Kerakli o’quv materiallari:
1, 2, 3, 4, 5 va 6 raqamli har xil eritmalar, buyum oynalari, filtr qog’oz, tekshiriladigan o’simliklar to’qimasi.
Darsning maqsadi: Bir necha xil o’sib turgan o’simliklarning barglaridan namunalar olib, ulaga kerakli kimyoviy moddalar ta’sir ettiriladi va bargning holatiga qarab NPK ning qaysi bri yetishmasligi aniqlanadi.
Ishning bajarilishi:
Buning uchun ekin maydonlaridagi o’simliklarni ko’rib chiqib, ularning o’rtacha rivojlanganlarini tanlab, bir nechtasining barglari bandi bilan yulib olinadi. Barglar qaysi ekin maydonidan va qachon olinganligi yozib qo’yiladi. Keyin quyidagi tajriba o’tkaziladi:
O’simliklarga azot elementi yetishmasligini aniqlash uchun barg bandidan 2-3 mm qalinlikdagi 7 ta kesik olinib ustiga oq qog’oz qo’yilgan buyum oynasiga ketma-ket va bir- biridan 0,5-1 sm narida joylashtiriladi. So’ng kesiklarning biriga H2SO4 + difenilamindan 1-2 tomchi tomizib, undan oqib chiqqan eritmaning rangi quyidagi standart qog’ozdagi rangli dog’larga solishtiriladi. O’simlikning azot elementiga bo’lgan talabi standart qog’oz rangining dog’lariga qarab aniqlanadi. Bunday ishni bir necha o’simlikdan olingan barglar bandida aniqlab, o’rtachasi topiladi.
O’simliklarning fosfor elementiga bo’lgan talabi quyidagi tartibda aniqlanadi:
eni 1 sm, bo’yi 3 sm keladigan zich filtr (oqtasma) qog’ozdan kesiklar tayyorlab, (NH4)MoO4 reaktivi shimdirilib, keyin quritiladi;
(NH4)2 MoO4 shimdirilgan va quritilgan filtr qog’ozni buyum oynasiga yozib qo’ygandan so’ng ustiga barg bandidan yoki o’simlikning boshqa organlaridan olingan kesiklar birin-ketin joylashtiriladi. Kesiklar ustiga toza buyum oynasi yopilib, ehtiyotlik bilan 1-2 minut davomida siqib turiladi, so’ngra kesiklar olib tashlanadi. Ulardan oqib chiqqan shira hisobiga filtr qog’oz ustida nam dog’ qoladi;
v) filtrdagi nam dog’ ustiga benzedin + CH3COOH dan bir tomchi tomizib, keyin quritiladi;
g) qurigandan so’ng ustiga CH3COONa reaktividan tomizib, o’simlikning fosfor elementiga bo’lgan talabi standart qog’ozga muvofiq aniqlanadi.
O’simliklarning kaliy elementiga bo’lgan talabini aniqlash uchun buyum oynasiga eni 1 sm, bo’yi 3 sm bo’lgan filtr qog’oz bo’lakchasini qo’yib, ustiga birin-ketin o’simlik to’qimasi kesiklari joylashtirilgach, har qaysi kesik shisha tayoqcha bilan sekin ezilgandan keyin olib tashlanadi. Kesiklarni ezganda oqib chiqqan shira dog’lari ustiga dipikrilamin + MgO reaktivi va uning ustiga 1 tomchi 2n HCl tomiziladi. Kaliy elementiga bo’lgan talab darajasi standart (qog’ozda ko’rsatilgan) ranglar bilan solishtirib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |