Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish


Xomashyo manbalari va ularni qazib olish



Download 358,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi358,57 Kb.
#320142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish

Xomashyo manbalari va ularni qazib olish 

 

Yerning uzoq muddat geologik taraqqiyoti davrida  ayrim elementlar, yerning 

ayrim joylarida turli minerallar shaklida to'planib qazilma boyliklar, konlar hosil 

qiladi. Qazilma boyliklarining qimmati, ulardan xomashyo sifatida foydalanish, 

ularning xalq xo'jaligida qay darajada foydaliligi, qayta ishlash  texnologiyasining 

taraqqiyot darajasi, uning qazilma tarkibidagi konsentratsiyasi, zaxirasi, tarkibida 

foydali komponenti bo'lgan birikmaning xarakteri, qazib olishning oson yoki 

qiyinligi va boshqa shu kabi ko'rsatkichlarga bog'liq bo'ladi. Bu ko'rsatkichlar fan va 

texnika taraqqiyoti, xalq xo'jaligining taraqqiyoti hamda talab va ehtiyojlarga qarab 

o'zgarib  turadi. Kimyo sanoatining taraqqiyot tarixida ko'pgina hodisalar ma'lumki, 

bir vaqtlar sanoat chiqindisi bo'lgan moddalar keyinchalik, muhim qimmatbaho 

xomashyoga yoki tayyor mahsulotga aylangan. Masalan: o'tgan asrning oxirlarida osh 

tuzi silvinit (KCl • NaCl) mineralini qayta ishlab olinar edi, kaliy xlorid tuzi esa, 

chiqindi sifatida tashlanardi. Hozirgi paytda esa kaliy xlorid olish uchun silvinit qayta 

ishlanadi, (chunki KC1 muhim mineral o'g'it sifatida ishlatiladi) va NaCl esa 

chiqindi sifatida tashlanadi. Ko'pgina siyrak elementlar ilgari ishlatish sohalari 

bo'lmaganligi uchun yoki ularni yetarli miqdorda olib bo'lmaganligi sababli foydali 

qazilma  tarkibidan asosiy element olingach, qolganlari chiqindi sifatida tashlab 

yuborilgan. Hozirgi kunda esa, ularni atom energetikasi, mikroelektronika, 

radiotexnika, teletexnika, kosmik texnika sohalarida keng qo'llanish sohalari 

ochilgach, ularga bo'lgan talab va ehtiyojning ortganligi sababli ularning sanoat 

ishlab chiqarishi yo'lga qo'yilgan. 

Qattiq mineral xomashyolami sanoatda, uning yeryuzasiga yaqin yoki 

chuqurlikda joylashganligiga qarab jjchiq yoki yopiq usulda qazib oladilar. Ochiq 

usulda ohaktosh, gips, qum, bentonitlar, tuproq, granit, marmartosh, qurilish 

toshlari, sochma oltin, platina, olmos, ba'zi ko'mir konlaridan (masalan, Kansko — 

Achinskiy —  Rossiya) ko'mir, rudalar, apatitlar va boshqalar qazib olinadi. Yopiq 

usulda yerostida: shaxtalarda, rudniklarda, konlarda qazib olish ishTari ofib boriladi. 

Shaxtalarda ko'miming har xil turlari, rudniklarda metall rudalari va fosforit hamda 

apatitlar, konlardaesa tuzlar qazib olinadi. Neft va gaz esa maxsus neft yoki gaz 

sanoati korxonalarida olinadi. Foydali qazilma boyliklami ochiq usulda olish yopiq 



usulga nisbatan katta ustunlikka ega, chunki ochiq usulda mexanizatsiyani keng 

qo'llash, qudratli qazib oluvchi uskunalarni o'rnatish, mehnat sharoitini yaxshilash 

mumkin bo'ladi. Natijada ochiq usulda mehnat  unumdorligi_2—6 martagacha 

yuqori, qazib olingan mahsulotning tannarxi esa 2—3 martagacha yopiq usuldagiga 

nisbatan kam bo'ladi. 

Ammo ochiq usulning ham o'ziga yarasha kamchiliklari bo'ladi. Bu usul 

atrof-muhitga salbiy ta'sir etadi, tuproqning unumdor qismini yo'qotadi, suv 

sharoitini buzadi, tuproq eroziyasiga olib keladi, havo, suv havzalarining konga 

yaqin bo'lgan qishloq va shaharlar atmosferasining changlilik darajasini oshiradi. 

O'zbekistonda 1930  -  yilgacha kimyoviy xomashyo manbalari yo'q, hali 

ochilmagan edi, yer qa'rida yashirinib yotardi. 1930  -  yillardan keyin 

respublikamiz hududida geologik qidiruv ishlari qizg'in boshlab yuborilganligi 

munosabati bilan birin-ketin turli xomashyo manbalari, qazilma boyliklar ochila 

boshlandi. 1931  -  yilda  topilaan Olmaliq mis koni O'zbekistonda rangli 

metallurgiya sanoatining paydo bo'lishiga olib keldi. Keyinchalik Angren ko'mir 

koni (1941 -  yilda  topildi),  Oltintopgan qo'rg'oshin va rux koni (1948-yilda 

topildi), volfram, aluminiy, vismut, simob, surma, neft, gaz, marmar, fulyuorit, 

magniy rudalari, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli tuzlar, kaolin, bentonit, bezak 

toshlari: feruza, oniks, xolsedon, ametist va boshqa konlar topildi. Respublikamiz 

mustaqil bo'lgandan so'ng kimyo sanoati keng rivojlandi. Bir qancha yangi zavod 

va korxonalar qurilib ishga tushirildi. Masalan: 1991-yilda Toshkent viloyatida 

"Mediz" zavodi (bir marta ishlatiladigan shprislar ishlab chiqarishga 

ixtisoslashgan), 1994-yilda Samarqand, Navoiy va Buxoroda marmar va granitni 

qayta ishlash qo'shma korxonalari tashkil etildi. 1995-yildan boshlab Farg'ona 

neftni qayta ishlash birlashmasi neft va gaz kondensatini qayta ishlay boshladi. 

1998-yilda ushbu korxona rekonstruksiya qilingach 27 xil neft mahsulotlari bera 

boshladi. 1997-yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilib ishga tushirildi. 1998-

yilda Buxoroda "Gufik —  Avitsenna" Buxoro —  Hindiston qo'shma farmatsevtika 

korxonasi, 1999-yilda Navoiy viloyati hududida (Tomdi tumani) Qizilqum fosforit 

zavodi ishga tushirildi, Sho'rtanda polietilen ishlab chiqarish zavodi, Sho'rtan gaz 

kompleksi qurilib ishga tushirildi (Qashqadaryo viloyatida). Respublika oltin, kumush, 

uran, mis, molibden, rux, volfram singari qimmatbaho va nodir metallar zaxirasi 

bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. O'zbekiston hududida 

3flJaJ3ltin koni borligi aniqlangan. Bu konlarning umumiy zaxirasi 4 ming 

tonnadan ortiqdir. Respublikamizning topilgangaz zaxiralarida 2 trillion m

3

  ga 



yaqin gaz, ko'mir konlarida —  2 mlrd. tonnadan ziyod ko'mir, 350 mln. lonnaga 

yaqin neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan. Shu kungacha respublikamizda hammasi 

bo'lib 95 xildan ortiq xomashyo konlari ochilgan va ular 700 ta konlarda joylashgan. 

Ular asosida hozirgi vaqtda foydalanilayotgan 370 ta shaxta konlardan har yili 200 

mln. t gacha xomashyo qazib olinmoqda. 


Download 358,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish