LABORATORIYA ISHI № 7
ELEKTROLIT ERITMALARNING XOSSALARI.
Ishning bajarilishi
1-tajriba. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi.
150-200 ml sig’imli stakanga distrlangan suv quyib, ikkita elektrod tushiring va ularga ketma-ket qilib lampochka ulang. Asbobni elektr manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Asbobni elektr manbaidan uzib, elektrodlarni distrlangan suv bilan yahshilab yuvib tashlang. Stakanga shakarli eritma kuying va uning elektr utkazuvchanligini tekshiring. Shu tajribalarni navbatma-navbat sul'fat kislota, o’yuvchi natriy, sirka kislotasi, ammoniy gidrooksidning 0,1n li eritmalari bilan o’tkazing. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi to’grisidagi hulosalarni va dissotsialanish tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |