Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
20.Laboratoriya ishi.
Mavzu: Guttasiya hodisasini kuzatish.
Umumiy ma’lumot:
Guttasiya hodisasi deb havo nam bo’lganda yoki uzoq davom etgan yog’ingarchilikdan keyin shikastlanmagan o’simlik barglari uchidan shira oqib chiqishiga aytiladi.
O’simliklarda « y i g’ l a sh » hodisasi, o’simliklar novdasi tashqi muhit ta’sirida shikastlanganda, shu joyidan shira tomchilab chiqa boshlaydi
Kerakli o’quv materiallari.
3-5 kunlik maysalar, shisha stakan yoki qalpoqcha, xloroform eritmasi va paxta.
Darsning maqsadi:
yosh maysalarni uchki qismidan suvning guttasiyalanishini kuzatish.
Ishning bajarilishi: Guttasiya hodisasini aniqlash tuvakda bug’doy, arpa yoki sholi o’stiriladi. O’stirish ishlari dars boshlashdan oldin talabalar tomonidan 3-5 kun oldin amalga oshiriladi. Tajriba oldidan 3-5 kunlik maysalar yaxshilab qondirib sug’oriladi. Sug’orilgan maysalar ustiga shisha stakan yoki shisha qalpoqcha to’nkarib qo’yiladi. Oradan 30-60 minut o’tgach maysalar bargining uchida suv tomchilari paydo bo’ladi. Bu hodisa havo va tuproq tarkibidagi nam haddan tashqari ortib ketganda yuz beradi. Namning normadan ortiq bo’lishi suvning bug’lanishiga to’sqinlik qiladi. Natijada o’simliklar tarkibidagi ortiqcha suv ildiz bosimi ta’sirida barglar uchidan siqib chiqariladi. SHu tariqa ildiz bosimi o’simlik tarkibidagi suvni normal darajada saqlab turadi (4-rasm).
4-rasm. Guttasiya hodisasi:
a-o’simlik barglarining uchidan ajralib chiqadigan suv tomchilari.
Tuvakchada o’stirilayotgan maysalar yoniga xloroform shimdirilgan paxta qo’yilsa, guttasiya hodisasi to’xtab qoladi. Agarda paxtani olib tashlansa guttasiya hodisasi yangidan boshlanadi. Bu hodisa xloroform o’simliklar ildiziga ta’sir etib, o’sish va rivojlanishiga
to’sqinlik qiladi. Tuvakchada o’stirilayotgan maysalarda xloroform ta’sirida guttasiya hodisasi birdaniga emas, balki oradan bir qancha vaqt o’tgandan keyin to’xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |