BIRIKMALARDAGI ELEMENTLARNING MASSA ULUSHINI TOPISH.
1. Mis kuporosidagi suvning massa ulushini toping.
A) 0,36 B) 0,40 C) 0,34 D) 0,54
2. Mis kuporosidagi kislorodning massa ulushini toping.
A) 0,367 B) 0,409 C) 0,347 D) 0,576
3. Mis kuporosidagi vodorodning massa ulushini toping.
A) 0,036 B) 0,040 C) 0,034 D) 0,054
4. Temir kuporosidagi suvning massa ulushini toping.
A) 0,636 B) 0,453 C) 0,394 D) 0,543
5. Tarkibi Na2SO4•10H2O bo’lgan glauber tuzidagi suvning massa ulushi (%) qanchaga teng?
A) 54 B) 58 C) 56 D) 57
6. Tetraetilqo’rg’oshin Pb(C2H5)4 tarkibidagi qo’rg’oshinning massa ulushini aniqlang.
A) 0,77 B) 0,76 C) 0,72 D) 0,64
7. Quyidagi birikmalarning qaysi birida xlorning massa ulushi eng katta?
A) Cl2O7 B) Cl2O5 C) Cl2O3 D) HClO4
8. Quyidagi birikmalarning qaysi birida azotning massa ulushi eng katta?
1) NH4NO3; 2) N2O4; 3) N2O; 4) HNO3
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
9. Quyidagi moddalarning qaysi birida misning massa ulushi eng katta?
A) CuS B) CuO C) CuSO4 D) Cu2O
10. Fosfor birikmalarining qaysi birida elementning massa ulushi maksimal qiymatga ega bo’ladi? A) fosfor(III)oksidi; B) fosfat kislota C) metafosfat kislota D) fosfin
11. «Kuporos moyi» dagi suv va kislotaning mol nisbati 0,5:1 bo’lsa, suvning massa ulushini toping. A) 0,0841 B) 0,0440 C) 0,234 D) 0,154
12. Nefelin Na2[Si2Al2O8] tarkibidagi kremniy oksidining massa ulushini hisoblang.
A) 0,197 B) 0,211 C) 0,423 D) 0,253
13. Tarkibida 25% ammoniy karbonat va 75% ammoniy nitrat bo’lgan aralashmadagi azotning massa ulushini hisoblang.
A) 5,83 B) 21,4 C) 29,9 D) 33,54
14. 0,2 mol KCl va 0,3 mol MgCl2 aralashmasidagi xlorning massa ulushi (%) nechaga teng?
A) 33,2 B) 45,3 C) 56,6 D) 65,4
15. Tarkibida 98% sof AlCl3 bo’lgan texnik alyuminiy xlorid tarkibidagi xlorning massa ulushini (%) toping. A) 74,5 B) 78,17 C) 80,2 D) 82,7
16. Tarkibida 92% sof alyuminiy oksidi bo’lgan texnik aralashmadagi alyuminiyning massa ulushini (%) toping. A) 48,7 B) 49,2 C) 20,8 D) 30
17. Tarkibida 96% sof MgSO4 bo’lgan texnik magniy sulfat tarkibidagi magniyning massa ulushini (%) toping. A) 20,2 B) 19,2 C) 20 D) 30
18. Yer qobig’i massasining 47,2% kislorod va 8,8% alyuminiydan iborat. Undagi alyuminiyning har bir atomiga kislorodning necha atomi to’g’ri keladi?
A) 15 B) 12 C) 9 D) 6
19. Mo’r tuzidagi ammoniy ioning massa ulushini (%)toping. [(NH4)2SO4• FeSO4 •6H2O]
A) 9,18 B) 19,09 C) 54,9 D) 12,4
20. Taxir tuzidagi sulfat ioning massa ulushini (%) toping.
A) 39,02 B) 43 C) 38,04 D) 29
21. Besh valentli element oksidi tarkibida 56,33% kislorod bor. Elementning nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 75 B) 31 C) 14 D) 122
22. Davriy sistemaning IV gruppa elementi hosil qilgan sulfidi va bromidining molekulyar massalari nisbati 23:87. Bu qaysi element?
A) kremniy B) qalay C) germaniy D) uglerod
23. Yer po’stlog’i tarkibidagi kaliy va natriyning foiz miqdori taxminan teng. Yer po’stlog’ida kaliy
atomlari ko’pmi yoki natriy atomlarimi? Taxminan necha marta ko’p?
A) K; 1,7 B) Na; 1,7 C) Na; 1,5 D) K; 0,6
24. Davriy sistemaning IV gruppa elementi hosil qilgan sulfidi va bromidining molekulyar massalari nisbati 23:87. Bu qaysi element?
A) kremniy B) qalay C) germaniy D) uglerod
25. 0,06 mol XCl3 birikmasi 8,25 gramm bo’lsa, X elementning atom massasini toping.
A) 31 B) 12 C) 197 D) 52 E) 56
26. 0,2 mol XO2 birikmasi 9,2 g chiqsa, 1 mol X2O5 necha gramm bo’ladi?
A) 46 B) 92 C) 108 D) 54
27. Temir ammoniyli achchiqtosh [Fe(NH4)2(SO4)2•6H2O] ning 2,5 mol miqdoridagi kislorod atomlari nisbiy massasini hisoblang.
A) 560 B) 224 C) 320 D) 240
28. Tarkibi 43,39% natriy, 11,33% uglerod va 45,28% kisloroddan iborat bo’lgan moddadagi atomlar nisbati qanday bo’ladi?
A) 2:1:3 B) 1:1:3 C) 2:1:2 D) 1:2:3
29. Bir element oksidi tarkibida 50,45 % kislorod bor. Agar shu elementning nisbiy atom massasi 55 ga teng bo’lsa, uning valentligi nechaga teng bo’ladi?
A) 7 B) 6 C) 5 D) 4
30.Kalsiy karbid - (CaC2) dagi kalsiyning massa ulushini (%) toping.
A) 62,5 B) 71,1 C) 67,5 D) 75,5
Do'stlaringiz bilan baham: |