10-modda. Ko‘chma manbalardan atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan ko‘chma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini tartibga solish
Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishiga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko‘ra belgilanadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
12-modda. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishini tartibga solish
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yo‘l qo‘yiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish
Atmosfera havosiga doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib turilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |