1-Mavzu: KIMYoNING ASOSIY QONUNLARI.
Reja:
Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Tarkibning doimiylik qonuni.
Karrali nisbatlar qonuni.
Ekvevalentlar qonuni.
Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni.
Gazsimon moddalarning molekulyar massalarini aniqlash.
Atom massasini aniqlash.
Atom va molekulalarning realligi.
Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Bu qonunlar kimyoviy reaktsiya vaqtida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo’lib, ular kimyo fanining nazariy negizini tashkil etadi.
Kimyoning birinchi qonuni – moddalar massasining saqlanish qonunidir. Bu qonun dastlab M.V. Lomonosov va keyinchalik A.Lavuaze tomonidan ta’riflangan:
Kimyoviy reaktsiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig’indisi reaktsiya mahsulotlari massalarining yig’indisiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |