Birinchidan, qo’shimcha o’quv materialini topish, undan keyinchalik turli foydalanuvchilar tomonidan ko’p martalab foydalanish madsadida axborotlarni yozib olish vazifasi qo’yilishi mumkin. Misol uchun, kimyo fanini o’qitishda Atrof muhitning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni topish topshirig’i berilishi mumkin. O’quvchilar Internetdan foydalanib, ushbu masala bo’yicha ko’plab juda qiziqarli qo’shimcha axborotlarni topishlari mumkin.
Ikkinchidan, quyidagicha vazifani qo’yish mumkin: umuman yangi axborotni izlab topish, uni ma’lum bo’lgani bilan taqqoslash, ya’ni konstruktiv muloqotni yuzaga keltiruvchi muammoli vaziyatni yaratish. Bundan tashqari, ushbu material darsliklarda umuman mavjud emasligi sababli ham qimmatga ega. Muhokama qilish davomida o’quvchilar muammoga nisbatan o’z fikrlarini va o’zlarining munosabatlarini ifoda etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |