Analitik tarozilarda tortish qoidalari
Analitik tarozi aniq fizik asbob bo'lib, unda tortganda juda ehtiyot boiish talab etiladi. Tarozining ishdan chiqmasligi va aniq tortish natijasini olish uchun qator qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi:
Tortishga kirishishdan oldin tarozi pallalaridagi changni yumshoq mato yoki cho'tka yordamida ehtiyotlik bilan tozalang va tarozining nolinchi nuqtasini toping. Agar tarozini tekshirayotganda biror noaniqlikni kuzatsangiz, darhol mas'ul laborantga bu haqda ma'lum qiling.
Tarozining pallasiga tortiladigan buyum va toshlarni qo'yishdan avval uning arretirlanganligiga ishonch hosil qiling. Agar tarozi reyterli bo'lsa, reyterni о'rnatayotganda yoki siljitayotganda ham tarozi arretirlangan bo'lishi kerakligini unutmang. Arretir diskini sekin va ehtiyotlik bilan burang.
Tarozida belgilangan miqdor moddadan ortiqcha moddani tortmang, aks holda tarozi buziladi.
Biror idishdagi moddaning (yoki bo'sh idishni) og'irligi noma'lum bo'lsa, uni texnik tarozida tortib, uning taxminiy massasini aniqlang. So'ngra uni analitik tarozining chap pallasiga joylashtiring va tarozining derazachasini yoping. Tarozining pallasiga kimyoviy moddani bevosita yoki qog'ozga solib tortmang, balki soat oynasi, byuks, tigel, probirka va hokazolarga solib torting. Tarozining o'ng pallasiga toshchalar texnik tarozida o'lchangan massa analitik
tarozining o'ng pallasiga qo'yib, tarozining derazachasini yoping va tarozini arretirdan sekin bo'shating.
Issiq yoki sovuq moddalarni tortishdan oldin ularning haroratini tarozi haroratiga keltiring. Buning uchun uni eksikatorda tarozixonada kamida 20-25 daqiqa saqlang.
Tarozining pallasiga nam, iflos va ho'l moddalarni qo'ymang. Tarozi joylashtirilgan qutiga reaktiv, suyuq modda to'kmang.
Namni yutadigan moddalar, suyuqliklar, uchuvchan va o'yuvchi moddalarni faqat yopiq idishlarda (byuks) torting.
Tarozining o'lchash bilan bog'liq joylari (pallasi, shayini, strelkasi va boshqa), toshlar va reyterga qo'l tegizmang. Qo'lingizdagi namlik, yog' va boshqalar ularda qoladi. Toshlarni faqat qisqich bilan ushlang. Agar reyter tasodifan tushib qolsa, uni qisqich yordamida o'z о'rniga joylashtiring.
Tortish vaqtida tarozining derazachalari yopiq bo'lishikerakligini unutmang.
Bir ishni bajarish davomida faqat bitta tarozi va toshlarmajmuasidan foydalaning.
Tarozi o'rnatilgan stolga suyanmang. Tarozini joyidan asloqo'zg'atmang.
Tarozixonaga behuda kirmang, ishlayotganlarga xalaqitbermang, ular fikrini chalg'itmang, tarozixonada qattiq ovoz bilanso'zlashmang, chopib yurmang.
Tarozining nolinchi nuqtasini topish va tortish. Analitik tarozilarning ayrimlarida tarozi strelkasi shkala bo'ylab, ayrimlarida esa shkala qo'zg'almas chiziq bo'ylab o'ngga va chapga tebranadi. Strelkaning shkala yoki shkalaning chiziq bo'ylab tebranishi to'xtagandan keyingi turish nuqtasiga tarozining nolinchi nuqtasi deyiladi. Har xil tasodiflar tufayli tarozining nolinchi nuqtasi o'zgarib turganligi uchun tortishdan awal nolinchi nuqta topiladi. Amalda natijasida yo'l qo'yiladigan xatolarning ta'sirini yo'qotish uchun ikki marta tortish, o'rin almashtirib tortish va tarozining maksimal tortishga mo'ljallangan massali buyumni tortish (Mendeleev usuli) usullaridan foydalaniladi.
Jismning haqiqiy massasini topish uchunformuladan foydalaniladi. Bu yerda, Po- jismning bo'shliqdagi haqiqiy massasi; ph- havoning zichligi; p -jismning zichligi; t-toshlarning zichligi. Havoning zichligi bosim, namlik va haroratga bog'liq. Ko'pchilik hollarda uni 0,0012 deb olish mumkin. Toshlarning zichligi ular yasalgan metallga bog'liq bo'lib, jezdan yasalgan toshlarning zichligi 8,4, alyuminiydan yasalganiniki 2,6 ga teng.
Tortishning to'g'riligi tarozi toshlari massasining nominalga mosligiga bog'liq. Tarozi toshlari aniq massali qilib yasalsa-da, ulardan foydalanish jarayonida massalari biroz kamayishi mumkin. Shuning uchun toshlarning massalari vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi (odatda bu ish davlat etalon korxonalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi). 2 g massali toshning massasi ikkita 1 g massali toshlar massalariga teng bo'lishi kerak. Toshlarning massalarini tekshirish uchun ikki marta tortish usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |