<>
Kimyo-texnalogiya akulteti dekani
_________ B.Nurimbetov
<<____>>__________2023y.
LABORATORIYA ISHI №5
Nazariy bo’lim
Suyuqlik sirtiga adsorbsiyalanganda suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt faol moddalar deyiladi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va h.k) aralashtirilsa ular suvning qavatida ko’p yig’ilib suvning sirt tarangligini kamaytiradi. Suyuqlikning sirt tarangligini oshiruvchi moddalar esa sirt noaktiv moddalar deyiladi.
Suyuqlikning sirt tarangligini o’zgartirmaydigan moddalar sirt farqsiz moddalar deyiladi. Bularga disaxarid va polisaxaridlar kiradi.
Sirt faol moddalar assimetrik tuzilishdagi molekula bo’lganligi sababli ular suv-havo (suv-bug’), suv-uglevodorod (suv-yog’), suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorbillanadi. Sirt faol moddani O- shaklida (yoki O~ shaklda) belgilanadi. Bu shaklning doira qismi qutbli gruppalarni to’g’ri chiziq qismi esa uglevodorod radikallarini bildiradi. Molekulaning gidrofil qismi suvda, gidrofob qismi qutbsiz fazada bo’lganida izobar potensial minimal qiymatga ega bo’ladi.
Sirt faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsialanish qobiliyatiga qarab ionlanmaydigan va ionlanadigan (kation, anion, amfoter) sirt faol moddalarga bo’linadi.
Tajriba bo’limi
1. Stalgmometr usulida sirt tarangilgini o`lchash orqali adsorbtsiyani o`rganish.
Ishning maqsadi: eritma – havo chegarasida eritma sirt tarangligini sirt faol modda konsentratsiyasiga bog‘liqligini stalagmometrik usulda aniqlashni о‘rganish.
Sirt taranglik va adsorbsiya izotermasini chizish. Sirt qavat parametrlarini aniqlash.
Ishning mazmuni. Gibbs tenglamasi eritmaning sirt taranglik bilan uning konsentratsiyasi orasidagi bog‘lanishni belgilaydi. Shuning uchun о‘zgarmas haroratda konsentratsiyalar ma’lum va turlicha bо‘lgan sirt faol modda eritmalarining sirt tarangligini о‘lchab, σ = f(c) funksiyani olish mumkin. Bu funksiyadan foydalanib, adsorbsiyani va uning eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini hisoblab topish, ya’ni boshqa G=f(c) funksiyasini olish mumkin. Shunday qilib, turli konsentratsiyali sirt faol modda eritmalarining sirt tarangligini tajribada aniqlash ikki izotermani: a) sirt taranglik b) adsorbsiya izotermalarini chizishga imkon beradi. Tadqiqot obyekti sifatida propil, izopropil, butil va izoamil spirtlarining suvdagi eritmalari, noionogen sirt faol modda tavsiya etiladi. Sirt taranglikni о‘lchash usuli sifatida esa stalagmometrik usul (tomchilar sonini hisoblash usuli) taklif etiladi. Bu usul asosida tajribada aniqlangan qoida yotadi. Bu qoidaga kо‘ra vertikal naycha ichidan og‘irlik kuchi ta’sirida oxista ajralayotgan tomchining og‘irligi suyuqlikning havo bilan chegaralangan sirti taranglik qancha katta bо‘lsa, shuncha katta bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |