7.6. Qattiq materiallarni maydalashning maxsus usullari
Oxirgi vaqtda qattiq materiallarni portlatish, termik va elektrotermik, hamda termomexanik maydalash va yanchish usullari utsida keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borilmoqda va sanoat texnologiyalariga tadbiq etilmoqda.
Gidravlik portlatish usulida qattiq jismlarni maydalashning mohiyati shundaki, parchalash jarayonida material va portlovchi moddalarni suv ichida portlatish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda, portlash moddalarini kengayish paytida hosil bo`ladigan juda yuqori bosim, materialga ta’sir etadi. Undan tashqari, suyuqlik ichida portlash natijasida tarqaladigan zarba to`lqini ham material parchalanishiga qo`shimcha xissa qo`shadi.
Elektrogidravlik maydalash usulida materialni parchalovchi zarba to`lqini elektr razryadi yordamida hosil qilinadi.
Termik usullarda tozalash, qattiq material bo`laklarini mahalliy qizdirish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda, qizdirish joyi issiqlik “ponasi” vazifasini bajaradi. Issiqlik manbalari sifatida elektr razryadi, ekzotermik yonish reaktsiyasi issiqliklari, yuqori temperaturali gaz, yuqori temperaturali plazma oqimchalari, lazer nuri va hokazo.
Elektrotermik usulda parchalashning mohiyati shundaki, qattiq material bevosita elektroenergiya yordamida notekis qizdiriladi. Natijada, hosil bo`lgan ichki kuchlanishlar ta’sirida qattiq material parchalanishi sodir bo`ladi.
Termomexanik usulda maydalash jarayonida materialni qizdirish datslabki jarayon bo`lib faqat uning mutsahkamligini kamaytirish uchun qo`llaniladi. Yakunlovchi jarayon maydalash esa yuqorida ko`rib chiqilgan birorta mexanik usulda bajariladi. Ba’zi hollarda material qizdirilgandan so`ng keskin ravishda sovitiladi.
ToshKTI «Texnologik jarayonlari va qurilmalari» kafedrasida go`shtni noan’anaviy «portlatish» usulida pishirish jarayoni yaratildi.
Bu usulning mohiyati shundaki, go`sht mahsuloti solingan germetik idish ichida suv bug`ining ortiqcha bosimi hosil qilinadi. Qurilmada hosil qilinadigan ortiqcha bosimning miqdori qayta ishlanayotgan mahsulot turiga bog`liq. Odatda, tsilindrik shakldagi qurilma ichida suv bug`ining bosimi kerakli qiymatda o`rnatiladi. Qayta ishlanayotgan mahsulotga ma’lum vaqt ichida ishlov beriladi.So`ng, idishdagi ortiqcha bosim 0,001-0,3 s vaqt ichida, keskin ravishda atmosferaga chiqarib yuboriladi, ya’ni atrof muhit bosimi bilan tenglashtiriladi. Natijada bosimlar farqi otsida, mahsulot tarkibidagi namlik o`ta qizigan holatdan qiska onda bug` agregat holatiga o`tadi va material ichidan tashqariga qarab juda katta tezlikda harakat qiladi. Shu paytda, mahsulot ichidan tashqariga yo`nalgan suv bug`ining kuchi pishgan go`sht mahsulotining yaxlitligini buzadi va uni bo`ylama tolalarga parchalaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, parchalangan go`sht tolalari tayyor holatda, ya’ni pishgan buladi. Lekin, shunday texnologik rejimlar tanlash mumkinki, «portlatish» usulida go`sht ushbu usulda qayta ishlanganda pishib chiqadi, ammo yaxlitligi, bir butunligi saqlanib qoladi. Bu turdagi qurilmaning tuzilishi sodda, ixcham, f.i.k yuqori, kapital va ekspluatatsion sarflar kam. Kamchiligi shundan iboratki, ishlatib bo`lingan bug`dan qayta foydalanish imkoni yo`q. Hozirgi kunda ushbu muammo utsida jadal izlanishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |