Kimyo kafedrasi


Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi o‘qitishda o‘quvchilarning bilim faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish



Download 0,81 Mb.
bet9/22
Sana11.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#344333
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
kurs ishi Organika nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini o’qitish metodikasi

2. Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi o‘qitishda o‘quvchilarning bilim faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish
Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari keltiriladi. Har bir qoida faqat ta‘riflanib qolmasdan, balki konkret misollarda tushuntirib beriladi. Metanning gomologik katoridagi moddalarning (metan, etan, propan va butan) formulalaridagi elementlarning valentlik chiziqchalari yordami bilan ifodalanadi. “Molekulalarda atomlarning birikish tartibini tasvirlaydigan kimyoviy formulalar struktura formulalar deb atalishi” to‘g‘risda tushuncha beriladi. Kimyoviy tuzilish nazariyasiga asoslanibgina, Butlerov to‘yingan uglevodorodlar molekulalarida atomlarning turli tartibda birikish mavjudligi haqidagi xulosaga kelganligiga - izobutan ochganligi, ilgaridan ma‘lum bo‘lgan izomeriya holatlarini izohlanganligi, organik moddaning olinishi mumkin bo‘lgan izomerlari sonini oldindan aytib bera olganligiga va oldin aytilgan fikrlarni tegishli tajribalar va ishlab chiqarish praktikasi bilan tasdiqlanganligiga o‘quvchilar e‘tibori jalb etiladi. Organik kimyoning to‘yingan uglevodorodlardan keyingi materialni o‘rganib chiqish jarayonida organik birikmalar asosiy sinflarining funktsional gruppalari va eng muhim vakillari bilan tanishib chiqish davrida kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari aniqlanadi va puxtalanadi. O‘quvchilar organik moddalarning xarakteristikasi bilan tanishganlarida moddalarning xossalari haqiqatan ham ularning molekulalari tuzilishiga bog‘liq ekanligiga, Butlerov nazariyasi hozirgi zamon organik kimyosining ilmiy asosi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Organik kimyoning muhim tushunchalar va nazariyalarni o‘qitishda tajriba yo‘li asosida o‘qituvchilarga quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: - Anorganik kimyo kursi bilan fanlararo bog‘liqlikni aniqlash. - Kimyoviy tuzilish nazariyasini paydo bo‘lishining tarixi. - Organik moddalarni tuzilishi to‘g‘risida Butlerovning g‘oyalarini ochib berish va ularni fazoviy tuzilish nazariyasi bilan bog‘liqlikni o‘rnatish.

- Moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bog‘liqligini ko‘rsatish. - Texnik vositalardan (model tuzish, ekran vositalari) keng foydalanish. Organik kimyoning tushunchalari hozirgi zamon tuzilish nazariyasiga asoslanib, beshta guruhga bo‘linadi: kimyoviy tuzilish tushunchasi, elektron va stereokimyo tushunchalari, yuqori molekulyar kimyo tushunchalari va kimyoviy reaktsiya qonuniyatlarining tushunchalari. Anorganik kimyo kursini o‘rganishda o‘quvchilar moddalarning xossalariga ularning tuzilish ta‘sir etayotganligini ko‘rishmagan. Lekin, organik kimyoda bu tushunchalar asosiy rol o‘ynayotganligini o‘qituvchi ko‘rsatib berishi kerak. Hozirgi zamon tuzilish nazariyasi organik moddalarni alohida sinflar bo‘yicha o‘rganishga asos bo‘lib qolgan. To‘yingan, to‘yinmagan uglevodorodlardan boshlab, organik moddalarning elementar tarkibi, kimyoviy tuzilishi murakkablashadi. Shuningdek, elektron va fazoviy tuzilish ham ozgaradi. Masalan, to‘yingan uglevodorod molekulalari uchun (-bog‘ va Sp3-gibridlanish, etilen qatori uglevodorodlarda - p-bog‘ va Sp2-gibridlanish. Diyen uglevodorodlarda yangi xarakteristikasi - kumulirlangan va kon‟yugirlangan qo‘sh bog‘lar, atsetilen qatori uglevodorodlarda - Sp-gibridlanish va ikkita p-bog‘lar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga fazoviy tuzilish ham murakkablashadi: valent burchaklar ozgaradilar, fazoviy izomerlar paydo bo‘ladi va hokazo. Organik kimyoni o‘rganishda o‘quvchilar birinchi bor izomer hamda gomolog tushunchalar bilan tanishadilar. Bu ikki tushuncha bir-biridan farq qilsa-da, o‘quvchilar ularni ko‘pincha adashtiradilar. Shuning uchun avval konkret misollarda izomerlar, keyin esa gomologlar ko‘rib chiqiladi. Gomolog va izomer tushunchalarini uch bosqichda shakllantirish mumkin: - Har bir tushunchaning oziga xos belgilarini ajratish va aniq ta‘riflash. - Gomolog va izomer orasidagi bog‘ni ko‘rsatish. - Har xil turdagi va moddalarning sinflararo izomerlarni o‘rganish. - O‘quvchilar izomer va gomolog tushunchalar bilan tanishgandan so‘ng, ularni o‘xshashligi va farqlarini solishtiradilar. Izomerlar bir xil sifatini va miqdoriy tarkibga, xar xil kimyoviy tuzilish va xossalarga ega. Gomologlar bir xil sifatiy tarkibga, o‘xshash kimyoviy tuzilishiga va kimyoviy xossalarga, lekin har xil miqdoriy tarkibga va fizik xossalariga ega. Organik kimyo kursini o‘qitish jarayonida har bir bo‘lim bo’yicha umumlashtirish olib boriladi: izomerlar tushunchasi, atomlarning molekulada ozaro ta’siri, kovalent kimyoviy bog‘ turlari bo‘yicha. Organik moddalarning sinflararo genetik bog‘lanishni o‘rnatish katta ahamiyatga ega. Organik kimyoning ohirgi mavzusi - “Organik kimyo kursi bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini umumlashtirish”. Bu mavzuda organik moddalarning tuzilish nazariyasining asosiy holatlarini batafsilroq ko‘rib chiqish mumkin. Maktab darsligida Butlerov nazariyasining asosiy fikr yuritilgan: - Molekulalardagi atomlar valentligiga xos ma‘lum izchillikda bog‘langan. - Moddalarning xossalari shu modda molekulasidagi atomlarning birikish tartibiga va ularning ozaro ta‘siriga bog’liq bo’ladi. Atom va molekulalar real mavjud; molekuladagi atomlar ma‘lum izchillikda bog‘langan. Atomlar valentligiga xos bog‘langan. Organik birikmalarda uglerod to‘rt valentli. Uning atomlari boshqa elementlarning atomlari bilangina emas, balki bir-biri bilan ham birikib, atomlar zanjiri - to‘g‘ri, tarmoqlangan va halqasimon zanjirlar hosil qila oladilar.

Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini talabalar bilim va ko‘nikmalarini tekshirish va baholashda test sinovlari muhim o‘rin tutadi. Talabalardan kimyoviy testlarni olishda ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga kimyoviy kislorodli organik masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki talabalar bunday masalalarni yechayotganda o‘zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir talabalarning bilim va ko‘nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o‘zlashtirish darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. O‘zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo‘lgan o‘quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin.O‘zlashtirish saviyasi o‘rtacha bo‘lgan talabalarga nisbatan yengilroq masalalar berib, keyinchalik ular e‘tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun o‘tilgan mavzulardagi asosiy kimyoviy tushunchalarni o‘zida mujassam etuvchi yengil masalalar berib, ularni masalalarni yechish usullarini o‘rganishga jalb qilish kerak.

«Aqliy hujum» usulini joriy qilish. Innovatsion texnologiyalaming muvaffaqiyati o‘qitilayotgan mavzu bilimlarini talabalar to‘liq o‘zlashtirib olishlari uchun ularning dars jarayonida birgalikda faol qatnashishlari asos qilib olinadi. Masalan, «Aqliy hujum» texnologiyasi talabalarning dars jarayonida faolligini oshiruvchi, qunt bilan ishlashlariga imkon beruvchi usuldir. Mazkur mavzu bilimlarini «Aqliy hujum» usulini tatbiq qilib o‘rganish uchun darslik va boshqa manbalardan mavzuga oid bilimlarni o'quvchilarning mustaqil o‘rganishlari talab etiladi. O‘qituvchi esa mavzu bilimlarini o'zida qamrab oladigan bir yoki bir necha g’oyalar tanlaydi. Mavzuga ( Organik birikmalarga) oid g’oyalar bo’yicha dars jarayonida «Aqliy hujum» o‘tkaziladi. «Aqliy hujum» texnologiyasi talabalar soni 20—25 ta bo‘lgan amaliy mashg‘ulotda olib boriladi. O‘qituvchi talabalarga «Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi » g‘oyasini taqdim etadi. G'oyani hal qilishda talabalarning qaytargan javoblarini guruhdagi ikkita talaba yozib boradi. Bunda talabalar qaytargan takroriy javoblari hisobga olinmaydi. Noto’g’ri javob uchun talaba tanqid qilinmaydi. «Aqliy hujum» texnologiyasini amalga oshirish natijasida talabalarning faolligi oshadi. Mavzuga oid bilimlarni o‘zlashtirib olishi yaxshilanadi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish