Kimyo o’qitishda o’quv ko’rgazmalardan foydalanish. Natural ob’ektlar, modellar, chizmalar, grafiklar. Кo’rgazmali vositalarning mohiyati. Texnik vositalarning kimyo darslarida tutgan o’rni. Reja



Download 20,83 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi20,83 Kb.
#584669
Bog'liq
kimyo oqitishda oquv korgazmalardan


Kimyo o’qitishda o’quv ko’rgazmalardan foydalanish. Natural ob’ektlar, modellar, chizmalar, grafiklar. Кo’rgazmali vositalarning mohiyati. Texnik vositalarning kimyo darslarida tutgan o’rni.
Reja:

  1. Natural obyektlar.

  2. Nаmоyish qilinаdigаn ekspеrimеnt vа nаturаl оb’еktlаr mоdеllаr, chizmаlаr, grаfiklаr, mоddаning fоrmulаsi vа jаrаyonlаrni ifоdоlоvchi tеnglаmаlаr.

  3. Sinf dоskаsi, mаkеtlаr, mаgnit vоsitаlаri, ekrаn qo’llаnmаlаri, mаvzugа tеgishli turli хil plаkаtlаr.

  4. Tехnik vоsitаlаrni kinоаppаrаt, diаprоyеktоr, epiprоyеktоr, grafоproyektоr, vidеоmаgnitаfоn, tеlеvizоr vа bоshqаlаr.

O’qitish va tarbiyalash manbalariga - o’quvchilarni ma’lumotli qilib tarbiyalash, ular shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan materiallar va ob’ektlar tizimi misol bo’ladi. Bu tizim funksiyalarining birligini ta’minlaydi.
Ta’minot manbalari uchta katta guruhga bo’linadi. Bu bo’linish maqsadi va o’quvchiga ta’sir etishi usullariga ko’ra quyidagilar bo’lib hisoblanadi.

  1. O’qituvchi uchun qo’llanmalar.

  2. Maktab kimyo kabinetini jihozlash.

  3. Kimyo darsliklari.

O’qituvchi uchun qo’llanmalarga - ijtimoiy - siyosiy, metodik, ilmiy ommabop adabiyotlar misol bo’ladi. Ulardagi mazmun o’quvchiga o’qituvchi orqali o’tadi.
Har bir kimyo fani o’qituvchisi o’qitish jarayonida ilg’or o’qituvchilarning pedagogik ish tajribalaridan foydalanishi dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ilg’or tajribani darsga tatbiq qilganda ish sharoitini hisobga olgan holda yondashish kerak. Bunda o’qitishning kimyoviy mazmuni, о’quvchilarning yosh xususiyatlari va o’qituvchining faoliyati hisobga olinadi.
Pedagogik jarayonda tajribaning ijodiy tomoniga yondashish kerak. O’qitish metodikasining tarixi shuni ko’rsatdiki, metodikadagi biror masalani haddan tashqari bo’rttirib ko’rsatish boshqa masalalarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Faqat metodlar va o’qitish vositalari uyg’unlashtirilgan holda dars olib borilganda ijobiy natijalar olinadi. Kimyo o’qitishning ilg’or tajribalaridan xabardor bo’lish uchun ilmiy-metodik jurnallar, «Xalq ta’limi», «Uzluksiz ta’lim», «Pedagogik ta’lim» jurnallarini o’qib borish kerak. Muntazam ravishda o’tkaziladigan o’qituvchilarning pedagogik o’qishlari va konferensiyalarida aktiv qatnashishlari talab etiladi.
O’quv metodik ishning asosiy mazmuni kimyo o’qitish metodikasi oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratiladi. Har bir o’qituvchi pedagogik tekshirish usullarini egallab borishi va undan foydalanishi kerak. Bunga adabiyot manbalari ustida ishlash, o’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini kuzatib borish va pedagogik eksperiment o’tkazish kiradi.
Maktab kimyo kabineti bevosita o’quv tarbiya jarayoniga xizmat qiladi. Maktab kimyo xonasisiz hozirgi ta’lim - tarbiya jarayonini tasavvur etish mumkin emas.
Maktab kimyo kabineti o’quv qurollari asboblar, reaktivlar, jadval va hokazolar maxsus joylashtirilgan xonadan iborat. Kimyo kabineti o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Darslik - shu fan bo’yicha o’quv kitobi bo’lib o’quvchi uchun yoziladi. Undan mustaqil holda o’quvchi maktabda va uyda foydalanadi.
Kimyo darsligi - maktabda eng muhim adabiyot sanaladi. Darslik muammosi doim dolzarb bo’lib, u o’zining mazmuni gigiyenik xarakteristikasi, tarbiyaviy funksiyasining alohidaligi bilan ajralib turadi. Ta’lim tizimida kimyo darsligi alohida murakkab o’rin egallaydi.
Darslikda ta’lim mazmuni maktab ta’limiga mos holda, dasturga asoslanib, Davlat ta’lim standartlariga moslab beriladi.
Darslik o’quvchida dunyoqarashini shakllantiradi, unda metodologik bilimlar, falsafiy g’oyalar, o’quvchilarning aqliy rivojlantiruvchi hamda ularda ko’nikma malakalar shakllanishi o’z ifodasini topadi. Unda o’quvchiga yondashishning yalpi usullari aks etgan bo’ladi.
Kimyo fanidan amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish, o`quvchilarda turli moddalarning kimyoviy reaksiyasi haqida tabiiy taassurotlarni uyg`otishda laboratoriya jihozlari katta rol o`ynaydi. Ta’lim dargohlarini zarur jihozlar, kimyoviy moddalar bilan ta’minlash, ularni saqlash va sarflashga doir bilim, ko`nikmalarni shakllantirish o`quv dasturlarida belgilangan barcha laboratoriya mashg`ulotlarining uzilishlarsiz o`tkazilishiga xizmat qiladi. O`quv-laboratoriya jihozlarini amaliyotda qo`llash, sarflangan kimyoviy moddalar va nosoz jihozlar o`rnini qayta to`ldirishga doir bilimlar pedagog va mas’ul mutaxassislarning o`z vaqtida zarur choralarni qo`llashlari uchun zamin yaratadi.
Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan tavsiyalarda ana shu bilimlar mujassamlashgan.
1. Ta’lim muassasalarining rahbarlari jihozlarni qabul qilib olishda amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilishlari shart.
2. Fan xonasi jihozlari maxsus ajratilgan joylarda, o`quv dasturining tegishli bo`limlariga mos ravishda, ularning og`irliklari hamda o`lchamlarini e’tiborga olgan holda joylashtiriladi va saqlanadi.
3. Kimyoviy reaktivlarni saqlashda kimyo xonalari uchun o`rnatilgan texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozim.
4. Saqlash joylari tartib bilan raqamlanadi va u yerdagi jihoz nomlari ma’lumotlar daftarida belgilanadi. Maxsus qutilarda saqlanayotgan jihozlarning ro`yxati yozilgan yorliqlar quti tashqarisiga yopishtiriladi.
5. Fan xonasi, laboratoriyalarda mavjud o`quv jihozlaridan mashg`ulotlarga tayyorlanishda qulaylik yaratish maqsadida kartoteka tashkil qilinadi.
6. Fan o`qituvchisi, to`garak, fakultativ mashg`ulotlarni o`tkazadigan o`qituvchi hamda laborant (har bir fan bo`yicha alohida) o`quv va laboratoriya xonalarini jihozlash bo`yicha mas’ul hisoblanadilar.Fan xonasi mudiri rahbarligida mashg`ulot o`tkazadigan o`qituvchilar bilan xonani jihozlashning istiqbol, yillik rejasi va o`z kuchlari bilan jihozlashning ish taqsimotlari amalga oshiriladi.
7. Xonaga biriktirilgan o`quv guruhlari bilan birgalikda jihozlarning tozaligi, sozligi va saqlanishi bo`yicha ish olib boradi, har chorakda inventarizasiya qiladi. Xonada texnika, yong`in va o`quvchilarning hayotiy xavfsizligining ta’minlanishiga, gigienik talablarning bajarilishiga, mavjud jihoz va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda o`quvchilar mas’ulligini oshirishga diqqat-e’tibor qaratish lozim.
8. Sinfdan tashqari to`garak va fakultativ mashg`ulotlar fan yoki laboratoriya xonasida o`tkazilgan taqdirda, jihozlarning saqlanishi mashg`ulot o`tayotgan pedagog va laborant zimmasiga yuklatiladi.
9. Laborant jihozlardan foydalanish tizimini, ularni saqlash va texnik xizmat ko`rsatish qoidalarini bilishi hamda barcha jihozlarning soz, ishlatishga shay holatda turishiga mas’ul.
10. Fan o`qituvchisi va laborant elektr toki, gaz hamda qizdiruvchi asbob-uskunalar, kimyoviy reaktivlar bilan ishlashning texnik xavfsizlik, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini bilishi talab qilinadi.
11. Jihozlar, kimyoviy moddalar, barcha laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarni qayd etish uchun alohida daftar yuritiladi. Jihozlarni qayd etish daftari ta’lim muassasasi rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.
12. Jihozlardan foydalanish jarayonida belgilangan me’yor asosida sarflangan kimyoviy moddalar, o`quv-laboratoriya uskunalari, singan yoki nosoz holatga kelgan jihozlar bo`yicha o`qituvchi va laborantlar tomonidan o`z vaqtida yozma ravishda ta’lim muassasalari rahbarlariga hisobot berib boriladi.
13. Ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o`qituvchi va laborant bergan hisobot asosida sarflangan, nosoz holga kelgan o`quv-laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarining o`rnini to`ldirish yuzasidan o`z vaqtida chora ko`riladi.
14. O`quv dasturi asosida kimyoviy moddalar, indikator qog`ozi, rezinali jihozlar ikki yilda, shisha yozish qalamchasi, quruq yoqilg`i (urotropin) 3 yilda sarflanishi, plastik idish, jihozlar 4 yilda, metaldan yasalgan jihozlar esa 5 yilda almashtirilishi ko`zda tutilgan.
Download 20,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish