Suspenziyalar — dispers sistemalarning uchinchi xili dagʻal dispers sistemalardir. Dagʻal dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining oʻlchami 100 mmkm dan katta boʻladi[1]. Agar sistema emulsiyadan iborat boʻlsa, bu holda dispers fazani dispersion muhitdan ajratish uchun sistema uzoq vaqt tindiriladi yoki sentrifugaga solib aylantiriladi. Bu vaqtda bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik qavati hosil boʻladi. Ana shu usul bilan ikki suyuqlik bir-biridan ajratib olinadi. Agar sistema suspenziyadan iborat boʻlsa, tindirilgan vaqtda ogʻir modda idish tagiga choʻkadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning choʻkish protsessi sedimentatsiya deyiladi. Emulsiya [lot. — sogʻib olingan (sut)] — bir-biri bilan aralashmaydigan suyuq dispersion muhit va suyuq (baʼzan gaz) dispers fazadan iborat sistema. Oʻzaro E. hosil qiladigan 2 suyuqlik birbirida juda oz eruvchan boʻlishi lozim. Mas, E. hosil qiluvchi suyuqliklardan biri suv, ikkinchisi esa suvda oz eriydigan yoki butunlay erimaydigan boshqa bir suyuqlik (mas, yogʻ, benzol, xloroform va h.k.) boʻlishi mumkin. Suvda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda "moy" ("yog") deb ataladi.
48. Fenolformal’degid va mochevina-formal’degid smolalar
Fenolformaldegid smolalar — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Boshlangʻich moddalar miqsorining nisbati va muhitning rN iga (qarang Vodorod koʻrsatgich) qarab reaksiya natijasida faqat qoʻshimcha kimyoviy reagentlar ishtirokida qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar ishtirokisiz qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (rezollar) hosil boʻlishi mumkin. Fenolformaldegid smolalars. issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha boʻlib, quyosh nuri taʼsirida yoki ishlab chiqarish jarayonida toʻqjigarrang yoki hatto qora rangga oʻtadi. Fenolformaldegid smolalars. fenoplastlar, yelimlar va loklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
49. Tabiiy YUMB texnologiyasi.
YUqori molekulali birikmlar (YUMB) o‘z hossalari jihatidan quyi molekulali birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol yuqori molekulali birikmalar molekulalarining juda uzunligi va demak molekula massasining kattaligi bilan tushuntiriladi.Odatda molekula massasi (MM) 5000 dan bir necha milliongacha bo‘lgan birikmalar YUMB lar hisoblanadi. MM 500 dan 5000 gacha bo‘lgan, hossalari quyi molekulali birikmalarga ham, yuqori moleulali birikmalarga ham o‘xshaydigan birikmalar oligomerlar deb ataladi.YUMB ning molekulalari bir necha yuz, hatto minglab atomlardan tuzilganligi sababli - makromolekulalar deb ataladi.YUqori molekulalai birikmalar sintetik va tabiiy polimerlarga bo‘linadi.YUMB tirik tabiatning asosini tashkil etadi. O‘simliklar organizmlarining asosiy tarkibiy qismlari - sellyuloza, kraxmal, lignin, pektin va hayvon organizmidagi oqsil, garmon, ferment kabilar YUMB lardir. Muskul, teri, soch, shox, tirnoq va shu kabilar aminokislotalardan sintez qilingan oqsillar - polimerlardir.SHunday qilib o‘simlik va hayvon organizmlarining hayoti YUMB larning hosil bo‘lishi, ularning turdan-turga o‘tishi va parchalanishi jarayonlari bilan bog'liq ekan.Texnikada ko‘plab ishlatiladigan tabiiy polimerlardan yana biri tabiiy kauchukdir.Hozirgi zamon texnika taraqqiyotida kauchuk va undan olinadigan rezinasiz hech bir sohani rivojlantirib bo‘lmaydi. Faqat so‘ngi 60-70 yil ichida o‘z hossalari jihatidan tabiiy kauchukdan qolishmaydigan sintetik kauchuklar ishlab chiqarila boshlandi.YUMB texnikada keng ishlatilishi bilan bir qatorda inson hayoti va faoliyatida ham ishlatiladi. Kiyim-kechak, jun, teri, paxta, yog'och, oziq-ovqatlar - go‘sht, sut, don, sabzavotlar, sellyuloza, oqsil hamda kraxmal kabi polimerlardan tashkil topgan.Tabiiy polimerlarning xususiyatlari va strukturalarini o‘rganish sintetik polimerlar kimyosi va texnologiyasini ham tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. YUqorida aytganimizdek tabiiy polimerlarning turli turlari uzoq davrlardan ishlatilib kelsada, sintetik polimerlarni olish va ishlatish asosan 1900 yillardan, keng rivojlanishi esa 1930-1940 yillardan boshlandi.
50. Sellyuloza ajratib olish texnologiyasi.
Sellyuloza tabiiy materiallardan S. boʻlmagan komponentlarni parchalovchi yoki erituvchi reagentlar taʼsir ettirib ajratib olinadi. Sellyulozani ajratib olish usuli oʻsimlik materialining tarkibi va tuzilishiga bogʻliq. Paxta tolasidan S.ni olishda yumshoq usul qoʻllanadi. Paxta tolasi oʻyuvchi natriy (IaON)ning 1,5—3% li eritmasi bilan 3—10 atm. bosimda 3-6 soat qaynatilib, oksidlovchilar bilan oqartiriladi. Mol. m. kichik boʻlgan polisaxaridlar (pentozanlar, geksozanlar, uron kislota), yogʻ va mum eritmaga oʻtadi.
51. Sellyuloza pishirish pechlari, chiqindilari va ularni ishlatish usullari.
Sellyulozani yogʻochdan ajratib olishda (yogʻochda 40—50% S., 5—10% geksozanlar, 10— 20% pentozanlar, 20—30% lignin, 2—5% smola va boshqa aralashmalar boʻlib, ular murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlganligi uchun) murakkab ishlov berish usuli yogʻoch tarashalarini sulfitli yoki sulfatli qaynatish usuli qoʻllanadi. Sulfitli qaynatish usuli yuqori sifatli qogʻoz va karton tayyorlashda, sulfatli qaynatish usuli esa buklamali (gofrirli) karton, qop qogʻozi tayyorlashda qoʻllanadi.Sellyuloza oq rangli tolali material, zichligi 1,52—1,54 g/sm3 (20°da). Kimyoviy tabiatiga koʻra, Sellyuloza koʻp atomli spirtdir. Makromolekula elementar zvenosida gidroksil guruhi boʻlganligidan S. ishqoriy metallar va asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. S.ga konsentrlangan ishqor eritmasi taʼsir ettirilganda kimyoviy reaksiyalar bilan bir qatorda fizik-kimyoviy jarayonlar ham kechadi, yaʼni Sellyuloza boʻkadi. Sellyulozaning konsentrlangan NaOH eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan toʻqimachilik sanoatida sunʼiy tolalar va oddiy Sellyuloza efirlari i.ch.da foydalaniladi.
52. Texnologiya necha turga bo’linadi?
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi materialning, xom-ashyonining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, hususiyatini, kuyini oʻzgartirish shartlaridan iboratexnologiya[2]
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashiish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, hizmatning, oʻqitishning, v.b. turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kirilmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya:
oldingi qatordagi texnologiya;
qoldiqsiz texnologiya;
ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;
xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi.
Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ishga oshirilmoqda.[1][3]
53. Kimyo sanoatida texnika rivojlanishining asosiy yo’nalishlari qaysilar?
Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi.
54. Kimyoviy mahsulotning sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish yo’llari qaysilar
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me'yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig`ida yemirishilishi mumkin bo`lgan mahsulot sifati ko`rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo`yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko`rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi. Mahsulot sifatini bir me'yorda bo`lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |