II. Mathcadda funksiyalar bilan ishlash
2.1. MathCADning kiritilgan funksiyalari. Kiritilgan funksiyalar kategoriyalari
MathCAD da kiritilgan funktsiyalarning barcha turi, (ularni ishlatilishini osonlashtirish maqsadida,aniqlangan holat uchun sinflarga bo'lingan. Ulardan istalgan birini asosiy menyuning Вставка (Insert) bo'limining Функция (Function) bandi orqali chaqiriladigan Вставить функцию (Insert Function) dialog darchasini joylashtirishorqali amalga oshiriladi. Funktsiyani kiritish shablonini xosil qilish uchun ismi bo'yiga sichqoncha tugmasini bosing.
Вставка функции dialog oynasi
Boshlanishida chap dialog darchasining Вставка функцию ro'yxatidagi Категория функции (FunctionCategory) funktsiya kategoriyasini, so'ngra esa-o'ng ro'yxatdagi Имя функция (Function name) uning ismi sichqoncha tugmasini bosish orqali belgilanadi. Dialog darchasining pastki qismidagi matnli maydonda funktsiyaning berilishiva ularga izoxlar haqida ma'lumot beriladi.
Ishchi varag’iga funktsiya shablonini kiritish uchun sichqoncha ko'rsatkichini Vstavka (Insert) ga keltirib chap tugmani bosish kerak. Ishchi varag’ining vizir turgan erida to'ldirilishi shart bo'lgan shablon paydo bo'ladi. Ko'p hollarda funktsiyaning bajarilishi uchun boshlang’ich ma'lumotlarni tayyorlash kerak bo'ladi. Stack(A,B) funktsiyasini bajarish uchun,bizning misolda, A va V massivlarni aniqlash talab qilinadi.
MathCAD da qo'yidagi funktsiyalar aniqlangan:
•All (vse)-barcha funktsiyalar alfavit tartibda joylashtirilgan;
•Bessel (Bessel)-Bessel funktsiyalari;
•Complex Numbers-kompleks sonlar;
•Differential Equation Solving-diferentsial tenglamalarni echish funktsiyalari;
•File Access - fayllarga murojaat funktsiyalari;
•Fourler Transform-Fure o'zgartirish funktsiyalari;
•Hyperbolik-giperbolik funktsiyalar;
•Image processing-tasvirlarni qayta ishlash funktsiyalari;
•Interpolation and Prediktion-interpolyasiya va oldindan aytish funktsiyalari;
•Log and Exponental-logarifmik va eksponentsial funktsiyalar;
•Numbers Theory/Combinatorics-sonlar nazariyasi va kombinatorika funktsiyalari;
•Piecewise Continions-zina va shartlar funktsiyalari;
•Probability Density-extimollar zichligi funktsiyalari;
•Probability Distribition-extimollar taqsimoti funktsiyalari;
•Random Numbers-tasodifiy sonlar funktsiyalari;
•Regression and Smotning-regressiya va tekislash funktsiyalari;
•Sorting –sortirovka (saralash) funktsiyalari;
•Special-maxsus funktsiyalar;
•Statistics –statitiks funktsiyalar;
•Trigonometric-trigonametrik funktsiyalar;
•Truncation and Round-Off-yaxlitlash va son qismi bilan ishlash funktsiyalari;
•Vector and Matrix-vektor va matrisalar bilan ishlash funktsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |