36-mavzu: Eritmaning konsentrasiyalari
1. To’yinmagan eritma deb nimaga aytiladi? J: Ayni haroratda to’yingan eritmada mavjud erigan moddadan kam miqdorini tutuvchi eritma .
2. Suyultirilgan eritma deb nimaga aytiladi? J: Erigan modda miqdori juda oz bo’lsa suyultirilgan eritma deb ataladi.
3. Konsentrlangan eritma deb nimaga aytiladi? J: Erigan modda miqdori yetarlicha yuqori bo’lsa.
4. Massa ulush qanday topiladi? J: Erigan modda massasini eritma massasiga nisbati bo’lib 1 dan kichik bo’ladi.
5. Foiz konsentrasiya qanday topiladi? J: Erigan modda massasini eritma massasiga nisbatini 100 ga ko’paytirish orqali hisoblab topiladi.
6. Molyar konsentrasiya qanday topiladi? J: 1 l eritmada erigan moddaning mollardagi soniga teng bo’ladi.
7. Normal konsentrasiya qanday topiladi? J: 1 l eritmada erigan moddaning g/ekv dagi soni arqali topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |