Bog'liq Кимё-7 назорат ишлари 1- ва 2-чораклар 2019й
KIMYO 7-sinf II-chorak 4-nazorat ishi 1-variant
1. Yer sharida eng ko’p tarqalgan element?
A) vodorod B) kislorod C) azot D) temir
2. Kislorodni birinchi bo’lib kim kashf etdi? (1774-yil 1-avgustda)
A) J. Pristli B) K. Sheele C) A. Lavuazye D) M. V. Lomonosov
3. Kislorodni yangi element sifatida batafsil izohlagan olim kim?
A) J. Pristli B) K. Sheele C) A. Lavuazye D) M. V. Lomonosov
4. Yer qobig’ining necha foiz og’irlik qismini kislorod tashkil qiladi?
A) 47% B) 20,94% C) 65% D) 45%
5. Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan lekin o’zi sarflanmaydigan moddalar qanday nomlanadi?
A) tabiiy moddalar B) sintetik moddalar C) ingibitorlar D) katalizatorlar
6. Kislorod yoki havodan elektr uchquni o’tkazilsa, yoki tabiatda chaqmoq chaqqanda qanday modda hosil bo’ladi?
A) ozon–O3 B) suv–H2O C) karbonat angidrid gazi–CO2 D) azot–N2 7. Ozon stratosferada (Yer yuzidan 23-25 km balandlikda) nimaning ta’sirida hosil bo’ladi?
A) Quyoshning issiqligi ta’sirida B) Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida
C) havodagi suv bug’lari ta’sirida D) sovuq havo ta’sirida
8. Ozon laboratoriyada qaysi asbob yordamida olinadi?
A) Vyurs kolbasi B) Petri idishi C) ozonator D) gazometr
9. Magniy kislorod bilan biriksa qanday birikma hosil bo’ladi? 2Mg + O2 = ?
A) MgO B) MgO2 C) Mg2O D) Mg2O3 10. Qaysi metall kislorod bilan birikib peroksid hosil qiladi?
A) Mg B) Fe C) Al D) Na
11. O’simliklar quruq biomassasining necha foizini kislorod tashkil qiladi?
A) 47% B) 20,94% C) 65% D) 45%
12. Yonilg’ilar qanday agregat holatida bo’ladi?
A) gaz B) suyuq C) qattiq D) hamma javob to’g’ri
13. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta’sirlashib, qanday moddalarni hosil qiladi?
A) organik modda va kislorod B) organik modda va ozon C) kislorod va vodorod D) kislorod va ozon
14. Quyidagilardan qaysilari qattiq yonilg’i hisoblanadi?
1) ko’mir 2) mazut 3) benzin 4) yog’och 5) spirt 6) torf
A) 2,3,5 B) 1,4,6 C) 1,3,6 D) 3,5,6
15. Qaysi turdagi yonilg’ilardan mineral qoldiq – kul qoladi?
A) gaz B) suyuq C) qattiq D) hammasidan
16. SO2 tarkibida necha foiz kislorod borligini hisoblang.
A) 25% B) 50% C) 53% D) 66%
17. 18 g suvning parchalanishi natijasida necha gramm kislorod hosil bo’ladi? 2H2O → 2H2 + O2 A) 2 g B) 8 g C) 16 g D) 18 g
18. Tarkibi 60% Mg va 40% O dan iborat bo’lgan moddaning kimyoviy formulasini aniqlang.
A) MgO B) MgO2 C) Mg2O D) Mg2O2 19. 4 mol ozon hosil bo’lishida yutiladigan issiqlik miqdorini hisoblang. 3O2 → 2O3 – 289 kJ
A) 144,5 kJ B) 289 kJ C) 578 kJ D) 2890 kJ
20. Og’irligi 60 kg bo’lgan inson tanasida necha kg kislorod bo’lishini hisoblang.
A) 39 кг B) 52 кг C) 55 кг D) 63 кг
21. Bertolle tuzining parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing.
22. Kislorod qanday haroratda havorang suyuqlikka aylanadi?
23. “Agar chang va g’ubor bo’lmasa inson 1000 yil hayot kechirgan bo’lar edi”. Bu qaysi allomaning fikri?
24. O’zbekistonda ko’mir asosan qaysi konlardan qazib olinadi?
25. Respublikamizdagi eng yirik ikkita gaz konlari qaysilar?