30 talik № 9
Xrom atomida neytronlar umumiy zarrachalarning 40 % ini tashkil etadi. Xrom atomining massasini aniqlang.
A) 54 B) 55 C) 56 D) 57
Qalay atomining 5p pog’onachasida normal va qo’zg’algan holatda nechtadan elektron bo’ladi?
A) 0; 2 B) 1; 3 C) 4; 3 D) 2; 3
100 ml CO va CO2 aralashmasiga 100 ml kislorod qo’shilganda, gazlar hajmi 180 ml bo’lib qoldi. Boshlang’ich aralashmadagi CO ning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 40 B) 50 C) 60 D) 80
C2H4, CH4 va C3H4 dan iborat 13,44 litr aralashma 19,2 gramm kelsa, aralashma tarkibidagi uglerodning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 1,2 B) 1,4 C) 1,5 D) 1,6
63,2 g KMnO4 qizdirilganda hosil bo’lgan gaz ozonator orqali o’tkazildi, ajralgan gaz esa kaliy yodid eritmasidan o’tkazildi. Bunda 25,4 g yod hosil bo’ldi. Ozon hosil bo’lish unumini hisoblang.
A) 50 B) 80 C) 75 D) 90
Oltingugurtning valent elektronlari uchun spin kvant sonlari yig’indisi +2 bo’lsa, valentligini aniqlang.
A) II B) IV C) VI D) III
Alyuminiy fosfat, alyuminiy gidrofosfat va alyuminiy digidroksofosfatlar tarkibidagi σ – va π – bog’lar yig’indisini aniqlang.
A) 52 B) 48 C) 54 D) 46
IV valentli element oksidi va ftoridining massa nisbati 1:2 bo’lsa, elementni aniqlang.
A) kremniy B) oltingugurt
C) germaniy D) uglerod
Kumushning massa ulushi 90 % bo’lgan 120 g mis – kumush qotishmasiga necha gramm mis qo’shsak Cu3Ag tarkibli birikma hosil bo’ladi?
A) 192 B) 180 C) 204 D) 200
KMnO4 + H2O2 + H2SO4 K2SO4 + MnSO4 + O2 + H2O reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent massasini (g/mol) aniqlang.
A) 158; 17 B) 31,6; 34
C) 31,6; 17 D) 34; 31,6
SO2, SO3 aralashmasidagi kislorod atomlari soni oltingugurt atomlari sonidan 2,75 marta ko’p bo’lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 76 B) 72 C) 74 D) 68
Tartib nomeri nodir gazlarnikidan bittaga ortiq bo’lgan elementlar uchun quyidagilardan qaysi biri noto’g’riligini toping.
A) qaytaruvchi bo’ladi
B) ionlanish energiyasi eng katta bo’ladi
C) birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi
D) 1 ta elektron yo’qotganda tartib raqami nodir gazlarniki bilan teng bo’lib qoladi.
Kislorod va ammiakdan iborat aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi massa ulushidan 1,6 marta kichik. Aralashmaning o’rtacha molyar massasini aniqlang.
A) 30 B) 24 C) 20 D) 25
+ xa + y Ushbu yadro reaksiyasi natijasida 9200 mg toriy hosil bo’lsa, qancha miqdor (mol) elektron hosil bo’ladi?
A) 0,16 B) 0,008 C) 0,016 D) 0,08
NH3 va NH4+ ionlari uchun quyidagi xususiyatlardan qaysilari umumiy emas?
1) markaziy atomning valentligi; 2) markaziy atomning oksidlanish darajasi; 3) gibridlanish turi; 4) zarrachalarning fazoviy shakli
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 4
Qaysi tuz eritmasi elektroliz qilingani sari kislotaning konsentratsiyasi ortib boradi?
A) FeCl3 B) Ca(NO3)2 C) ZnSO4 D) BaBr2
Quyidagi alkanni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang.
CH3(CH2)2C(CH3)2CH(CH3)CH3
A) 2,3,3 – trimetilgeksan
B) 2,2,3 – trimetilgeksan
C) 2,3,3,4 – tetrametilpentan
D) 2,3,3,4 – tetrametilgeksan
Tarkibida 25 % CaBr2 bo’lgan eritmaga 25 g suv qo’shilganda eritma konsentratsiyasi 5 % ga kamaydi. Hosil bo’lgan eritma massasini (g) aniqlang.
A) 80 B) 125 C) 100 D) 140
0,8 mol vodorod sulfidning yonishi natijasida ma’lum hajm SO2 va 12,8 g S8 hosil bo’ldi. Yonish jarayonida sarflangan kislorod miqdorini mol hisoblang.
A) 0,8 B) 0,6 C) 0,9 D) 1
Mis (II) sulfat eritmasi bir xil massali mis elektrodlari bilan elektroliz qilindi. Agar katod va anodning massalari farqi 76,8 g ga teng bo’lsa, sarflangan faradey miqdorini toping.
A) 1,5 B) 2,4 C) 3 D) 1,2
3 – etilpentanning dixlorli izomerlariga Mg metali ta’sir ettirib jami necha xil sikloalkan olish mumkin?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Tarkibida umumiy bog’lar soni 20 ga teng bo’lgan birikmani aniqlang.
A) alyuminiy digidroksosulfat
B) alyuminiy gidrooksofosfat
C) alyuminiy gidroksosulfat
D) alyuminiy digidroksofosfat
X g eritma bilan y g eritma tarkibidagi sulfat kislotalarning massa nisbatlari 1:3. Massa ulushlari nisbati 2:3 bo’lsa, eritmalarning massa nisbatlarini aniqlang.
A) 1:1 B) 1:2 C) 1:3 D) 2:3
2,2,5,5 – tetrametilgeksan molekulasida nechta sp3 – gibridlangan orbital mavjud?
A) 20 B) 36 C) 10 D) 40
1 mol kalsiy karbonat parchalanganda hosil bo’lgan gazga 0,5 mol propan qo’shildi. Hosil bo’lgan aralashmaning o’rtacha molyar massasini toping.
A) 40 B) 42 C) 38 D) 44
Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasini tenglashtiring va o’ng tomondagi koeffitsiyentlar yig’indisini toping.
KMnO4 + SO2 + H2O = K2MnO4 + MnSO4 + H2SO4
A) 8 B) 6 C) 4 D) 7
Miqdorlari teng bo’lgan C2H6 va X gazlarining atomlari soni nisbati 8:9 ga massalari nisbati esa 1:1,4 ga teng bo’lsa, X gazni toping.
A) C4H6 B) C3H6 C) C5H10 D) C3H4
2 – metilpropanal molekulasi tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashgan sp3 va sp2 - gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
A) 12; 4 B) 12; 6 C) 9; 4 D) 9; 6
+ xa + y + 2n
yadro reaksiyasida 129 g Fm yemirilishidan 122 g Cm izotopi hosil bo’ldi. Agar x y dan 1,5 marta katta bo’lsa, Cm izotopining nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 248 B) 256 C) 258 D) 244
3 – brom – 2,2 – dimetilpentanga Na metali ta’sir ettirib olingan alkan tarkibidagi ikkilamchi C atom(lar)i sonini aniqlang.
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
Do'stlaringiz bilan baham: |