31. Laboratoriya ishi.
Mavzu: O’simliklarni suvda, qumda, tuproqda o’stirish.
Umumiy ma’lumot:
O’simliklarni suvda o’stirish. O’simliklarni mineral tuzlarning yoki ionlarning suvdagi eritmasida o’stirish usulini Rossiyada K.A. Timiryazev keng qo’llagan.
Kerakli o’quv materiallari.
Petri idishi, filtr qog’oz, o’simlik urug’i, suv, oyna, 1-3 l li shisha idishlar, qora qog’oz, parafin.
Darsning maqsadi: Urug’larni suv vannasida, qumda, tuproqda o’stirish usullarinni o’rganish.
Ishning bajarilishi:
Bu mashg’ulot quyidagi tartibda olib boriladi:
Urug’ni undirish usullari. Petri idishiga yoki yuza likopchaga filtr qog’oz yozib, ustiga yirik – maydaligi bir xil bo’lgan va zararlanmagan 100-200 dona ivitilgan urug’ joylanadi. Usti filtr qog’oz bilan yopiladi va 10-20 ml distillangan suv po’rkab 25-300 issiq termostatga qo’yib undiriladi.
Urug’ni vannada undirish. Buning uchun tunukadan vanna yasaladi. So’ngra vannaning yarmigacha vodoprovod suvi yoki tindirilgan ariq suvi qo’yiladi. Keyin vanna usti oyna bilan yopiladi. Oynaning ustiga 1-2 qavat filtr qog’oz yozib, ustiga saralangan va ivitilgan urug’ joylanadi, usti filtr qog’oz va doka bilan yopiladi. Urug’ ustidagi filtr qog’oz va dokaning uchlari vannadagi suvga tegib turishi kerak. Urug’lar ustiga yopilgan doka va filtr qog’oz orqali namlab turiladi.
Maysalarni chin barg yozguncha o’stirish. Hajmi 0,5 l li bankaga suv to’ldirilib, usti parafin shimdirilgan doka bilan yopiladi. Dokaning 10-20 ta joyini teshib, yuqorida ko’rsatilgan usulda undirilgan urug’lar orasidan ildizi 1-2 sm chamasi o’sgan urug’lar tanlab olinadi va shu teshiklarga momiq yordamida mahkamlab joylanadi. Ungan bu urug’lar doka ustida o’sa boshlaydi. Ikki pallali o’simliklar ikkita chin barg, bir pallali o’simliklar esa uchta chin barg chiqarguncha shu holda o’stiriladi. O’simliklarni suvda o’stirishda quyidagi aralashmalardan foydalaniladi: pryanishnikov eritmasi, knop eritmasi, gelrigel eritmasi, krone eritmasi.
Eslatma: yuqorida ko’rsatilgan tuzlar aralashmasini 1 l distillangan suvda eritish kerak.
O’simliklarni suvda o’stirish uchun 1-3 l va undan ko’p eritma sig’adigan shisha idishlar ishlatiladi. Bu idishlar qora qog’oz bilan o’raladi. Idish ichiga eritma solinganda u quyosh nuri ta’sirida isib ketmasligi uchun qora qog’oz ustidan oq doka yoki oq qog’oz o’raladi.
SHisha idishlarning og’zi 3 ta teshikli po’kak yoki yog’och tiqin bilan berkitiladi. Po’kak tiqindagi havo yo’llarini berkitish uchun uni qaynab turgan parafinga 3 minut solib qo’yiladi. So’ngra olib sovitiladi. Tiqin sirtiga ilashgan ortiqcha parafin pichoq bilan qirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |