KIMYO
1-variant
1. Xrom(III) xlorid va natriy karbonat eritmalari o’zaro aralashtirilganda qanday modda cho’kmaga tushadi?
A) Cr2(CO3)3 B) [Cr(OH)2]2CO3 C) Cr(OH)4
D) Cr(OH)3
2. Natriy gidroksidga kremniy(IV) oksid qo’shib suyuqlantirilganda 100˚C va 101 kPa bosimda o’lchangan 4,5 litr suv bug’lari ajralib chiqdi. Bunda reaksiyaga kirishgan natriy gidroksidning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,46 B) 0,28 C) 0,147 D) 0,29
3. Quyidagilardan qaysi biri organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasidagi xolatlarga xos emas?
A) moddalarning tarkibi va molekulyar massasi bir hil, tuzilishi har hil bo’lish xodisasiga izomeriya deyiladi
B) berilgan moddaning xossalariga ko’ra uning molekula tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytish mumkin
C) moddalarning xossalari molekulada atomlarning qanday tartibda birikkanligiga ham bog’liq bo’ladi
D) modda molekulasidagi atomlar va atomlar guruhi o’zaro bir-biriga ta’sir etmaydi
4. Vodorod bilan qaytarish natijasida hosil bo’lgan temir va Fe3O4 aralashmasining 28,8 gramiga xavosiz sharoitda xlorid kislota bilan ishlov berilganda 8,96 litr (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Aralashmaning miqdoriy (mol) tarkibini aniqlang.
A) 0,027 Fe3O4; 0,4 Fe B) 17,2 Fe3O4; 11,6 Fe
C) 1,16 Fe3O4; 1,72 Fe D) 6,4 Fe3O4; 22,4 Fe
5. 6,9 g etil spirt oksidlanishidan hosil bo’lgan asetaldegid yana oksidlantirilib hosil bo’lgan kislotadan 80 g eritma tayyorlangan bo’lsa, kislotaning eritmadagi massa ulushini (%) aniqlang.
A) 7,8 B) 9,5 C) 10,1 D) 11,25
6. Alkanning 9,4 litr miqdorini yondirish uchun 83,2 litr kislorod ishtirok etganda, uning 8 litr miqdori ortib qolgan bo’lsa, alkan formulasida nechta uglerod atomi mavjud?
A) 5 B) 3 C) 7 D) 4
7. Zichligi 1,25 g/sm3 bo’lgan 36,5%-li xlorid kislota eritmasining necha litrida 5 mol vodorod xlorid bor?
A) 0,4 B) 0,3 C) 2,0 D) 0,5
8. N.sh. da N2 va CO2 gazlari aralashmasining 16,8 litr massasi 30 g ni tashkil etsa, aralashmadagi har bir gazning massasini (g) hisoblang.
A) N2 – 22; CO2 – 8 B) N2 – 6,43; CO2 – 23,57
C) N2 – 8; CO2 – 22 D) N2 – 5,25; CO2 – 24,75
9. 1,91 g ikki valentli metall oksidi uglerod bilan qaytarilganda 191,8 ml (n.sh) is gazi va … g metall hosil bo’ladi?
A) 2,93 B) 1,12 C) 1,77 D) 2,19
10. Tarkibida xlorid kislota va natriy xlorid bo’lgan eritmani neytrallash uchun natriy gidroksidning 0,1M li eritmasidan 180 ml sarflandi. Hosil bo’lgan neytral eritma tarkibidagi hamma xlorid ionlarini cho’ktirish uchun kumush nitratning 0,2M li eritmasidan 250 ml ishlatildi. Dastlabki eritma tarkibidagi moddalarning massasini (g) toping.
A) HCl-0,487; NaCl-1,462 B) HCl-0,118; NaCl-0,132
C) HCl-0,657; NaCl-1,872 D) HCl-0,487; NaCl-1,462
11. Noto’g’ri nomlangan moddani belgilang.
A) (CH3)2CCHC(CH3)CH2
2,4-dimetilpentadiyen-2,4
B) CH3CHCCH2 butadiyen-1,2
C) CH3CH2CHCCH2 pentadiyen-1,2
D) (CH3)2CCCH(CH3)
2-metilpentadiyen-2,3
12. 36 kg glyukozaning spirtli bijg’ishidan necha litr 95%-li (p=0,79 g/sm3) etil spirti hosil bo’ladi?
A) 17,1 B) 21,2 C) 24,5 D) 30,9
13. Katta odamning sutkalik ratsionida 120 g oqsil bo’lishi kerak. Go’shtda oqsilning massa ulushi 20% bo’lsa, sutkalik oqsilning 50% ini go’shtdan olishi uchun 1 kunda necha gramm go’sht istemol qilish kerak?
A) 200 B) 300 C) 60 D) 250
14. Kaliy xlorat tarkibidagi xlor atomi faqat oksidlovchi bo’lgan reaksiyalarni tanlang.
1) KClO3 = KClO4 + KCl
2) KClO3 = KCl + O2
3) KClO3 + CaH2 = KCl + CaO + H2O
4) KClO3 + H2O = H2 + KClO4
5) KClO3 + Br2 = KBrO3 + Cl2
6) KClO3 + H2O2 = KCl + O2 + H2O
A) 2,3,5,6 B) 2,5 C) 1,4,5,6 D) 1,3,4
15. Hajmi 2,24 litr (n.sh) bo’lgan CO va CO2 aralashmasi yonishi natijasida hosil bo’lgan gazni 7,4 g so’ndirilgan oxakli eritma orqali o’tkazilganda hosil bo’lgan cho’kma miqdorini (g) hisoblang.
A) 10 B) 5 C) 0,1 D) 1,5
16. 24 g spirtning oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulot kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib 69,12 g cho’kma hosil qilsa, spirtning nomini aniqlang. (reaksiya unumi 80%)
A) propanol-1 B) etanol C) butanol-1
D) propanol-2
17. 200 ml 0,05 molyarli kaliy gidrofosfat va 2,19%-li 50 g xlorid kislota eritmalari aralashtirildi. Eritmada qanday moddalar mavjud bo’ladi?
A) kaliy fosfat, xlorid kislota
B) fosfat kislota, kaliy xlorid, xlorid kislota
C) kaliy gidro- va digidrofosfatlar
D) kaliy digidrofosfat, xlorid kislota, kaliy gidroksid
18. [Cr(H2O)5Cl]Cl2 va K3[Fe(CN)6] birikmalaridagi markaziy atomning oksidlanish darajasi va koordinatsion son qiymatini aniqlang.
19. Pirokatexin, etilformiat va metilatsetatdan iborat
0,6 mol aralashma 32 g natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishishi ma’lum bo’lsa, aralashmadagi pirokatexin massasini (g) aniqlang.
20. Buten-2 va siklobutandan iborat
5 litr (n.sh) aralashma va mo’l miqdorda olingan kislorodda portlatilgandan so’ng hosil bo’lgan suv bug’i kondensatsialandi. Qolgan gazlar aralashmasi 30 litrni (n.sh) tashkil etsa, reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |