2.72. Elektron bulutning shaklini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: orbital).
2.73. Elektronning energiyasini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: bosh va orbital).
2.74. Elektron harakatining traektoriyasini qaysi kvant son belgilaydi? (Javob: magnit).
2.75. Orbital kvant son l ning berilgan qiymatiga ko‘ra magnit kvant son qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin? (Javob: +l,+l-1,...+2,+1,0,-1,-2,...,-l-1,-l).
2.76. Qaysi elektronlar shar shakliga ega? (Javob: s).
2.77. Qaysi elektronlar gantel shakliga ega? (Javob: p).
2.78. Qaysi elektronlar rozetka shakliga ega? (Javob: d).
2.79. Elektronining kvant sonlari n=3, l=2, ml=-2, ms=+1/2 bilan tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini aniqlang. (Javob: 4s23d1).
Do'stlaringiz bilan baham: |