2-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(3-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish;
atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o‘rni qoplanishi;
atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish.
Fuqarolar:
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(4-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |