Qo‘rg‘oshin – em-xashak tarkibidagi 100 mg.kg qo‘rg‘oshin hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin birikmalarining organizmga o‘tib saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab turadi.
Tuproqda qo‘rg‘oshinning ko‘payishi mikroorganizmlarni, chuvalchanglarni va kemiruvchilarni kesuin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa 0,1-0,5% qo‘rg‘oshin qo‘shilganda bakteriyalar kolonnasining rivojlanishi 50-75% kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |