5.11. Absorbstiya jarayonini olib borish usullari
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida absorbstiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinstipial sxemalar qo’llaniladi:
- parallel yo’nalishli;
- qarama - qarshi yo’nalishli;
- bir pog`onali, qisman restirkulyastiyali;
- ko’p pog`onali, qisman restirkulyastiyali.
Parallel yo’nalishli sxema 5.15a-rasmda ko’rsatilgan. Bunda gaz oqim va absorbent parallel (bir xil) yo’nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda, absorbtiv konstentrastiyasi katta bo’lgan gaz faza, absorbtiv konstentrastiyasi past bo’lgan suyuq faza bilan kontaktda bo’lsa, qurilmadan chiqishda esa - absorbtiv konstentrastiyasi kichik bo’lgan gaz faza, absorbtiv konstentrastiyasi yuqori bo’lgan suyuqlik bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |