Kimyo kafedrasi



Download 0,81 Mb.
bet2/22
Sana11.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#344333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
kurs ishi Organika nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini o’qitish metodikasi

Toshkent – 2021 yil


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………..…….4

1. Kimyo fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar ………..…9

2. Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi o‘qitishda o‘quvchilarning bilim faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish ..........................................................................21

3.Organik birikmalarning nomenklaturasi.................................................24

4. Kimyoviy birikmalarning izomeriyasi ………………………………..…...32

5.Tuzilish izomeriyasi ……………………………………………….............. 33

6.Fazoviy izomеriya yoki stеreoizomеriya.................................................34

7.Ko`zgu izomеriyasi..................................................................................36

8.Xulosa va tavsiyalar ............................................................................... 40

9.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ....................................................... 41

10. Glossariy ....................................................................................... 43

Annotatsiya


Kurs ishida organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi mavzusini bir necha xil o’qitish metodikasi metodlari keltirilgan yoritilgan. Organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi haqida ma’lumot berilgan. Barcha sinfga mansub bo'lgan organik moddalarning tarixiy, ratsional va xalqaro nomenklaturalari asosidagi nomlari keltirilib, har bir bo'lim oxirida mustaqil tarzda (bilimlarni mustahkamlash uchun) masala va mashqlar hamda test usuli bo'yicha savollar berilib, ularning muqobil javoblari keltirildi.

Аннотации


Курсовая работа охватывает несколько различных методов обучения по теме номенклатуры и изомерии органических соединений. Информация о номенклатуре и изомерии органических соединений. Приводятся названия органических веществ, принадлежащих ко всем классам на основе исторической, рациональной и международной номенклатуры, а в конце каждого раздела отдельно (для усиления знаний) даются вопросы, упражнения и методы испытаний, а также даются альтернативные ответы на них.

Annotation


The course work covers several different teaching methods for the topic of nomenclature and isomerism of organic compounds. Information on the nomenclature and isomerism of organic compounds. The names of organic substances belonging to all classes on the basis of historical, rational and international nomenclatures are given, and at the end of each section independently (to strengthen knowledge) questions and exercises and test methods are given and their alternative answers are given.

KIRISH
Ilm-fan aslo qiyin va qiyin emas, aksinchhar bir inson ongi uchun o’ziga xos jozibasi – aniqlik, to’liqlik va tizim jozibasi bor. Agar siz talabani ilm bilan tarbiyalamoqchi bo’lsangiz, o’z ilmingizni seving va biling, va talabalar sizni ham, ilmni ham sevadilar va siz ularga ta’lim berasiz; ammo agar siz uni sevmasangiz, unda siz uni qancha o’qitishga majburlamang, ilm-fan tarbiyaviy ta’sir ko’rsatmaydi.

L.N. Tolstoy


Kimyo fanini mukammal o'rganishda birikmalarni nomlash usullari haqida ma'lumotga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega. Biror birikmaning hossasini o'rganishdan oldin uning xalqaro miqyosda qanday nom bilan atalishini bilish ushbu moddaning eng asosiy kimyoviy hossalari ichida oldindan fikr va mulohaza yuritishga asos bo'la oladi. Chunki u yoki bu modda xalqaro nomlash usullari yordamida nomlanganda asosan organik kimyoda moddaning xalqaro nomini bilish orqali molekulasi tarkibidagi uglerodlar soni, funksional guruhlar turi va miqdori, ularning uglerodlardagi joylashish o'rni singari bir qator ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Bugungi kunda tabiiy va sintetik organik moddalar asosida turli-tuman kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, minglab dorivor moddalar, qishloq xo'jaligida esa o'simliklarni o'stiruvchi moddalar, hashorotlarga va o'simlik kasalliklariga qarshi kurashda qo'llaniladigan insektitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar singari turli-tuman organik moddalar, tehnikada esa ko'plab organik polimerlarni avtomobildan tortib kemalargacha bo'lgan barcha turdagi mashinalar tayyorlashda asosiy hom ashyolardan biri bo'lganligi, neft va gaz mahsulotlari asosida tayyorlangan organik yoqilg`ilar esa turmushda juda keng qo'llanilayotganligi e'tiborga olinsa, organik moddalar insoniyat taraqqiyotida qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo'ladi. Insoniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq bo'lgan sintetik va tabiiy organik moddalarning tuzilishi, tarkibi va hossalarini o'rganish uchun dastlab ularning nomlanishi hamda izomerlari haqida tasavvurga ega bo'lish talab qilinadi.

Hozirgi paytda organik moddalar xalq xo'jaligining deyarli barcha soxalarida keng qo'llanilayotganligini e'tiborga olsak, ushbu moddalarni nomlash usullarini o'rganish ham har bir soxa mutahassislari uchun qay darajada zarurligi ma'lum bo'ladi.

Davlatimizda kimyo sohasiga alohida e’tibor berilib uning rivojlanitirish maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda.

Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-4805-son 12.08.2020 yildagi O`zbekiston Raspublikasining qarori e`lon qilindi. Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili» Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

-respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish;

-respublika tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar — ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish;

tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o‘qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish;

ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish;

oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.

Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda umumta’lim maktablarining salohiyati, o‘quvchilarning kimyo va biologiya fanlariga bo‘lgan qiziqishi va ota-onalarning talablarini o‘rgangan holda, ular negizida tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatildi.

Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;

Oliy ta’lim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;

2020 — 2025 yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli tasdiqlash.

oliy ta’lim muassasalari kafedralari —biriktirilgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablar tashkil etish haqida vazifalar belgilandi va amalga oshirish bo`yicha ko`rsatmalar belgilandi.

Bu qaror orqali respublikamizdagi ta`lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlarini o`qitish uslublari zamon bilan hamnafas jahon andozalariga mos keladigan kadrlarni yetuk mutaxassislarni yetishtirish hamda mavjud yo`nalishda faoliyat yuritayotgan kadrlarni malakasini oshirishda dasturul amal bo`lib xizmat qiladi.

O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi.



     Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
      Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Buning natijasi bugungi kunimizda o`z mevasini bera boshladi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish