Nazorat uchun savollar
Barg og’izchasi qanday tuzilishga ega?
Barg og’izchalarining ochilish darajasini qanday usullardan aniqlash mumkin?
Barg og’izchalarini infiltrasiya usulida qanday aniqlash mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990.
Sulaymonov A.S. Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976.
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972.
Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975.
6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977.
22. Laboratoriya ishi.
Mavzu: Barg og’izchalarining harakatini mikroskopda kuzatish.
Umumiy ma’lumot:
O’simliklar barg og’izcha (ustisa) lari orqali suv bug’latish transpirasiyadeyiladi. Bundan tashkari, bar epedermisi hujayralaridan ham suv bug’lanadi. Barg plastinkasi kutin modda bilan qoplanganligi uchun bu qavat orqali sodir bo’ladigan bug’lanishi kutikulyar transpirasiyasi deyiladi. Ko’pchilik o’simliklarda barg og’izchalari ikkita loviyasimon hujayradan tashkil topgan bo’lsa, g’alladoshlarda boshqacharoq tuzilgan.
Kerakli o’quv materiallari:
Mikroskop, ustara, buyum va qoplag’ich oynalar, filtr qog’oz, o’simliklar bargi, gliserinning 5 % eritmasi, paxta, shisha tayoqcha, suvli stakan.
Darsning maqsadi:
Barg og’izchalarini ochilish va yopilishini gliserin eritmasi yordamida mikroskopda kuzatish.
Ishning bajarilishi:
Geran, tradeskansiya yoki boshqa biror bir o’simlik yorug’ va nam joyda saqlanadi. SHu o’simlikdan barg olib, bargning epidermis ya’ni ustki po’sti ustara yoki lezviya bilan avaylab shilib olinadi, olingan epidermis buyum oynasiga tomizilgan 5 % gliserin eritmasiga qo’yiladi va ustidan qoplag’ich oyna bilan yopiladi (oradan 15-20 minut o’tgach). Tayyorlangan preparat mikroskopning 8 x li yoki 40 x li ob’yektivlari orqali tekshiriladi. Gliserin eritmasining konsentrasiyasi hujayra shirasining konsentrasiyasiga nisbatan yuqoriroq bo’lganligi uchun, hujayra shirasi tarkibidagi suvni gliserin o’ziga tortib oladi. Natijada hujayrada plazmoliz hodisasi ro’y beradi, shu vaqtda barg og’izchalari yopiladi. Oradan 15 minut vaqt o’tgach gliserin sitoplazmadan o’tib hujayra shirasida to’planadi. Hujayra shirasining konsentrasiyasi ko’tariladi va tashqi eritmadagi suvni o’ziga tortib oladi. Natijada barg og’izchasi hujayralariga suv kirib deplazmoliz hodisasi ro’y beradi, chunki gliserin barqaror plazmoliz hosil qilmaydi, shu sababli barg og’izchalari qaytadan ochiladi. Agar qoplag’ich oynaga bir tomchi suv tomizilib, gliserin filtr qog’oz bilan shimdirib olinsa, barg og’izchalari kengroq ochiladi, chunki suv qo’yilishi natijasida tashqi gliserinning konsentrasiyasi hujayra shirasining konsentrasiyasiga nisbatan pasayib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |