10- Mavzu. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati.(2soat)
Reja.
Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha davlat nazorati.
O‘zstandart agentligi tashqi loti.
Tayanch so‘zlar: Davlat nazorati, nazorat obyekti, O‘zstandart agentligi.
1.Standartlashtirish va metrologiya bo’yicha Davlat nazorati
Metrologiyaga va standartlashtirishga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ - O‘zstandart agentligi, keyinchalik «O‘zstandart» deb ataymiz amalga oshiradi. Uning vakolati xususida keyingi mavzuda fikr yuritamiz.
O‘zstandart agayentligiga Respublika xududida quyidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vazifasi xam yuklatilgan:
- o‘lchash vositalarini sinash;
- o‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish;
- yuridik va jismoniy shaxslarni o‘lchash vositalarini tayyorlash, tekshiruvdan o‘tkazish, ta’mirlash, kalibrlash va sotish xuquqini beradigan lisyenziyalar bilan ta’minlash xamda akkreditlash;
- o‘lchash vositalarining xolati va yo‘nalishini, o‘lchashlarning bajarilish uslubiyatlarini tekshiruvdan o‘tkazish, metrologiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari quyidagilar xisoblanadi:
- etalonlar;
- o‘lchash vositalari;
- moddalar va materiallar tarkibi xamda xossalarining standart namunalari;
- axborot o‘lchash tizimlari;
- o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini ko‘pgina soxalarda tadbiq etish mumkin. Bu soxalarga quyidagilar kiradi:
- sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muxitni muxofaza qilish;
- moddiy boyliklarni va energetika resurslarini xisobga olish;
- savdo, tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish;
- zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish xamda yo‘q qilib yuborish;
- davlat muxofazasini ta’minlash;
- mexnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
- sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash;
- geodezik va gidrometeorologik ishlar;
- o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlashdan va metrologik attestatlashdan o‘tkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish;
- milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish.
Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan yoki metrologik attestatlashdan o‘tishi lozim.
Standartlashtirish soxasi bo‘yicha xam Davlat nazorati ish olib bormokda. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, maxkamalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar talablariga qat’iy amal kilinishini, yangi standartlarni tadbiq etishni ta’minlash va nazorat etish xisoblanadi.
Davlat nazoratining yana bir muxim yunalishi - turli standart toifalarini davlat kaydnomasidan o‘tkazishdan oldin ekspertiza qilishdir.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish O‘zdavstandart tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala – davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida xam bayon etilgan. Metrologiya xaqidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish xujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat reyestri belgisini qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining xolati va ularni vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati O‘zdavstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |