Kimyo texnologiya


O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash



Download 2,59 Mb.
bet75/134
Sana02.01.2022
Hajmi2,59 Mb.
#310717
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
Bog'liq
ma'ruza to'g'ri varianti QXMT 2021yil,,

1.O‘lchash vositalarining turini tasdiqlash.

Metrologik nazoratning maqsadi o‘lchash jarayonlarni boshqarishdir. Buning uchun o‘lchash vositasining hayotiy siklining barcha etalonlariga alohida talablar qo‘yiladi. Masalan, O‘V (o‘lchash vositalari) ishlab chiqarishga qo‘yishda, foydalanishda foydalanishga qo‘yilishda, foydalanishda va eksplutatsiyadan olib tashlashda. Ushbu talablarni bajarish uchun o‘lchash jarayonini kafolatlangan harakteristikaga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari yordamida bajarish kerak bo‘ladi. O‘V dan foydalanish jarayonida majburiy talablar davlat metrologik nazorati va tekshiruv doirasida bo‘lgan o‘lchash vositasi uchun taaluqlidir. Amaldagi qoidalarga ko‘ra Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ta’sir doirasidagi o‘lchashlar uchun faqat Davlat reyestrida qayd qilingan o‘lchash vositasigina qo‘llanilishi mumkin. Registratsiya turni tasdiqlash sinovlari yoki metrologik attestatsiya natijalari asosida amalga oshiriladi. Yuqoridagi protseduralar sertifikatlashtarish protseduralari bo‘lib hisoblanadi.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash – bu metrologiya bo‘yicha Milliy organ qarori bilan o‘lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo‘llanilishini qonuniy tan olinishidir.

O‘lchash vositasining turi deganda, bir maqsad uchun mo‘ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir xil konstruktsiyaga va yagona texnik hujjatga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari kompleksi tushuniladi.

Davlat tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha keltiriladigan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan o‘tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim.

Davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va o‘lchash vositasini Davlat ro‘yxatiga kiritish ishlarini O‘zstandart Agentligi bajaradi.

Tayyorlovchi tasdiqlangan o‘lchash vositasiga yoki ularning ekspluatatsion hujjatlariga Davlat ro‘yxatining belgisini yozishi shart.

Boshqa davlatlarning o‘lchash vositalarini sinash va metrologik attestatlash natijalari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq tan olinadi.

O‘lchash vositasining ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashqi llashtirish, o‘tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositasining turini tasdiqlash tartibi O‘zDSt 8.009:2004da o‘rnatilgan.

O‘z DSt 8.009:2004 standartning talablari O‘zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga va O‘zbekiston hududiga import bo‘yicha to‘pi bilan keltiriladigan o‘lchash vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.

Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohadan tashqarida qo‘llaniladigan yoki qo‘llanishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasi ixtiyoriy ravishda sinovga va keyinchalik turini tasdiqlashga taqdim etilishi mumkin.

O‘lchash vositasi uning qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlash sxemasining elementi bo‘lib hisoblanadi va bunday tasdiqlash O‘zstandart Agentligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.

To‘pi bilan import bo‘yicha keltiriladigan, gigiyenik talablarga, xavfsizlik talablariga, maxsus talablarga sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari bu protseduralar dan o‘rnatilgan tartibda o‘tgandan keyin va zarur sertifikatlarni O‘zstandart Agentligiga taqdim etgandan keyin turni tasdiqlash maqsadida sinovlarga topshiriladi.

O‘zbekiston hududida yaratiladigan va (yoki) to‘pi bilan chiqarishga mo‘ljallangan va gigiyenik talablarga, xavfsizlik talablariga, maxsus talablarga muvofiqligi sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari bu talablarga muvofiqligini o‘rnatilgan tartibda baholash maqsadida sinovlarga taqdim etiladi.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha milliy idora - O‘zstandart Agentligi qabul qiladi.

O‘lchash vositasining turi o‘lchash vositvsining namunalarini (nusxalarini) sinash natijalari bo‘yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida o‘lchash vositasi namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (harakteristikalar) ning mazkur o‘lchash vositasining turiga oid me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlar qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibini O‘zstandart Agentligining bunga qarashli tuzilmalarining va O‘zbekiston Respublikasi metrologik xizmati Bosh markazi (O‘z MXBM) vakillari kiritilishi lozim. O‘z MXBM ning vazifasi SMS ITI ga yuklatilgan.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida o‘lchash vositasining namunalari (nusxalari) ni sinash O‘z DSt 16.4:2001 va O‘z DSt 8.006:1999 bo‘yicha akkreditlangan sinash (o‘lchash) laboratoriyalarida o‘tkaziladi.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlar bunday sinovlarni o‘tkazishi uchun O‘zstandart Agentligi tayinlagan tashqi lotning rahbari tasdiqlagan sinovlar dasturi va metodikasiga muvofiq o‘tkaziladi.

O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘lchash vositasini sinash namunaviy dasturlari bo‘yicha o‘tkazish ham ruxsat etiladi.

O‘lchash vositasining turini O‘zstandart Agentliga ilmiy-texnikaviy komissiyasining takliflariga asosan tasdiqlaydi.

O‘lchash vositasining turi tasdiqlangandan keyin turni tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘tkazgan tashqi lotning rahbari O‘V tekshirish metodikasini (ilgari tasdiqlangan metodika yo‘q bo‘lgan hollarda) va O‘V turining tavsifini tasdiqlaydi. O‘zstandart Agentligi O‘zbekistonda seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan O‘V uchun texnik shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

O‘zstandart Agentligi tasdiqlangan O‘V turini O‘z RH 51-019:2005 bo‘yicha Davlat ro‘yxatiga kiritadi.

Tasdiqlangan hujjatlar komplekti O‘V davlat reyestrining ishida saqlash uchun topshiriladi.

O‘lchash vositasini tayyorlovchi tashqi lot turi tasdiqlangan o‘lchash vositasiga, O‘zbekistonda seriyalab chiqariladigan o‘lchash vositasiga va ularning ekspluatatsion hujjatlariga (GOST 2.601 bo‘yicha) O‘lchash vositasi Davlat reyestrining belgisini O‘ 1.19:1999 bo‘yicha yozib qo‘yadi.

Turi tasdiqlangan o‘lchash vositasiga, O‘zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.

Seriyali chiqarishga mo‘ljallangan O‘V sinalganda O‘Vning me’yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reyestrda Registratsiyadan o‘tadi, O‘Vga turini tasdiqlash bo‘yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O‘V Davlat (reyestrda) belgisi bilan markalanadi (O‘z DSt 1.x19)

Sertifikat besh yil muddatga beriladi.




Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish