Mavzu: ORGANIK KIMYO TARIXI. ORGANIK BIRIKMALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Bugun darsda
Organik kimyo tarixi.
Organik birikmalarning kashf etilishi.
Organik va anorganik birikmalarning farqi.
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Kimyo
Anorganik
Organik
Suv
Osh tuzi
Ichimlik sodasi
Karbonat angidrid
Tabiiy gaz
Kraxmal
Spirt
Neft
Organik moddalar
Organik kimyo tarixi
XIX asr boshida barcha ma’lum moddalar kelib chiqishiga qarab: mineral va organik moddalarga bo‘lindi.
Mineral moddalar
Organik moddalar
Ko‘pchilik olimlar organik moddalar faqat tirik organizmda hosil bo‘ladi degan fikrda edilar. Organik kimyo fan sifatida alohida ajralgan bo‘lsada ko‘pchilik olimlar unga shubha bilan qaradilar.
Organik kimyo tarixi
1828 yilda Y. Y. Berselius birinchi bo'lib “organik kimyo” tushunchasini fanga kiritdi va uni “Tirik jismlarning tarkibini va ularda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlar bilan tavsiflovchi fiziologiyaning bir qismi” deb ta’rifladi.
Organik kimyo tarixi
F.Vyoller I.Berseliusga yozgan xatida (1835):
“Organik kimyo hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to‘la, zich o‘rmonga, kirishga kishi jur’at eta olmaydigan va kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o‘xshaydi.
Organik birikmalarning kashf etilishi
Nemis kimyogari F.Vyolerning 1824- yili o‘simlik a’zosida uchraydigan oksalat kislotani disiandan sintez qildi.
Organik birikmalarning kashf etilishi
1828-yili F. Vyoler inson va hayvon a’zosida hosil bo‘ladigan mochevinani ammoniy sianatdan laboratoriya sharoitida sintez qildi.
Organik birikmalarning kashf etilishi
1842-yilda rus olimi N.N.Zininning benzoldan anilinni sintez qildi.
Organik birikmalarning kashf etilishi
Nemis kimyogari A.V.Kolbe va ingliz olimi Franklendlarning sirka kislotani sintez qildi.
1854- yili fransuz kimyogari M. Bertloning yog‘ni oldi.
A.V.Kolbe Franklend M. Bertlo
Organik birikmalarning kashf etilishi
1861-yili rus olimi A.M.Butlerovning chumoli aldegididan shakarsimon moddani olishi natijasida organik moddalar faqat inson va hayvon a’zosidagina uchramasligi isbotlanib, ularni sintez yo‘li bilan olishga keng yo‘l ochildi.
Organik kimyo
Organik kimyo – kimyoning katta va mustaqil bo‘limi bo‘lib, bu fan uglevodorodlar va ularning hosilalarining tuzilishi, olinish usullari, xossalari, amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Organik birikmalar tarkibida uglerodning borligi va uning boshqa elementlar bilan hamda boshqa uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali birikishi natijasida uzun uglerod zanjirini hosil qila olishi.
C
C
C
C
C
C
C
C
. . .
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
. . .
Organik birikmalarning tarkibida uglerod va vodorod borligi uchun, ular yonganda karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi;
CH4 + 2O2 →CO2 + 2H2O
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
. . .
Organik moddalar anorganik moddalarga nisbatan beqaror, harorat ta’sirida oson o‘zgaradi.
Suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ancha past.
Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari
. . .
Organik birikmalar ko‘pchilik anorganik birikmalardan farq qilib dissotsialanmaydi va noelektrolitlar hisoblanadi;
Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma kovalent bog‘lar orqali bog‘langan;
Organik kimyo
. . .
Organik birikmalarda izomeriya hodisasi uchraydi. Masalan:
Mustahkamlash
. . .
Organik birikmalar
Anorganik birikmalar
Venn diagrammasi
Tabiiy gaz, Kraxmal, spirt Suv, osh tuzi, ichimlik sodasi
Mustahkamlash
. . .
Javob:
O‘xshashi:
Atomlardan tashkil topgan.
Atomlar o‘zaro valentliklar asosida birikkan.
Farqi:
Yonganda organik moddalar karbonat angidrid va suv hosil qiladi.
Yonganda anorganik moddalar ayrimlari yonmaydi yoki birikmalar hosil bo‘ladi.
Uyga vazifa
. . .
Darslikdagi 1-mavzuni o‘qish va 6-sahifadagi mavzuga oid testlarni bajarish.
Uyda kundalik turmushda ishlatiladigan organik moddalarni 10 tasini yozish va ularning fizik xossalarini o‘rganib kelish.