miqdori qanchalik kam bo`lsa, shunchalik chiqitlar ko`p hosil bo`ladi. Boy temir
ma`danlaridan 1 tonna temir ishlab chiqarilganda 1 tonna chiqindi hosil bo`ladi. 1
tonna qo`rg`oshin uchun 30 tonna, 1 tonna nikel uchun 100 tonna xom-ashyo zarur
va hokazo.
Odatda biror elementning ishlab chiqarilishi uning er qobig`idagi miqdoriga
bog`liq. Qanchalik u ko`p bo`lsa, shunchalik uning ishlab chiqarilishi ham ko`p.
O‘zbekiston Respublikasining xom ashyo resurslari va ulardan foydalanish
O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan mashhur bo‘lib, uning bag‘rida
Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7
mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va boyliklaridan namoyon bo‘lgan
istiqbolli joylar aniqlangan. Bu konlarda 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlari
mavjud, shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq kon
qidirib topilgan, ularning zahira miqdori 970 mlyard. AQSH dollariga teng.
O‘zbekistondagi umumiy mineral xom-ashyo potensiali 3,3
trillion AQSH
dollari bilan baholanmoqda. Neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta
istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40dan ortiq, rangli, nodir va radiofaol
metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik kimyo xom-ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib
topilgan.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda
foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi
zahiralar qo‘shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi Au, U, Cu, tabiiy
gaz, W, kaliy tuzlari,
fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlagan
zahiralar jihatidan butun dunyoda etakchi o‘rinni egalaydi.
Au zahiralari bo‘yicha respublikamiz dunyoda 4-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha
7-o‘rinda, (O`zbekiston hududida 30 ta oltin koni bor) Cu zahiralari bo‘yicha 10-
o‘rinda, qazib olish bo‘yicha 11-o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 7-o‘rinda, qazib
olish bo‘yicha 8-o‘rinda turadi.
Qidirib topilgan zahiralar asosida 400 yaqin kon, shaxta, karer, neft-gaz
konlari ishlab turibdi. Mamlakatimizda jami 90 xildan ziyod mineral xom-ashyo
topilgan. Ular 1000 dan ortiq sanoat manbalarida va
kelajakda ishga tushadigan
manbalarda mujassamlangan. Mis, qo‘rgoshin, rux, volfram, yonilg‘i gazlar va
boshqa xil foydali qazilmalar bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari ichida oldingi
o‘rinlarda turadi. O‘zbekistonda tuzlar, alyuminiyli xom-ashyo, qoplovchi va
qimmatbaxo toshlar, ba’zi nodir elementlar mavjud. Bundan tashqari qurilish
materiallar va yonilg‘i energetik resurslarga boy. Shuni aytish kerakki,
sifati
bo‘yicha ham xom- ashyolarimiz ancha yuqori o‘rinlarda turadi.
O‘zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika resurslariga ega. Gaz zahiralari 2
trillion m3 ga, ko‘mir 2 milliard tonna, 350 mln. tonnaga yaqin neft zahiralari
mavjudligi aniqlangan, 160 ta neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta
asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-
G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona. Neft va gaz zahiralari 1
trillion AQSh
dollaridan ortiqroqdir.
Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha-35 yildan
ko‘proq, neft bo‘yicha 30 yildan ko‘proq qoplaydi. Eng yirik gaz konlari Janubiy-
G‘arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular
Sho‘rton va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir.
Ko‘mir Angren va Boysun konlaridan qazib olinmoqda. Dunyoda eng yirik
oltin rudali viloyat bo‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari, Ajibug‘ut va boshqa
yangi konlar aniqlanmoqda.
Respublikadagi Ag konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe va Namangan
viloyatidagi Oqtepa konidir.
Aniqlangan uran zahiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga etadi. Uran
bilan yo‘l-yo‘laqay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda.
O‘zbekiston rangli metallar-Cu, Pb, Zn, W va shu guruhga kiruvchi boshqa
metallarning zahiralariga ega. Cu rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan
ortiq turi: Au, Ag, Mg, Cd, In, Te, Se, Re, Co, Ni, Os va boshqa metallar ham qazib
olinmoqda.
Ishlab to‘rgan konlar Cu va unga yo‘ldosh metallarni 40-50 yil, Zn va Pb ni
100 yildan ko‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi. Rangli metallar rudalarining
zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Qalmakir koni noyob
konlardan bo‘lib, u erda Cu-Mo qazib chiqariladi. Pb-Zn asosan Jizzax viloyatining
Uchquloq va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan. Xondizadagi
konda Pb va Zn bilan birga Cu, Ag, Cd,Se, Au va Zn bor. Selen va
tellurdan asosan
yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po‘lat, shishaning
mahsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. O‘zbekiston Re ning noyob
zahiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi Cu rudalari bilan bog‘lik. Sanoatda Re -
reniydan aviasiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar,
elektron
uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Jahonda Os izotoplari oilasida osmiy-187 bor yo‘g‘i 1,6% ni tashkil etadigan
tabiiy manbalar (Afrika, Shveysariya, Rossiyada) mavjud. Osmiy mahsulotini
sanoat usulida olishning maqsadga muvofikligi shu bilan asoslanadiki, birlamchi
xom ashyoninng katta zahiralari mavjud bo‘lib, ular Norils konidagidan 3 barobar
ortiqdir. Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan.
Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85*10
6
m3 dan ortib ketadi. Ular toshni
qayta ishlaydigan korxonalarni 100 yillar davomida xom ashyo bilan ta’minlaydi.
G‘ozg‘on, Nurota va Zarband konlarida marmar mavjud.
Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar
konidagi Manokash
turiga mansub zarra-donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi 1* 10
6
tonnagacha
etadi. Hozirgi vaqtda Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda. Unda 2,7 10
6
tonna
fosforit konsentrati olinadi. Hozirda 3*10
8
tonnaga yaqin bo‘lgan fosforit konlaridan
amalda foydalanilmayotir.
O‘zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari bo‘lib, ular Qashqadaryo viloyatida
Tubakat va Surxondaryo viloyatida Xurapkon konlaridir. Kaliy tuzlari 100 yildan
ko‘proqqa etadi.
Tuzlarni qayta ishlash brom, temir, magnezit, gips va boshqa metallarni yo‘l-
yo‘laqay olish imkonini beradi. Respublikamizda 5 ta osh tuzi koni-Xo‘jakon,
Tubakon, Borsa-kelmas, Boybichakon va Oqqal’a konlarida 90 milliard tonna xom
ashyo bor.
Shu kungacha respublikamizda hammasi bo`lib 95 xildan ortiq xom ashyo
konlari ochilgan va ular 700 ta konlarda joylashgan. Ular asosida hozirgi vaqtda
foydalanilayotgan 370 ta shaxta konlardan har yili 200 mln. t. gacha xom ashyo
qazib olinmoqda.
Hozirda g‘oyat qimmatli tayyor mahsulot kaprolaktamdir, hozir respublikada
ishlab chiqarilayotgan kapralaktamning ko‘pi bilan 10% qayta ishlash maqsadida
foydalanilmoqda, kelajakda 70-80% ga etkazish ko‘zlanmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xom-ashyoni muammosini hal qilishda asosiy
yo‘nalishlar quyidagicha:
a)
xom-ashyoni izlash va qayta ishlash usullarini takomillashtirish foydali
tarkibiy qismlarni chiqarib olish darajasini oshirish, qayta ishlashni soddalashtirish
va
arzonlashtirish;
b)
xom-ashyoni qayta ishlashni kompleks ravishda olib borish, undan iloji
boricha ko‘proq kerakli tarkibiy qismlarni chiqarib olish;
c)
kamyob xom-ashyo turlarini arzon xom-ashyo bilan almashtirish.
Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘llar bevosita yoki bilvosita kimyoviy-texnologik
jarayonlar bilan bog‘liq. Masalan, xom-ashyoni boyitish, yangi foydali tarkibiy
qismlar miqdorini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: