2020 yil Kimyo 9-sinf TEST. II variant
1. Quyidagi tuzlarni to’liq gidrolizlanishi natijasida eritmaning muhiti qanday bo’ladi?
1.KCl 2.CuCl2 3.K2S
A) 1-tuzda neytral, lekin tuz gidrolizlanmaydi 2-kislotali, 3-ishqoriy
B) 1-tuzda ishqoriy, 2-neytral, 3-kislotali
C) 1-tuzda kislotali, 2-ishqoriy, 3-neytral
D) Barcha tuz eritmasi gidrolizlansa,kislotali bo’ladi
2. Anorganik birikma tarkibida 20 % magniy, 53,33 % kislorod, va 26,67% noma’lum element bor. Uni formulasini toping.
A) MgCO3 B) MgSO4 C) MgSO3 D) MgSiO3
3. Quyidagi moddalar bir moldan olinganda ajraladigan kislorod massasini (gr) moslab ko’rsating. 1.KClO3 2.KMnO4 3.KNO3 4.H2O a)16. b) 8: с)32; d )48
A)2-a;1-b.3-d . 4-d; B)4-a.1-d, 3-a,2-a
C)1-a, 2-d, 4-c, 3-d; D)1-b, 4-d, 2-a, 3-c
4. Vodorod va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 10 ga teng bo’lsa, aralashmadagi gazlarning massa ulushini toping.
A) 4 va 96 B)8 va 92 C)20 va 80 D)40 va 60
5. 25 ml 0,5 M li eritmada necha gr bariy xlorid bor? (Аr(Ba)= 137, (Cl)=35,5)
A)3,2 B)2,6 C)1,8 D)2,8
6. Quyidagi qatorda elementlarning metallik xossalari qanday o’zgaradi? (elementlarning tartib raqamlari keltirilgan.) 3→1 4 →2 12→3 13
a) ortadi b) kamayadi c) o’zgarmaydi
А)1-b 2-a, 3-b B)1-a, 2-b, 3-a C)1-b, 2-b, 3-b D)1-a, 2-a, 3-a
7. 2g H2 va 16g O2 aralashmasining hajmi (n.sh.da) nechaga teng?
A) 11,21 B) 44,81. C) 22,41 D) 33,61
8. 8 g mis va 8 g oltingugurt ta'sirlashishidan necha gramm mis (II)-sulfid hosil bo’lgan?
A)9g B)16g C)12g D) bu reaksiya ketmaydi
9. CH4(g) + 2O2(g) = CO2(g) + 2H2O + 802 kj - mazkur termokimyoviy reaksiya asosida 24 gramm metanni yonishidan ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang.
A) 1604 kj; B) 1203 kj; C) 601,5 kj; D) 401 kj.
10. Ohaktosh, uglerod (IV)-oksid va suv ta'sirlashganda eruvchan tuz kalsiy gidrokarbonat hosil bo’ladi. Hosil bo’ldan tuz nimaning ta'sirida erimaydigan kalsiy karbonat tuziga aylanadi?
A) Harorat ta'sirida B) Sovitish ta'sirida C) Doimiy shisha tayoqchda bilan aralashtirish ta'sirida D) Metallarga ta'sir ettirilsa
11. Qaysi gazlar ho’llangan lakmus qog’ozini ko’k rangga bo’yaydi? 1)oltingugurt (VI) oksidi 2) azot (IV) oksidi 3) vodorod sulfid 4) vodorod xlorid 5) azot (I) oksidi 6)uglerod (II) oksidi
А) 1,2,3,4 B)3,4 C)3,4,5,6 D)hech qaysi holatda ko’k rang hosil bo’lmaydi
12. 40˚C dagi reaksiya 30˚C dagi reaksiyaga qaraganda 6 sekund oldin tugaydi. 50˚C dagi reaksiyaga qaraganda 2 sekunddan keyin tugaydi. Ushbu reaksiya 10˚C da necha sekundda tugaydi.
A) 27 B) 9 C) 3 D) 81
13. A moddaning konsentratsiyasi 20˚C da 30 sekundda ikki marta kamayadi. A moddaning konsentratsiyasini 60˚C da 2,5 sekundda necha marta kamayishini aniqlang? (y=2)
A) 1,5 B) 3 C) 5 D) 6
14. NO va N2Ox dan iborat aralashmada kislorodning massa ulushi 40% , NO ning massa ulushi 21,4% bo’lsa, X ni toping. A) 3 B) 2 C) 5 D) 1
15. Tarkibida 80% suv saqlagan 100 g NaOH eritmasini bug’latib, tarkibida 5% suv saqlagan eritmadan necha gramm olish mumkin? A) 31 B) 54 C) 40 D) 21
16. Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang.
А) 7; 1; В) 21; 3; С) 14; 2; D) 28; 4
17. Keltirilgan birikmalarning qaysi birida qutbli kovalent bog’ eng kuchli ifodalangan:
A) vodorod xlorid B) vodorod oksid C) ammiak D) azot(II)oksid
18. Э +2 ioni … 3s2 3p6 3d9 konfiguratsiyaga ega bo’lgan elementni toping.
19. Xrom xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda qanday moddalar hosil bo’ladi?
20. Tarkibida 2,408·1024 dona vodorod atomi tutgan sulfat kislotaning massasini (g) toping.
21. Argon atomining nisbiy atom massasi 39,948 ga teng ekanligini bilgan holda, uning absolut мassasini hisoblang.
22. H2 +S → reaksiyasida S oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi? Izohlang.
23.Flotatsiya nima?__________________________________________________
24.Xlorid kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi? Reaksiya tenglamalarini yozing: Zn, Cu, CaO, Cu(OH)2, P2O5 ,Na2S
25. Reaksiyani tenglashtirib, chap tomon koeffitsiyentlar yig’indisini hisoblang. H2O2+CrCl3+KOHK2CrO4+KCl+H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |