Kerakli o’quv materiallari:
Egri kapillyar shisha nay o’rnatilgan kauchuk tiqinli katta hajmli probirka, temir shtativ, g’o’za, kanakunjut va boshqa moyli o’simliklar maysalari, filtr qog’oz tasmalari, 20% li KON eritmasi.
Darsning maqsadi: O’simlikning unayotgan urug’laridan ajralib chiqayotgan kislorod va karbonat angidridning miqdorini tajribada o’rganish.
Ishning bajarilishi:
Buning uchun 12-rasmda ko’rsatilgan asbob olinadi. Uning ichiga chigit yoki kanakunjutning nish otgan urug’laridan solinib, probirkaning og’zi shisha kapillyar nay o’rnatilgan tiqin bilan zich yopiladi. So’ngra nay uchiga pipetka yordamida bir tomchi suv kiritgach, vaqt belgilanadi. Oradan 20-30 minut o’tgandan so’ng nay uchiga kiritilgan suv tomchisi nay bo’ylab probirka tomonga harakatlanadi. Suv tomchisining o’tgan masofasi jadvalning A grafasiga yozib qo’yiladi. Bu ish 3 marta takrorlanib, o’rtacha son topiladi. Keyin shisha nay o’rnatilgan tiqinni olib, uning atrofi ishqor shimdirilgan filtr qog’oz bilan o’raladi va probirkaning og’zi berkiladi. Nay uchiga suv tomchisi joylashtirilib, vaqt belgilanadi. 20-30 minut o’tgach, nay ichidagi suv tomchisi siljigan masofa aniqlanib, natijasi B grafasiga yoziladi. Bu ish har 3 marta takrorlanib o’rtachasi topiladi. Bunda A grafadagi o’rtacha son maysalar tomonidan yutilgan kislorodni, B grafadagi o’rtacha son nafas olishda ajralib chiqqan va ishqori qog’ozga shimilgan CO2 hamda maysalar tomonidan yutilgan O2 miqdorini ifodalaydi. Nafas olish koeffisiyenti topilgan sonlar asosida quyidagi tenglamaga muvofiq topiladi:
CO 2
O2
Б А
А
Tenglamadagi B-A ishqorli qog’ozga shimilgan SO2 miqdorini ko’rsatadi.
O’simlik turi
|
YUtilgan kislorod miqdori
|
YUtilgan kislorod va ajralgan SO2 miqdori
«B» ml
|
Nafas olish koeffisiyenti
CO 2 B A O2 A
|
|
|
|
o’rtachas i
|
|
|
|
o’rtachas i
|
Takror lanish
|
Takror lanish
|
Nazorat uchun savollar.
O’simliklarning nafas olish koeffisneti nima?
O’simliklarda nafas olish prosessi qanday boradi?
Nafas olish koeffisnetini aniqlash uchun qaysi o’simliklardan foydalaniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
19.Laboratoriya ishi.
Mavzu: Ildizning bosim kuchini aniqlash.
Umumiy ma’lumot:
O’simliklar sharoitga qarab suvni turlicha qabul qiladi. Suvni asosan ildiz tukchalari orqali qabul qiladi, undan o’tkazuvchi naylar orqali poyaga o’tadi. Naychalar ichidagi konsentrlangan eritma tomonidan aktiv shimilgan suv hisobiga hosil bo’lgan kuch ta’sirida o’tkazuvchi naylar ichidagi shira yuqoriga ko’tariladi.
Suv va eritmalarni harakatlantiruvchi kuch ildizning bosim kuchi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |