27-modda. Atmosfera havosi monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni to‘plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
28-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning holati, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
(28-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat va idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foydalanilishi atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(28-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |