1827-yilda shved olimi I.Ya.Berselius organik birikma va organik kimyo tushunchalarini fanga kiritdi.
1837-yilda B.S.Yakobi elektroliz yordamida relyefli buyumlardan nusxa olish(galvanoplastinka) kashf qildi.
1840- yilda nemis kimyogari Yu.Libix "Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi" kitobida o'simliklarning oziqlanishi uchun N, P, K elementlarini tutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur ekanligini tushuntirib bergan. U agrokimyo faniga asos solgan, o'simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini taklif etgan, tuproqqa mineral o'g'itlar solish yo'li bilan madaniy o'simliklar hosildorligini oshirishga doir tavsiyanomalar bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |