30 talik № 21
Metall oksidida metall ekvivalenti kislorod ekvivalentidan 4 marta katta bo’lsa, metall oksidining molekulyar massasini aniqlang.
A) 80 B) 56 C) 128 D) 72
Teng mol nisbatda olingan neon va etan aralashmasining massa nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 1:3 C) 1:2 D) 1:1,5
Quyidagi alkanni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang:
CH3CH2C(CH(CH3)2)2CH(CH3)2
A) 2 – metil 3,3 – diizopropilpentan
B) 2,4 – dimetil 3 – etil 3 – izopropilpentan
C) 3,3 – diizopropilgeksan
D) etiltriizopropilmetan
Kimyoviy element atomining 4 – va 5 – pog’onasida jami 9 ta elektron bo’lsa, elementning elektron konfiguratsiyasini aniqlang.
A) … 5s1 4d8 B) … 5s1 4d6
C) … 5s1 D) … 5s2 5p4
Ushbu yadro reaksiyasida 106 g Po yemirilishidan 100 g Tl izotopi hosil bo’ldi. Agar x ning qiymati y ning qiymatidan 1,5 marta kichik bo’lsa, elementlarning neytronlari farqini toping.
A) 9 B) 7 C) 10 D) 8
Tarkibida bog’lar nisbati 7:1 bo’lgan birikmani aniqlang.
A) temir (II) gidroksosulfat
B) alyuminiy digidroksosulfat
C) kalsiy gidrokarbonat
D) xrom (III) gidropirofosfat
Bariy gidroksid va ammoniy sulfat orasidagi reaksiyaning qisqa ionli tenglamasida necha mol ion qatnashadi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
Tarkibi H2SO4 * xSO3 oleumga 4 mol suv qo’shilganda sp3 va sp2 orbitallarning soni tenglashdi, bunda 828 g oleum olindi. Oleumning tarkibini aniqlang.
A) H2SO4 * 2SO3 B) H2SO4 * 3SO3
C) H2SO4 * 3,5SO3 D) H2SO4 * 4SO3
Ma’lum bir temperaturada to’yingan eritma 2 molyalli bo’lsa, eritmada erigan noma’lum moddaning molekulyar massasini aniqlang. noma’lum moddaning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyenti 12,6 ga teng.
A) 56 B) 82 C) 63 D) 40
Titri 40 mg/ml bo’lgan temir (III) sulfat eritmasidagi sulfat ionlarining molyar konsentratsiyasini aniqlang. (a = 100 %)
A) 0,1 B) 0,3 C) 0,15 D) 0,05
X g 30 % li CuSO4 eritmasi orqali 3,2 F tok o’tkazilganda katodda 22,4 litr (n.sh) gaz ajraldi. X ning qiymatini aniqlang (elektrod enert).
A) 240 B) 400 C) 200 D) 320
Eten, etan va propandan iborat 32 g aralashma yondirilganda 2,8 mol suv hosil bo’ldi. Reaksiyada necha gramm karbonat angidrid hosil bo’lgan?
A) 88 B) 105,6 C) 96,8 D) 92,4
Molyar konsentratsiyalari nisbati 2:4 bo’lgan ikki eritmaning umumiy hajmi 35 litr. Agar ikkala eritmadagi erigan modda miqdori nisbati mos ravishda 4:2 bo’lsa, konsentratsiyasi katta eritma hajmini (litr) aniqlang.
A) 7 B) 23 C) 28 D) 12
Qaysi tuzlar faqat anion bo’yicha gidrolizga uchraydi?
A) kaliy sulfit, temir (II) xlorid
B) rux sulfat, ammoniy nitrat
C) natriy sulfat, kaliy sianid
D) kaliy atsetat, bariy nitrit
Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasida oksidlovchi oldidagi koeffitsiyentni aniqlang.
KClO3 + Mn3O4 + K2CO3 = K2MnO4 + KCl + CO2
A) 3 B) 5 C) 9 D) 4
Noma’lum alkan molekulasida 6 ta birlamchi, 2 ta ikkilamchi va 1 ta to’rtlamchi uglerod atomi bor. Shu alkan molekulasida nechta uchlamchi uglerod atomi bor?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Gipofosfit kislota dissotsiyalanishi natijasida zarrachalar soni 1,9 marta ortgan bo’lsa, dissotsiyalanish darajasini (%) aniqlang. (Suv zarrachalari va uning dissotsiyalanishi hisobga olinmasin)
A) 90 B) 30 C) 45 D) 60
0,5 mol qo’rg’oshin (II) gidroksid ozon ishtirokida oksidlanganda hosil bo’lgan gazning massasiga teng massada kislorod olish uchun necha gramm nikel (II) nitrat parchalanishi kerak?
A) 264 B) 240 C) 183 D) 366
Temir (III) gidroksosulfat hosil bo’lishi uchun, tegishli asos va kislota o’zaro reaksiyaga kirishgan. Shu reaksiyadagi umumiy koeffitsiyentlar yig’indisini toping.
A) 4 B) 6 C) 3 D) 5
To’g’ri ifodalarni ko’rsating.
1) 100 % li sulfat kislota eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadi; 2) barcha d – elementlar metallardir; 3) karbin – uglerodning sun’iy allotropik shakl ko’rinishidir; 4) xlor radikali tarkibida 18 ta elektron mavjud; 5) ikki hajm vodorod bilan bir hajm kislorod aralashmasi ‘’qaldiroq gaz’’ deyiladi.
A) 2, 3, 5 B) 1, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3
Noma’lum ishqor eritmasida ishqorning massa ulushi 12/48 ga teng. Agar eritma tarkibidagi suvning miqdori (mol) ishqorning miqdoridan (mol) 4 marta ko’p bo’lsa, ishqorni aniqlang.
A) NaOH B) LiOH C) KOH D) RbOH
12 litr idishdagi gazning hajmi 8 litrgacha kamaytirilganda bosim 4 kPa ga ortdi. Oxirgi bosimni (kPa) aniqlang. (T = const)
A) 8 B) 16 C) 12 D) 18
Kalsiy nitrat, mis (II) nitrat va kumush nitratdan iborat tuzlar aralashmasining mol nisbati mos ravishda 1:2:2 ga teng. Tarkibida 34 g kumush nitrat bo’lgan shunday aralashma to’liq parchalanganda necha litr (n.sh) gaz ajraladi?
A) 17,92 B) 11,2 C) 33,6 D) 20,16
0,6 mol alyuminiy gidroksid va 1,2 mol nitrat kislota o’rtasidagi reaksiya mahsulot(lar)i qaysi sinfga mansub?
A) asosli tuz B) nordon tuz
C) o’rta tuz, asos D) o’rta tuz, kislota
Guruhlarda yuqoridan pastga qarab atomlarning elektronga moyilligi, atom radiusi, oksidlovchilik va metallik xossasi qanday o’zgaradi (mos ravishda)?
A) ortadi, kamayadi, ortadi, kamayadi
B) kamayadi, ortadi, ortadi, ortadi
C) kamayadi, ortadi, kamayadi, ortadi
D) kamayadi, ortadi, kamayadi, kamayadi
Qaysi alken kislotali muhitda KMnO4 bilan oksidlanishidan chumoli kislota va butanon hosil bo’ladi?
A) buten – 2 B) 2 – metilbuten – 1
C) buten – 1 D) 2 – metilbuten – 2
Etilamin va propilamindan iborat aralashma yondirilganda 6,72 litr (n.sh) azot va 1,4 mol karbonat angidrid hosil bo’ldi. boshlang’ich aralashmaning miqdoriy (mol) nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 2:3 C) 2:1 D) 3:1
Ma’lum hajmdagi suvda azot (IV) oksid eritildi. Ushbu jarayon uchun quyidagilardan qaysi biri to’g’ri?
1) pH kamayadi; 2) pOH kamayadi; 3) H+ ionlari ortadi; 4) OH- ionlari ortadi
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3
Oksidlanganda 2 – metilpropanal hosil qiladigan spirtni aniqlang.
A) butanol – 2 B) 2 – metilpropanol – 2
C) izobutil spirt D) butanol – 1
A(g) 2B(g) + C(g) reaksiya tenglamasi bo’yicha muvozanat holatdagi C moddaning konsentratsiyasi 2 mol/l bo’lsa, A moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang. (KM = 4)
A) 8 B) 12 C) 6 D) 10
Do'stlaringiz bilan baham: |