Kimyo fanining o`qitilishida yangi ped. Texnologiyalardan foydalanish hoshimova Mahfuzaxon Qodirjonovna Fargoni viloyati, Furqat tuman xtb ga qarashli



Download 58,5 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2022
Hajmi58,5 Kb.
#408748
1   2   3
Bog'liq
KIMYO FANINING O`QITILISHIDA YANGI PED.TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Kalit so`zlar: Texnik vositalari, innovatsiya, texnologiya, metod, vosita, ta`lim, pedagogika.

Bugungi kun talabi yosh avlodga beriladigan ta`lim tarbiya ijodiy kuchlarni rivojlantirishga, fan-texnika talablariga javob berishi zarurligini taqozo etmoqda.

Ta`lim sohasi rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin egallashimiz uchun pedagoglarimizdan katta izlanish va mahorat talab etadi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida ta`lim tizimi oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimizda o`qituvchilarga katta mas`uliyat yuklangan. Vatanimiz ravnaqi uchun ularning fidokorona va xayrli mehnatlari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon o`qituvchisi har tomonlama yetuk, o`z kasbining ustasi, zamon bilan hamnafas ish uslubiga ega, yangi o`qitish metodlaridan xabardor, o`z ustida doimo ishlab, bilim va malakalarini mustahkamlab boruvchi shaxs bo`lishi talab etiladi. Ta`lim mazmunini takomillashtirishning yo`nalishlaridan biri o`quvchilar uchun mustaqil ta`lim olishning eng muhim vositalaridan hisoblangan o`quv-axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish hisoblanadi.1

Zamonaviy ta`lim tizimining barpo etilishi, o`quv jarayoniga axborot texnologiyalari yutuqlarini joriy qilish bilan chambarchas bog`liq. Bu ayniqsa axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o`qitishning yangi shakl va vositalariga taalluqlidir. Bular qatoriga elektron ta`lim beruvchi vositalarni faol qo`llashni taqozo etadigan elektron o`qitishni kiritish mumkin. Shu bois bugun bo`lajak o`qituvchilarga faqatgina tayyor elektron qo`llanmalardan foydalanishni o`rgatish bilan cheklanmay, balki ularning yangi ko`rinishlarini yaratish usullari, yo`llari va vositalarini o`rgatish ham muhim tadbirlardan hisoblanadi.

Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy “Eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko`rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib yetaman” degan ekan. Ta`limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo`llaganda o`quvchi-talaba eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida mustaqil fikrlash ko`nikmasiga ega bo`ladi. O`quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini rivojlantirish konsepsiyasida elektron materiallarni elektron darslik, elektron qo`llanma, elektron ma`lumotnoma, elektron qomusiy kitob, elektron stend va hokazolarni ishlab chiqish ham ko`rib chiqiladi.

Hоzirgi davrda jamiyat eng sharafli kasb egalari bo’lgan o’qituvchilar oldiga o’quvchilarga faqatgina bilim berish emas, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishdek dolzarb masalani qo’ymoqda. Ta’lim jarayonida asosiy maqsad o’quvchilarga bilim va tarbiya berishgina emas, balki ularning shaxsini shakllantirish usuli sifatida o’rin tutadi. Bu borada zamonaviy axborot kompyuter texnologiyalari keng doiradagi sermazmun imkoniyatlarga ega.

Texnika vositalari o’quvchilarga ko’p sonli tayyor, qat’iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda, o’quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli axborot manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi:

• fan bo’yicha tayanch bilimlarni o’zlashtirish;

• o’zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish;

• juda chalkash savollarga javob berishga o’rgatish;

• texnika vositalaridan foydalanib, o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;

• o’zini nazorat qilish ko’nikmalarini shakllantirish;

• umuman o’qishga va fanni o’zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish;

• o’quvchilarga o’quv materiallari ustida mustaqil ishlashlarida o’quv-metodik yordam ko’rsatish;

• qulay ta’lim muhitini va axborot manbalarini mustaqil tanlash va izlash imkoniyatlarini ta’minlash, ya’ni o’quvchini imtihonlarga qisqa vaqtlarda tayyorlash, shu jarayon davomida unda ko’plab foydali umumta’lim ko’nikmalarini shakllantirish.

Faoliyatning yangi turi, kompyuter bilan ishlashga qiziqish hisobiga ta’lim sifatini oshirish multimediya texnologiyalaridan foydalanish ustunliklaridan biri hisoblanadi. Fan bo’yicha mashg’ulotlarda kompyuterdan foydalanish mashg’ulotni yanada ko’rgazmali va qiziqarli qilib o’quvchilarning faol va anglagan holda ish yuritishlarini tashkil etishning yangi metodi bo’lib qolishi mumkin.

Fan bo’yicha mashg’ulotlarda texnika vositalaridan foydalanish: o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatlarini jadallashtirishga imkon beradi; fanga o’qitish sifatini oshirish; ko’rgazmalilik tamoyilini hayotga amaliy tatbiq etib, obyektlarning muhim tomonlarini aks ettirish; o’rganilayotgan obyektlar va tabiiy hodisalarning eng muhim xususiyatlarini ko’rib chiqish imkonini beradi.

Turli ma’ruzalar, tezislarni himoya qilish va boshqalarni qo’llab – quvvatlash uchun ishlatiladigan eng mashhur dasturiy vositalardan biri Power Point dasturi hisoblanadi. Animatsiya taqdimotni "jonlantirish" uchun ishlatiladi. Animatsiya yetarli bo’lmagan joylarda videolarni joylashtirish mumkin.

Kompyuter simulyatsiyasi kimyoviy jarayonlarni o’rganishda ajralmas bo’lib, ularni bevosita kuzatish haqiqiy emas yoki qiyin. Kompyuter texnologiyalari portlovchi yoki zaharli moddalar, noyob yoki qimmatbaho reagentlar, juda tez yoki asta-sekin sodir bo’lgan jarayonlar bilan reaktsiyalarni namoyish etish imkonini beradi, bu esa maktab sharoitida mumkin emas. Misol uchun, elektrokimyoviy korroziyani o’rganishda o’quvchilar bir necha daqiqada ushbu juda sekin boradigan jarayonning mexanizmini ko’rib chiqishlari mumkin.

Amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda kompyuter simulyatsiyasini qo’llash yana o’qituvchining o’quvchilar amaliy mashg’ulotlarni to’g’ri yoki noto’g’ri bajarayotganliklarini nazorat qilishiga imkon beradi.

Masalan, “Atom - molekulyar ta’limot. Kimyoviy element, kimyoviy belgi” mavzusida o’quvchi ko’zga ko’rinmaydigan atomni, molekulani tasavvur qilishi, yoki “Elektroliz” mavzusida elektroliz jarayonining kechishini o’quvchilar tasvirlashi qiyin. Agarda shuni texnika vositalari orqali animatsiya ko’rinishida o’quvchilarga ko’rsatilsa ularning bu ma’lumotlar haqidagi tasavvurini kengaytiradi, mavzuni tushunarli qiladi. 

O’quv axborotlarini mana shunday taqdim etishdan yana bir maqsad — o’quvchilarda xayoliy obrazlar tizimini shakllantirish hisoblanadi. O’quv materialini multimediyali taqdimot ko’rinishida berilishi o’quv vaqtini qisqartiradi, bolalar salomatliklari resurslarini tejaydi. Bu o’quvchilarning idrok etish faoliyatlarini mustaqil tashkil etishlari uchun juda yaxshi tarzda moslashgan elektron o’quv ilovalari interfaolligi xususiyatlari hisobiga mumkin bo’ladi.

Kimyo fani darslarida yangi materiallarni tushuntirish, takrorlash va mustahkamlashda yana video darslar dan foydalanish yaxshi natija beradi. Video darslar orqali material qulay va tushunarli taqdim etiladi.  Video darslardan foydalanishning qulay tarafi shundaki ko’rgazma davomida pauza qilish, ko’rgan materialni muhokama qilish, o’quvchilarga savollar berish mumkin. Bolalar o’zlari ko’rgan narsalardan xulosa chiqarishlari kerak. Namoyish vaqti 10-15 daqiqadan oshmasligi kerak, keyin faoliyat turini o’zgartirish kerak. O’quvchilar uyda takrorlashlari uchun video darsdan nusxa olishlari ham mumkin bo’ladi. Video darsining o’zi turli shakllarda taqdim etilishi mumkin, masalan, darslarning asosiy turlari orasida quyidagi uchta:

yangi mavzuni tushuntirishda ;

bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashda;

bilim, malaka va ko’nikmalarni umumlashtirish va nazorat qilishda.




Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish