Nazorat uchun savollar:
Transpirasiya prosessi nima?
Transpirasiyani qanday aniqlash metodlarini bilasiz?
Transpirasiya jarayonining kobalt xlorid usulida qanday aniqlaniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 4.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
5.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
24. Laboratoriya ishi.
Mavzu: Transpirasiyani hajmiy usulda aniqlash.
Umumiy ma’lumot:
Transpirasiya intensivligi deb ma’lum yuzadan yoki og’irlikdan ma’lum vaqt ichida bug’langan suvning miqdoriga aytiladi, odatda u bir soatiga gramm yoki soatiga dm2 hisobiga chiqariladi. Ko’pincha transpirasiya intensivligi 1 g bargda soatiga 0,1 dan 2-4 g gacha o’zgarib turadi.
Kerakli o’quv materiallari:
Byuretkalar, tindirilgan vodoprovod suvi, Mor qisqichi, tok qaychi, temir shtativ, soat, tiqin parmasi.
Darsning maqsadi: O’simliklar suv bug’latishini aniqlash
Ishning bajarilishi:
Buning uchun avval kauchuk tiqinga o’simlik novdasi o’rnatiladi. So’ngra 25 ml hajmli byuretkaga suv to’lg’azib, og’zi novdali tiqin bilan berkitiladi. Byuretkaga solingan suvda havo pufakchalari bo’lmasligi shart, chunki suv tarkibida erigan gaz qolsa, tajribani o’tkazishga halaqit beradi. Vodoprovod suvini bir kun oldin chelakka qo’yib tindirilsa, havosi chiqib ketadi. Keyin ana shu suvdan ishlatiladi.
Byuretkalarga o’simlik novdasi joylangandan so’ng byuretka asta-sekin to’nkarilib shtativga o’rnatiladi. Byuretkadagi suv bug’lanib kamayishining oldini olish uchun uning ikkinchi uchiga kauchuk nay kiygizilib, mahkam berkitiladi. Tajribani boshlashdan oldin byuretkadagi suvning sathi qaysi nuqtaga to’g’ri kelishi belgilab olinadi. Suv kamayishi transpirasiya prosessi borayotganligini ko’rsatadi. Transpirasiya prosessi hamma o’simliklarda ham bir xil tezlikda boravermaydi. SHuning uchun 2-3 xil o’simlik olib, ularning transpirasiya intensivligini aniqlash tavsiya etiladi. Bu tajribani geran, navro’zgul va boshqa o’simliklar ustida o’tkazish mumkin.
Tekshirish vaqti tugagandan so’ng suvni bug’latishda ishtirok etgan barglar sathini aniqlash uchun novdaning uchida, o’rtasida va pastida joylashgan barglardan 3 tasi olinadi. Ularning o’rta qismidan barg yuzasining katta-kichikligiga ko’ra, 4-10 sm2 hajmda bo’laklar kesib olinadi. Keyin bu bo’laklarning umumiy vazni aniqlanadi, shu vaqtning o’zida novdada qolgan barglarni ham kesib olingan barg bo’laklariga qo’shib vazni aniqlangach, barglarning umumiy yuzasi quyidagicha topiladi.
YUzasi aniq barg bo’laklarini a, ularning vaznini b bilan ifodalasak, novdadagi umumiy barg yuzasini v bilan ifodalab, quyidagi tenglama bo’yicha barglarning umumiy sathi x topiladi:
а б х в
х а в
б
Barglarning umumiy sathi topilgandan keyin transpirasiya intensivligi 20-mashg’ulotda ko’rsatilgandek hisoblab topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |