Kimyo fani yo’nalishida fan olimpiadalarga o’quvchilarni tayyorlash hamda



Download 264,19 Kb.
bet3/18
Sana21.12.2022
Hajmi264,19 Kb.
#893386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5321013873250143396

2016 yil KIMYO Masalalar
I variant
1. 72,8 g noma’lum ikki valentli metall va uning karbonati xlorid kislota bilan ishlanganda 8,96l (n.sh) gazlar aralashmasi ajraldi. Bu gazlar yondirilib, suv bug’lari kondensatlanganda gazning hajmi 6,72 l (n.sh) ga qadar kamaygan bo’lsa boshlang’ich aralashmadagi metallni massa ulushini (%) toping.
2. 0,85g natriy va kaliy qotishmasi mo’l suvda eritilganda 336 ml (n.sh.da) gaz ajralib chiqdi .Shu qotishmada 1 ta atom kaliyga natriyning nechta atomi to’gri keladi?
3.Quyidagi sxema boyicha reaksiya tenglamalarini tuzing.
Сr → xrom(II) xlorid → xrom (III) xlorid → xrom (III) gidroksid ↔ kaliy xromat ↔ kaliy dixromat
4. 71 g fosfor (V)-oksidni 980 g 5 % li fosfat kislotada eritildi. Olingan eritmadagi kislotaning massa ulushini toping.


2016 yil KIMYO Masalalar
II variant
1. 3,82 g natriy gidroksid va bariy gidroksid aralashmasi 71,18 ml suvda eritildi. Olingan eritmani to’liq neytrallash uchun 12,5 ml 4 M xlorid kislota sarf bo’ldi. Dastlabki eritmadagi bariy gidroksidning massa ulushini toping.
2. 35,2 g natriy gidrosulfiti, gidrokarbonat va gidroksidi aralashmasi mo’l miqdorda xlorid kislotada eritilganda DH2=25,33bo’lgan 0,3 mol gazlar aralashmasi ajraldi. Eritmadan ajratib olish mumkin bo’lgan NaCl ni massasini (g) aniqlang.
3.Quyidagi sxema boyicha reaksiya tenglamalarini tuzing. Ularni boorish sharoitlarini yozing. Al → Х1→ aluminiy oksid → Al → aluminiy karbid → Х1→ aluminy sulfat → aluminiy xlorid
4. 72 g noma’lum ikki valentli metal va uning karbonati xlorid kislot abilan ishlanganda 22,4 l (n.sh) gazlar aralashmasi ajraldi. Bu gazlar yondirilib, suv bug’lari kondensatlanganda gazning hajmi 17,92 l (n.sh) ga qadar kamaygan bo’lsa boshlang’ich aralashmadagi metal karbonatning massaulushini (%) toping.
2016 yil 9 sinf Kimyo
I variant
1. 69 g natriy metalini 240 ml suvga solinganda shiddatli reaksiya ketdi. Reaksiya tugagandan keyingi eritmadagi mahsulot massa ulushini aniqlang.
А) 50,9 %; B) 38,8 %; С) 39,2 %; D) 28,7%.
2. Tuzlardan qaysi birining gidrolizlanishi to’la va qaytmas bo’ladi ?
A) kalsiy sianid; B) ammony sulfit; C) bariy sulfid; D) natriy atsetat.
3. Tarkibida 32,43 % natriy, 22,55 % oltingugurt va 45,02 % kislorodi bo’lgan moddaning formulasini aniqlang.
A) Na2SO3; B) Na2SO4 ; C) NaHSO3; D) Na3SO4.
4. Gematitning formulasini aniqlang.
A) FeO; B) Fe2O3 ; C) Fe3O4; D) 2Fe2O3∙ 3H2O.
5. 1 mol vodorod pereoksidning katalizator ishtirokida parchalanishidan qancha litr (n.sh.da) kislorod gazi hosil bo’ladi?
A) 11,5; B) 11,3; C) 11,4; D) 11,2.
6. 500 ml 1M kaliy gidroksid eritmasidan 11,2 l (n.sh.da) CO2 o’tkazilganda qanday tuz hosil bo’ladi?
A) o’rta tuz; B) nordon tuz; C) asosli tuz; D) o’rta va nordon tuzlar.

7. Azot (IV)-oksidi natriy ishqori eritmasidan o’tkazilganda qaysi moddalar hosil bo’ladi?


A) NaNO3: H2O; B) NaNO2 : H2O;
C) NaNO2: NaNO3; D) NaNO2: NaNO3: H2O.

8. Temir (III)-sulfat tarkibidagi oltingugurtning massa ulushini:


А) 21,2%; B) 46,2 %; С) 27,3; D) 24,0 %.

9. Moddalarning qaysi birlari metanning gomologi hisoblanadi?


1-C6H5; 2-C3H6; 3-C7H16; 4-C8H14;5-C10H18; 6-C12H26;
7-C7H8; 8-C15H32; 9-C9H20; 10-C5H10
A) 3,6,8,9; B) 1,4,7,10; C) 2,5,7,9; D) 4,6,8,10.

10. 1 litrda 5,6 litr(n.sh.da) vodorod xlorid erigan eritmaning molyar konsentratsiyasini toping. A) 0,5 mol; B) 0,25 mol/e C) 0,75 mol; D) 1 mol.


11.Natriy karbonat va natriy gidrokarbonatdan iborat 146 g aralashma qattiq qizdirildi. Qizdirilgandan keyingi qoldiq 137 g. Aralashma tarkibini massa ulushlarda ifodalang.


A) 0,5 Na2CO 3 va 0,5 NaHCO3; B) 0,72 Na2CO3 va 0,28 NaHCO3;
C) 0,83 Na2CO3 va 0,17 NaHCO3; D) 0,65 Na2CO3 va 0,35 NaHCO 3.

12.Gips tarkibida massa jihatdan qancha (%) suvsiz tuz bor.


A) 75,55; B) 83,01; C) 78,13; D) 79,07.

13. 17.92 l (n.sh.) karbonat angidrididagi kislorod atomlari sonini ko’rsating.


A) 4,8∙1023 B) 9,6∙1023 C) 5,8∙1023 D) 8,8∙1023

14.Eritmaga quyidagi qaysi ionlar rang beradi? 1- kaliy ionlari 2- xlorid ionlari 3- mis kationlari 4- sulfat anionlari 5- permanganat ionlari


A) 3 va 5; B) 1 va 3; C) 2 va 3; D) 4 va 5.

15. Bromning tashqi elektron qobig’i qanday tuzilgan?


A)…..3d10; 4S24P1; B)….3d10;4S24P5; C)….3d1;4S2; D)….3d7;4S2.

16. Na2 СO3∙XH2O kristallogidratdagi suvning massa ulushi 62,94 ni tashkil qiladi. X ni aniqlang A) 6; B) 7; C) 10; D) 8;


17.Kaliy sulfatning 500 C da to`yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug`latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang?


A) 11; B) 13; C) 16; D) 19;

18. Xromat kislota tuzlari______________________ rangda bo’ladi.


19. Kremniyning xlorli birikmasi________ qanday sharoitda hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing _______________________________________.


20.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiradigan reaksiya tenglamalarini yozing. X moddani aniqlang. Cu(NO3)2→NO2 → X →NaNO3


21.Tibbiyot jihozlari tayyorlashda ishlatiladigan zanglamaydigan po’latga______________ qo’shiladi.


22. Kumush nitrat hosil bo’lish reaksiya tenglamasi:_________________________________


_________________________________________.

23. Magniy qanday yonadi? ___________________________________________________.


24. Simob kislorod bilan birikib, _______________________________________________


_______________________________________________________________hosil qiladi.

25. 34,8 g qattiq holdagi ishqoriy metall ftoridiga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ajralgan gaz Ca(OH)2 eritmasi orqali o’tkazilganda 0,3 mol cho’kma hosil bo’ladi. Bunda noma’lum ishqoriy metall __________________.



Download 264,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish