini borligi

  3. Texnologik jixozlar yordamida ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan korxonalarda texnologik jixolar bilan ta’minlanganligi

  4. O’lchash vositalaridan foydalanadigan korxonalarda, o’lchash vositalarini mavjudligi va ularni tekshiruvdan o’tganligi

  5. Mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik rejimga muvofiq kelishi

  6. Mahsulotni nazorati va ishlab chiqarishda mutaxassislarni borligi

  7. Tayyor mahsulotni va xom ashyoni saqlash, tashish sharoitini mavjudligi

Quyidagi ko‘rsatkichlarga, ya’ni ishlab chiqarish sharoiti o‘rganib chiqilgandan so‘ng akt obsledovaniya (tekshirish akti) beriladi. Bu sertifikat berishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Sertifikatlash asosan 2 bosqichda olib borilib, birinchi bosqichda mahsulotni xavfsizligi ko’rsatkichlari, fitosanitar ko’rsatkichlari, ekologik ko’rsatkichlari, veterinariya ko’rsatkichlari aniklanadi ikkinchi boskichda esa fizik kimyoviy, organoleptik va boshqa ko’rsatkichlar aniqlanadi.

So‘rovnomadagi mahsulotni sertifikatlashtirishga ariza berilgan paytda akkreditlangan SI yo‘k bo‘lsa, so‘rovnoma SMI ga yoki uning xududiy idorasiga jo‘natiladi. Ushbu idora sertifikatlashtirish ishlarini tashqi l etishi va sertifikatlashtirish sinovlari uchun ASL ni aniqlashi lozim.

So‘rovnomadagi mahsulotni sertifikatlashtiradigan bir nechta SI mavjud bo‘lsa, so‘rovchi o‘zining xoxishi bo‘yicha ularning birga murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnoma berilgandan sung SI uni ko‘rib chikib, taqdim etilgan xujjatlarni taxlil kiladi va so‘rovnomani olgandan keyin ikki kundan kechiktirmay, so‘rovchiga o‘z qarorini ma’lum kiladi. Bu qarorda bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishning belgilangan tartibiga asoslanadigan sertifikatlashtirish barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish sxemasi va muvofiqlikni sertifikatlashtirish uchun zarur MX, sinovlarni o‘tkazadigan ASL ko‘rsatiladi. Qarorning tavsiya etilgan shakli mazkur Qoidalarga № 3 ilovadan keltirilgan.

Sertifikatlashtiriladigan mahsulot MXda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik normalar va talablar mavjud bo‘lsa, qarorda gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya, ekologik xulosalarni (sertifikatni) olish zarurligi xam ko‘rsatiladi.

Mahsulotni sertifikatlashtirishni o‘tkazish muddati ushbu mahsulotga va/yoki sinov metodlariga MX da belgilangan tekshirish va sinash muddatariga mos kelishi, ko‘shimcha xujjatlar (gigiyenik sertifikat, veterinariya xulosasi va boshqalar)ni olishga ketadigan vaktni xisobga olishi lozim. Bu vaqt bir oydan oshmasligi lozim.

Tez buziladigan mahsulotni (qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni) sertifikatlashtirish muddati, so‘rovnoma berilgan kunni xam xisoblangan xolda uch kundan oshmasligi kerak.

Sertifikatlashtirishda MXning barcha talablarini tekshirish zarurligini SI har bir muayyan xolda, o‘zidagi ko‘shimcha xujjatlarni (sifat tizimiga yoki ishlab chiqarishga sertifikat, vakolatli tashqi lotlarda o‘tkazilgan sinov bayonnomalari, gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya, ekologik sertifikatlar (xulosalar), yetkazib beruvchining texnik xujjatlari va boshqalar)ni xisobga olib aniqlaydi.

Gigiyenik sertifikatlarni SI ga taqdim etishda unga davlat sanitariya nazorati idorasida bajarilgan sinovlar bayonnomasining nusxalari xam ko‘shib beriladi.

Agar ko‘shimcha xujjatlarda ASL da muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarning natijalari bor bo‘lsa, u xolda SI bu natijalardan qo‘shimcha sinovlarsiz muvofiqlikni baxolashda foydalanishi mumkin. Bunda sinovlarning qachon o‘tkazilganligi xisobga olinadi. Sinov o‘tkazilgan vaqt, mahsulot MX bo‘yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak.

Ixtiyoriy sertifikatlashtirishda SI sertifikatlashtiriladigan mahsulot tafsilotlari ro‘yxatini va ularni aniqlash metodlarini aniqlaydi. Bunda so‘rovchining takliflari xisobga olinadi. Agar SI sinovlar uchun tanlangan tafsilotlar ro‘yxati mahsulotga MX talablaridan farklansa, u xolda so‘rovnoma bo‘yicha yozilgan qarorda buni ko‘rsatish zarur.

Sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar ASL da o‘tkaziladi. sertifikatlashtirish paytida tegishli ASL yo‘k bo‘lsa, SMI sertifikatlashtirish idorasining murojaatiga asosan, sinov natijalarining obyektivligining ta’minlovchi sinovlarni o‘tkazish joyini va sharoitlarini aniqlaydi.

Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini ajratib olish va identifikatlash ishlarini SI joylarga borib, ariza berilgan kundan ikki kundan kechiktirmay bajarishi lozim.

Namunalar soni, ajratib olish tartibi, identifikatlash va saklash qoidalari sertifikatlashtiriladigan mahsulot MXda, shu jumladan sinash metodikalarida belgilanadi.

Respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulot to‘pidan sertifikatlashtirish uchun ajratib olinadigan namunalar sonini SI sinash metodlari MXga muvofiq sinovlarni o‘tkazishni xisobga olgan xolda aniqlaydi. Bunda akkreditlangan idoralar va laboratoriyalar sertifikatlashtirish uchun chetdan keltirilgan mahsulot namunalarini ajratib olishda SMI tomonidan cheklangan normalarga rioya qilishi zarur.

Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot namunalarni ajratib olishda identifikatlash amali bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalari bo‘yicha bajariladi. Agar so‘rovchi tomonidan taqdim etilgan namunalar so‘rovnomada ko‘rsatilgan MXga muvofiq kelmasligi yoki sertifikatlashtiriladigan mahsulotning odatdagi namunalari emasligi identifikatlash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘lsa, namunalar ajratib olinmaydi va so‘rovchiga sertifikatlashtirishga rad etilganligi sabablarini ko‘rsatib tushuntiriladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot namunalarini tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bittasi so‘rovchiga beriladi.

Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan tovarlar (mahsulotlar)ni O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish va uni xududdan olib chiqish tartibi to‘grisidagi Yo‘riknomaning (26.02.2000y. 901-son bilan ruyxatga olingan) 2.11 bandiga muvofiq, bojxonada saklanayotgan import tovarlarni sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish ishlari bojxona idoralarining ruxsati bilan sertifikatlashtirish idoralarining vakillari tomonidan, tovar egasining yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda sertifikatlashtirish idorasining vakili namunalarni tanlab olish to‘grisidagi dalolatnomani «O’zstandart» agentligi belgilagan shaklda 3 nusxada tuzadi, buning ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.

So‘rovchi o‘zining xoxishi bo‘yicha sertifikatlashtiriladigan mahsulotning texnik tafsilotlarini taqdim etishi mumkin.

So‘rovchi SI ga shuningdek, mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashqi l etishda o‘tkazilgan bayonnomalarini yoki O’zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimidan akkreditlangan yoki tan olingan mamlakatimizdagi yoki xorijdagi sinov laboratoriyalari bajargan sinovlar to‘grisidagi xujjatlarini xam taqdim etishi mumkin.

So‘rovchi yoki uning vakili iltimosiga ko‘ra, uning ASL da sinovlarni o‘tkazish sharoitlari bilan tanishish imkoniyat berilishi lozim. So‘rovchi o‘z mahsulotini sinashda ishtirok etish xukukiga ega. Bunda ASLda maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.

Namunalarni sinash sifatiga va natijalarning ishonchliligiga, shuningdek, sinov bayonnomalarining saklanishiga sinovlarni o‘tkazgan ASL mas’ul bo‘ladi. Sinov bayonnomalari vakolatlangan mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL ning raxbari tomonidan tasdiqlanadi.

Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi. Agar mahsulot sinovlari aloxida parametrlar bo‘yicha turli ASL da o‘tkazilgan bo‘lsa, u xolda mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi, sinov natijalari ijobiy bo‘lgan barcha zarur bayonnomalar mavjud bo‘lgandagina, ijobiy baxolanadi.

Sinov natijalari salbiy, shuningdek xujjatlar chala (to‘lik jamlanmagan) bo‘lsa, SI so‘rovchiga qonunchilikning muayyan normalarini ko‘rsatgan xolda muvofiqlik sertifikatini berishga ra’d etganligi to‘grisida xulosa beradi.

Sinash davrida butunlay buzilgan mahsulot bo‘yicha xisobdan o‘chirilganligi to‘grisida dalolatnoma so‘rovchi (yoki uning vakili) ishtirokida tuziladi.

Sinovlar vaqtida putur yetkazilmagan yoki qisman putur yetkazilgan mahsulot so‘rovchiga, qaytarilganlik to‘grisidagi xujjatga uning imzosini qo‘ydirib, qaytarib berilishi lozim.

Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish xolatini tekshirish bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish qoidalarida belgilanadi. Bu qoidalar SI tomonidan ishlab chiqiladi va «O’zstandart» Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomadan muvofiqlik sertifikatini berishda foydalaniladi.

Tekshirishlarni o‘tkazish muddati namunalar ajratib olingan paytdan boshlab, 10 kundan oshmasligi kerak.

Ishlab chiqarishni tekshirish o‘tkazilganligi to‘grisidagi ma’lumotlar mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatida kelitiriladi.

SI sinovlarning ishlab chiqarish xolatini tekshirish bayonnomasi (lari)ni va so‘rovchi tomonidan so‘rovnomaga ilova kilingan xujjatlarni ko‘rib chiqqandan keyin, muvofiqlik sertifikatini beradi yoki berishdan voz kechadi.

Sertifikat davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati UzR SMT davlat reestrida ro‘yxatga olinadi. Sertifikat ro‘yxat rakami mavjud bo‘lgandagina xaqiqiy xisoblanadi. Muvofiqlik sertifikatining shakli SMI tomonidan belgilanadi.

Muvofiqlik sertifikati so‘rovchiga ikki ish kuni davomida beriladi, SI ishlab chiqarishni tekshirgan xolatda esa, sinovlar natijasi SI tomonidan olingan paytdan boshlab besh ish kuni davomida beriladi.

Chetdan kelitirilgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati mahsulotning yaroqlilik muddatiga beriladi, seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotga esa, 3 yilga beriladi.

Munozarali masalalarni xal etish uchun va SI faoliyatini «O’zstandart» agentligi tomonidan inspeksion nazorat maqsadlari uchun namunalarni tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni tekshirish va baxolash dalolatnomasi, sinov bayonnomalarining nusxalari muvofiqlik sertifikatining amal qilinish muddati davomida kamida bir yil saqlanishi lozim. Bayonnomalarning nusxalarini saqlash tartibi va muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalarida va SI xamda sinov laboratoriyalarining xujjatlarida belgilanadi. Bu xujjatlarni saqlash belgilangan muddati o‘tgach, ular arxivga topshiriladi yoki yo‘qotiladi.

Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida, belgilangan sertifikatlashtirish sxemasini xisobga olgan xolda, so‘rovchiga muvofiqlik sertifikatini qo‘llanish va muvofiqlik belgisidan foydalanish xuquqini berish to‘grisida bitim tuziladi. Mazkur bitim (kelishuv) da sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan belgilash usuli va inspeksion tekshiruv shartlari kelishib olingan bo‘lishi kerak.

Sertifikatlashtirilgan, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot (upakovka, idish va qo‘shib yuboriladigan xujjatlar) tayyorlovchi-tashqi lotning mas’ulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan belgilanadi.

Sertifikatlashtirilgan mahsulotning bir qismi, muvofiqlik sertifikatining nusxasi asosida, tayyorlovchi-tashqi lot tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin. Bunda mazkur nusxa sertifikat aslining egasi yoki sertifikatni bergan idora, yoxud notarial idora tomonidan imzo ko‘yib tasdiqlangan va muxrlangan bo‘lishi lozim.

Sertifikat aslining egasi tomonidan berilgan nusxalar mahsulotga qo‘shib jo‘natiladigan xujjatga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Har bir nusxada uning qayd etilgan raqami, realizatsiya qilinadigan mahsulot miqdori ko‘rsatiladi.

Muvofiqlik sertifikati amalda bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan mahsulot sertifikatlashtirilgan, deb xisoblanadi va qayta sertifikatlashtirilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va mahsulotga qo‘shib yuboriladigan va ekspluatatsion xujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy ilgari, so‘rovchi qayta sertifikatlashtirish maqsadida SI ga so‘rovnoma berish xuquqiga ega. Bunda SI inspeksion tekshiruv natijalarini xisobga olib, sertifikatlashtirish sxemasini o‘zgartirishi mumkin.

Maxsulot konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga mahsulotning tafsilotlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan o‘zgartirishlar rejalashtirilganda tayyorlovchi-tashqi lot bu to‘grida SIga xabar berishi lozim. SI tuzitish-to‘grilash chora-tadbirlarini o‘tkazish to‘grisida qaror qabul qiladi.

Seriyalash ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini bergan SI yilda kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksion tekshiruvdan o‘tkazadi. Inspeksion tekshiruvda sertifikatlashtirish sxemasiga qarab, mahsulot sinovdan va/yoki ishlab chiqrish tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Inspeksion tekshiruv natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi va muvofiqlik belgisining ishlatilishi tasdiqlanishi, to‘xtatilishi yoki bekor kilinishi mumkin.

Sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksion tekshiruv xajmi, mazmuni va tekshiruvni o‘tkazish tartibi inspeksion nazorat o‘tkazish qoidalarida belgilanadi.

SI sertifikatning amal qilinishi va muvofiqlikni tasdiqlovchi belgisining so‘rovchi tomonidan qo‘llanilishi to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi to‘grisida tayyorlovchi-tashqi lotni va SMIni xabardor qilishi shart. SMI tegishli davlat boshqaruv idoralarini va ommaviy axborot vositalarida bekor qilingan sertifikatlar to‘grisida ma’lumot berish zarurligini aniqlaydi.


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish