Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning
asosiy yo’nalishlari
Deyarli barcha qattiq ma’danli konlarda ko’p hollarda asosiy boylikdan tashqari
bir-necha boshqa, unga yo’ldosh bo’lgan boshqa mineral ma’danlar ham uchraydi.
Gap ana shu qo’shimcha mineral boyliklarni ham ajratib olishda. CHunki, ularni
ajratib olish iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Konlardan yoki
ma’danlardan majmuali foydalanish deganda deyarli barcha foydali ma’danlarni
ishlab
chiqarish
texnologiyasida
ularni
birma-bir ajratib olish tushuniladi.
Leninogorsdagi korxonada qo’rg’oshin–rux rudasidan 13 elementdan 11 tasi,
Balxashda mis yeritish korxonasida esa 14 elementdan 12 tasi, tog’li Osetiyadagi
Sadon qo’rg’oshin-rux korxonasida 23 elementdan 15 tasi ajratib olinmoqda.
O’zbekiston rangli metallarga, ya’ni mis, qo’rg’oshin, rux, vol fram, va
boshqalarga juda boy. Ular bilan birga 15 turdan mo’lroq boshqa rangli metallar ham
birga uchraydi. Masalan, oltin, kumush, qadimiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobal t,
nikel , osmiy va hokazo. qalmoqir koni noyob bo’lib, mis-molibden rudasi va ular
bilan birga yuqorida nomlari ko’rsatilib o’tilgan rangli metallarning ko’pchiligi birga
uchraydi. Ularning asosiy qismi Olmaliq tog’-kon metallurgiya korxonasida ajratib
olinmoqda. Unga yaqin bo’lgan Dal noe konining ishga tushirilishi va yangi tog’-
metallurgiya majmuasini qurib bitqazilgandan so’ng rangli metallarni majmuali ishlab
chiqarish yanada ko’payadi. Xuddi shunday konlar Jizzax viloyatidagi Uchquloch,
Surxondaryodagi Xondiza konlarida ham mavjud.
Ohangaron ko’mir konida ko’mirni qoplab turuvchi kaolindan to’liq
foydalanmaydi. To’g’rirog’i bu konni ko’mir-kaolin koni deb atalsa to’g’ri bo’lardi.
Kaolin zahirasi 400 mln. t. Lekin qazib olingan 6-8 mln.. t. kaolinning xom-ashyo
sifatida atigi 5% i olinib, qolgan qismi ag’darmada to’planib borilmoqda. Hozir uning
yig’ilgan qismi 60 mln.. t. ga yetib qoldi. Kaolin (gilmoya)-qimmatbaho xom-ashyo,
undan qog’oz, dorishunoslik, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanilishi
164
mumkin, uning tarkibida ko’p miqdorda alyuminiy mavjud, binobarin, u alyuminiy
ishlab chiqarishda asqotadi.
1998 yilda Germaniyaning »Krupp» firmasi Ohangaron ko’mir hissadorlik
jamiyati bilan birgalikda kaolin qo’shma korxonasini bunyod etishga kirishdi. Birinchi
navbatda yiliga 200 ming t. kaolinni boyitish quvvatiga ega bo’lgan fabrikani qurishga
kirilishdi. Bunga «Krupp» firmasi 250 mln. nemis markasi ajratdi. Xuddi shunday
ko’mir konidan majmuali foydalanish SHarg’un toshko’mir konida amalga
oshirilmoqda. Konda ko’mirdan tashqari fosforit, gips va ohak qazib olinadi. Gips
qurilishdan tashqari tibbiyotda qo’llaniladi. Ohak qimmatbaho qurilish materiali
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |