41.Бирикмалар қаторида реакцион қобилиятни баҳолашда қўлланиладиган параметрлар Birikmalarning tajribadagi aniqlangan reaksion qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan korrelyatsiya qiluvchi kvant-kimyoviy
hisoblashlar natijasida aniqlangan elektron va energetik xarakreristikalar reaksion qobiliyat indekslari (RQI) hisoblanadi. Ular
ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, kimyoviy reaksiyalarda ta’sirlashayotgan birikmalarning o‘tish holatini inobatga olgan holda
aniqlanadi. Ikkinchisi, statistik RQI ˗ dastlabki birikmaning elektron tuzilishini o‘rganish asosida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar:
atom zaryadi, bog‘ tartibi, orbitallar energiyasi va boshqa kattaliklar. Bunday ko‘rsatkichlar QSAR sohasida deskriptorlar
deyiladi (8.7-rasm). Geometrik va elektron ko‘rsatkichlar birgalikda strukturaviy ko‘rsatkichlar deb yuritilishi mumkin. Bular
orasida bog‘ tartibi (bitta atomning boshqa atomlar bilan hosil qilgan kimyoviy bog‘ tartibi) va uning hisobidan (atom valentligi
va bog‘ tartiblari summasi orasidagi farqdan) kelib chiqadigan “erkin valentlik” indeksi, ayni atomning kimyoviy reaksiya
jarayonida boshqa atomni biriktira olish qobiliyatini ko’rsatadi. Sigma bog‘ tartibi 1, qo’shbog‘ tartibi esa 2 deb qabul qilingan.
Birikmalarda elektron zichlikning guruhlar orasida yoki molekula bo’ylab delokallanishi hisobiga bog’ tartibi o’zgarishi mumkin.
Masalan, sigma bog’ tartibi 1 dan oshishi va pi bog‘ tartibi 2 dan kamayishi mumkin. Bog‘ tartibi bog‘ uzunligi va eneryiyasi
bilan uzviy bog‘liq.
42 Ярим эмпирик усулларни параметрлашда қўлланилган экспериментал характеристикалар. RM1 usuli AM1 usulining qayta parametrlangan usuli hisoblanadi. Uni parametrlashda quyidagi parametrlar ishlatilgan: Uss –
s AO uchun bir elektronli bir markazli integralni ifodalovchi kattalik; Upp – p AO uchun bir elektronli bir markazli integralni
ifodalovchi kattalik; βs – s AO uchun bir elektronli ikki markazli rezonans integralini ifodalovchi kattalik; βp – p AO uchun bir
elektronli ikki markazli rezonans integralini ifodalovchi kattalik; αA –A atomning yadro-yadro itarishishini ifodalovchi kattalik;
Gss – s-s AO-larning bir-biridan itarishishini ifodalovchi bir markazli ikki elektronli integral; Gsp – s-p AO-larning bir-biridan
itarishishini ifodalovchi bir markazli ikki elektronli integral; Gpp – p-p AO-larning bir-biridan itarishishini ifodalovchi bir markazli
ikki elektronli integral; G2p – p-p´ AO-larning bir-biridan itarishishini ifodalovchi bir markazli ikki elektronli integral; Hsp- AO-
larning almashinuvini ifodalovchi bir markazli ikki elektronli integral; ai , bi, ci – ko‘paytiriluvchi koeffitsiyentlar (i=1-4); ζs – s
tipdagi STO uchun eksponenta va ζp – p tipdagi STO uchun eksponenta.