1.O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi.
O‘lchashlar birliligiga erishish mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha bajaradigan ishlarning asosidir. O‘lchashlar birliligini ta’minlash dunyodagi har bir mamlakat uchun davlat ahamiyatidagi masaladir. Ma’lumki, o‘lchashlar birliligi O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi.
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 bo‘limdan iborat:
− nazariy metrologiya;
− qonuniy metrologiya;
− amaliy metrologiya;
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ular kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan.
− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usullarining qonuniyligini o‘rnatish tizimi.
− Birliklar o‘lchamligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan o‘lchash vositalariga uzatish tizimi.
Tizimning tashqi liy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metrologiya xizmati hisoblanadi. Ushbu xizmat davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashqi l topgan.
Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi.
Metrologiya xizmatining rahbariy va yetakchi markazi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ O‘zstandart hisoblanadi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart agentligi”)ning tashqi liy tuzilishi 1-rasmda, “O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-rasmda ketirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashqi l etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan.
“O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi:
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (3-rasm);
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
Milliy metrologiya instituti Davlat korxonasi;
Shtrixli kodlashtirish markazi;
Axborot-ma’lumotlar markazi;
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari, birlashmalar va tashqi lotlar tomonidan zaruriy hollarda “Bosh metrologiya xizmati” yoki “Asos metrologiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining me’yoriy-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |