5-§. Yer resurslari muhofazasini ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari
40. Tuproq qoplamining buzilishi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganda keyinchalik yerni biologik rekultivatsiyalash yoki unumdorligi past yerlarda foydalanish uchun tuproqning unumdor qatlami olinishi, saqlanishi lozim.
41. Vaqtincha kirish yo‘llari qurilishi mahalliy tabiiy sharoitlar hisobga olingan holda, mavjud yo‘l tarmog‘idan imkon qadar foydalangan holda amalga oshiriladi.
42. Transport va maxsus texnika, o‘simlik va tuproq qoplami buzilishini keltirib chiqarmaydigan xavfsiz harakatni ta’minlaydigan, faqat maxsus qurilgan yo‘llardan harakatlanadi.
43. Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilganda, tabiatdan foydalanuvchilarga:
aholi punktlarida atmosfera havosini chang, zararli gazlar, badbo‘y anqiydigan moddalar bilan ifloslantiruvchi manba hisoblangan jinslar uyumlari va chiqindi saqlagichlarni joylashtirish;
yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish;
er usti va yer osti boyliklari yaxlitligini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar bajarish;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingunga qadar yer yuzasi va uning qa’ri butunligini buzish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qilish hamda ushbu yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
agar yer osti boyliklarining holati odamlar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirsa, ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
tog‘-kon ajratmasidan tashqarida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydali qazilma konlarini qazish va yer qa’ridan foydalanish;
alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob geologik ochiq tog‘ jinslari, mineralogik hosilalar, palenontologiya obyektlari va boshqa yer qa’ri uchastkalarining yaxlitligini buzadigan har qayday faoliyat;
yer qa’ri belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinmagan holda, uni geologik jihatdan o‘rganish ishlarini amalga oshirish man etiladi.
Yer qa’rining alohida uchastkalaridan foydalanish aholi punktlari, shaharlar atrofidagi yashil zonalar, sanoat, transport, aloqa obyektlari, yer osti suvlarini olish joylari va ularning muhofaza zonalari, shuningdek, boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning belgilangan chegaralarida cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
44. Yer qa’ri va foydali qazilmalardan:
yer osti boyliklari va foydali qazilmalarni va tegishli tabiiy resurslarni qazib olishda ulardan kompleks va tejamkorlik bilan foydalanishni, shuningdek, atrof-muhit va yer qa’ri ifloslanishining oldi olinishini ta’minlash;
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan faqat tabiiy yangilanish chegarasidagina foydalanish;
yer qa’ri va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish borasida belgilangan qoidalarga rioya qilish;
foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish loyihalariga, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning yoki yer qa’ri uchastkalarining foydalanishga berilishi ko‘zda tutilgan mahsulot taqsimoti haqidagi kelishuvning mavjudligi;
atrof-muhitga minimal ta’sirni ta’minlaydigan foydali qazilmalar yuzini ochishda hamda sig‘imli jinslar uyumlari, foydali qazilmalarni qayta ishlashdan qoladigan chiqindilar to‘planadigan joylar, konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumlarini joylashtirish sharti bilan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
45. Yer qa’ridan foydalanuvchilar:
yer qa’ridan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish;
ishlarni yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq amalga oshirish;
yer qa’rini to‘liq geologik o‘rganish, undan oqilona, kompleks foydalanish va muhofaza qilish;
konlarning boy uchastkalarini tanlab qazilishiga, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda normadan ortiq yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakatini, ularning yo‘qotilishi va nobudgarchiligi hisobga olinishi, shuningdek, o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini, qayta tasdiqlanishi va hisobdan chiqarilishi;
bir vaqtning o‘zida qazib olinadigan, ammo vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlash va hisobga olish;
suv olish joylari uchastkalarida va ularga tutash hududlardagi yer osti suvlarining rejimi bo‘yicha kuzatuvlar amalga oshirilishi;
yer osti suvlari muhofazasini nazorat qiluvchi organlarni yer osti suvlari holatining o‘zgarishi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish;
yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning xavfsiz amalga oshirilishi, avariyalarni bartaraf etish rejalarining ishlab chiqilishi;
atrof tabiiy muhitni, bino va inshootlarni yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish;
yer qa’ridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjat yuritilishi va uning saqlanishi;
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati, ularning tarkibidagi komponentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Davlat geologiya jamg‘armasiga taqdim etilishi;
yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarining keyinchalik ulardan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |