Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish



Download 358,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi358,57 Kb.
#320142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo sanoatining xomashyosi va uni boyitish

Flotatsion boyitish. 

Flotatsiya inglizcha flotation so'zidan olingan bo'lib, 

qalqib chiqish degan ma'noni anglatadi. Bu usul keng tarqalgan bo'lib, bu usulda 

polimetall sulfidli rudalar boyitiladi.  Apatitlar neFilindan ajratiladi, oltingugurtli 

rudalardan konsentratlar olinadi, toshko'mir va ko'pgina tuzlar boyitiladi. Bu 

usulda xomashyo tarkibidagi mayda zarrachalarning suvda ho'llanish darajasi har 

xilligidan foydalaniladi. Materiallarning ho'llanish me'yori —  darajasi, bu qattiq 

zarracha, suyuqlik va havo chegarasida hosil bo'luvchi ho'llanishning chekka burchagi 

kattaligi hisoblanadi (6-rasm). 

 

Suv ho'llanmaydigan (gidrofob) zarracha bilan o'tmas chekka burchak hosil 




qiladi. Sirt taranglik kuchi suyuqlik sathini tenglashtirishga intiladi, natijada gidrofob 

zarracha suyuqlikdan itarilib yuzaga qalqib chiqadi. Gidrofil zarrachalar esa, suyuqlik 

ostiga tushadi. Bu hodisa, mineral zichligiga bog'liq emas, ko'pchilik hollarda og'ir 

gidrofob zarrachalar yuzaga qalqib chiqadi, yengillari esa cho'kadi. Zarrachaning 

o'lchami qanchalik kichik bo'lsa, ho'llanish kuchliro bo'ladi.  Pulpa orqali havoning 

mayda pufakchalari  puflansa, o'zi bilan birga gidrofob zarrachalarini ham olib 

yuzaga qalqib chiqadi. Qattiq zarrachaning ho'llanmaslik darajasi va ho'llanish 

chekka burchagi qanchalik katta bo'lsa, uning havo pufakchasiga yopishish va yuzaga 

qalqib chiqish ehtimoli shunchalik katta bo'ladi. Natijada suyuqlik yuzasida gidrofob 

material zarrachalarini olib chiqqan ko'pikchalar qavati hosil bo'ladi. Uni osongina 

ajratib olish mumkin. Yaxshi ho'llanadigan zarrachalar asta-sekin suyuqlik ostiga 

cho'kib to'planadi. 

Tabiiy minerallar ho'llanish darajasi bilan bir-biridan kam farq qiladi. 

Shuning uchun ham flotatsiyaga qulay muhit yaratish uchun pulpaga turli 

flotareagentlar qo'shiladi. Barcha flotareagentlar: ko'pik hosil qiluvchilar

yig'gichlar va to'g'rilagichlar (regulatorlar) ga bo'linadi. 

Ko'pik hosil qiluvchilar organik sirt aktiv moddalar bo'lib, ko'pikning tashqi 

qavatida absorbsion parda hosil qiladi hamda ko'pikning barqarorligini

mustahkamligini oshiradi. Ko'pik hosil qiluvchi sifatida  qarag'ay moyi, yog'och 

diyogoti, toshko'mir smolasining ba'zi fraksiyalari, OH-guruh saqlovchi moddalar 

(yuqori alifatik spirtlar, fenollar, krezollar) va boshqalardan foydalaniladi. 

Yig'gichlar — organik moddalar bo'lib, molekulasi qutbsiz (uglevodorodli) va 

qutbli (karboksil, gidroksil, amin va boshqa) qismlardan tuzilgan bo'ladi. Bunday 

moddalar o'zining qutbli guruhlari bilan qattiq zarracha yuzasiga adsorbatsiyalanib

uning gidrofobligini keskin oshiradi. Natijada unday zarrachalar pufakchalar 

(ko'pikchalar) sirtida yig'iladi va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi. Yig'gichlar 

sifatida, sulfidli rudalar uchun kisantogenotlar va ditiofosfatlar, ishqoriy yer 

elementlari tuzlarini yoki metall oksidlarini (SnO

2

  Fe


2

O

3



, MnO

2

) saqlovchi 



minerallar (apatit (Ca

(PO



4

)

2



• CuF,), flyurit (NaAlF

6

), barit (BaSO



4

) va boshqalar) 

uchun yuqori  alifatik aminlar ishlatiladi. 

Regulator — to'g'rilovchi, reagentlarning tanlab ta'sir etish xossasini oshirish 

uchun xizmat qiladi. To'g'rilovchilardan bir xillari yig'gichlarni adsorbsiyalanishini 

tezlashtirsa, boshqalari esa flotatsiyalanishi kerak bo'lmagan zarrachalarga 

adsorbatsiyalanib, ularning gidrofilligini oshiradi. Regulatorlar molekulasida 

gidrofob guruhlari bo'lmaydi. Masalan, suyuq shisha silikat minerallarni, ohak 

kabilarni flotatsiyalanishini kamaytiradi. Shunday qilib, ko'p marta selektiv 

flotatsiyalash natijasida nafaqat foydali komponentni bekorchi jinslardan ajratish, 

boyitish, balki ularni to'liq ajratish ham mumkin. Flotareagent sarfi katta 

bo'lmaydi. Bir tonna jinsga 100 grammgacha flotareagent sarflanadi, xolos. 

Xomashyoni boyitish uchun ikki turdagi flotatsiya mashinalari ishlatiladi: 

1. Kamerali (bo'lmali), bunda pulpa havo bilan mexanik usulda 

aralashtiriladi. 

2. Tog'orali mashina. Pnevmatik (siqilgan havo yordamida ishlovchi) usulda 

aralashtiriladi. 

Kamerali mashinalarda b ir   necha  b o ' l i m l a r   bir-b iribilan tutashtirilgan 




bo'lib, har b ir  bo'lma (kamera) ichida va bo'lmalar tutashgan joyda: teshiklari 

bo'lgan disk (to'garak) panjara, to'siq, otseklar (bo'lmalarni ajratuvchi bo'shliq) 

joylashtirilgan bo'lib, ular yordamida pulpa sathi har xil darajada saqlab turiladi va 

flotatsiyaga turli sharoit yaratiladi. 7-rasmda bu mashinaning bitta bo'lmasini 

uzunasiga kesmasi ko'rsatilgan. 

Bo'lmaning ostki qismida quvurchalar orqali ko'pik hosil qilis h  uchun havo 

hamda flotareagentlari bo'lgan toza pulpa kiritiladi.  Bo'lma gorizontal holda 

o'rnatilgan chambara yordamida ostki aralashtiruvchi va ustki ajratuvchi qismlarga 

ajratilgan.  

 

7-rasm 

Ustki ajratuvchi bo'limidan konsentrat saqlovchi ko'pik olinadi. Ostki 

bo'limidan esa ruda qoldiqlari chiqarib olinadi. Agar qoldiqlar tarkibida kerakli 

komponentlar saqlansa, u keyingi flotatsiyalovchi bo'limga o'tadi va boshqa 

flotareagentlar yordamida flotatsiyalanadi. Bo'l-masa chiqindi sifatida tashlanadi. 

Konsentrat tindirgichlarda suvdan, ko'pikdan a jra t ila di.   Filtrdan o'tkaziladi va 

quritiladi. 

Pnevmatik mashinalarda esa, maydalangan jinslar pulpaga solinadi va gidrofob 

zarralami flotatsiyalash xizmatini o'tovchi havo yordamida aralashadi. 




Download 358,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish