«Кимёда замонавий компьютер моделлаштириш усуллари» фанидан оралиқ назорат саволлари


 Молекуляр механика усулларида идеал ва реал боғ узунликлари нима



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana25.02.2022
Hajmi1,06 Mb.
#279368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1 4994784083184714029

 
11. Молекуляр механика усулларида идеал ва реал боғ узунликлари нима 
MM usullarida tajribada aniqlangan bog‘ uzunliklari kimyoviy bog‘ cho‘zilish energiyasini (Er) hisoblash formulasiga ideal bog‘ 
uzunligi (r0) sifatida kiritilgan. Masalan, sp3 gibridlangan C atomlari orasidagi C-C bog‘, sp2 gibridlangan C atomlari orasidagi 
C=C bog‘ va sp gibridlangan C atomlari orasidagi C≡C bog‘ uzunliklari uchun mos ravishda 1.508, 1.333 hamda 1.200 Å 
qiymatlari kiritilgan. 
Ellinjer mexanikasida va boshqa ko‘plab MM usullarida kimyoviy bog‘ cho‘zilishi energiyasini ifodalashda Guk qonuniga 
asoslangan formula qo‘llaniladi: 


𝐸r =
𝑘
2
(𝑟−𝑟
0
)

bu yerda k – o‘zgarmas kattalik (force constant), r0 – parametrlashda kiritilgan ideal bog‘ uzunligi va r – qaralayotgan 
birikmadagi ideal bog‘ uzunligidan farq qiluvchi, maqbullashtirish natijasida aniqlangan (real) bog‘ uzunligi. 
MM hisoblash dasturlarida geometriyalarni tayyorlash jarayonida AB tizimning (molekulaning) A va B atomlari orasidagi 
masofa 10 Å qilib ko‘rsatilsa ham dastur hisoblash natijasida ular orasidagi masofani ideal bog‘ (r0) uzunligiga yaqin masofaga 
juda qisqa fursatda olib keladi. 
12. Avogadro дастуридаги ММ усуллари ва улар орасидаги фарқ нималардан иборат 
Avogadro dasturidagi MM usullariga GAFF, Ghemical, MMFF94, MMFF94s, UFF lar kiradi.
 
13. Эмпирик усулларининг кимёда қўлланилиши  
Empirik usullar 2 ga bulinadi 1)Molekulyar mexnika 2) Molekulyar dinamika. 
Molekulyar mexanika usuli tajribada aniqlangan ma’lumotlar asosida hisoblashlar olib borilganligi uchun “empirik usullar” 
deyiladi. 
Birinchi molekulyar mexanika tipidagi hisoblashlar Hendrikson (J.B. Hendrickson) tomonidan 1961 va 1964 yillarda 
sikloalkanlarning (C5 - C8) konformatsiyalarini o‘rganish uchun bajarilgan. Undan keyin, K.B. Viberg (K.B. Wiberg) tomonidan 
1965-yilda MM tipidagi hisoblashlar amalga oshirilgan. Keyinchalik bir nechta guruh olimlar tomonidan MM tipidagi 
hisoblashlar olib borilgan. Ancha mukammal empirik hisoblash usuli ˗ MM1 1973 yilda N.L. Ellinjer (N.L. Allinger) tomonidan 
taklif qilingan. U yaratgan MM1 usuli ˗ sikloalkanlar hisobi uchun atigi 1-2 daqiqa sarflagan. U 1977-yilda MM1 usulini yanada 
mukammallashtirgan holda MM2 (uning MMP2 varianti ham yaratilgan), 1989-yilda MM3, 2004-yilda esa MM4 usullarini taklif 
qildi. Shuning uchun ham empirik hisoblashlar sohasida Ellinjerning o‘rni katta. 
Molekulyar mexanika usullari kvant-kimyoviy usullarga nisbatan juda tezkor usul sanaladi. Lekin aniqligi yarim empirik va 
noempirik usullarnikiga nisbatan past. Dastlabki yaratilgan MM usullari N, O kabi atomlarining bog‘lanmagan elektron juft (BEJ) 
ta’sirlashuvlari inobatga olinmagan. Vaholanki, kimyoda bog‘lanmagan elektron juft muhim ahamiyat kasb qiladi. Shuni 
inobatga olgan holda, keying yaratilgan MM usullarida (MM3, MM4), asosan, makromolekulalarni hisoblashga mo‘ljallangan 
usullarida BEJ ta’siri inobatga olingan. Ayrim MM usullari atom zaryadlari va hosil bo‘lish issiqligini va tebranish spektrlarini 
(inkrement va modellar asosida) hisoblash imkonini beradi. 
Keyingi vaqtlarda MM usulining tezkorligi asosida kvant-kimyo va MM usullari birlashtirgan, gibrid usullar (QM/MM) yaratish 
ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bunga misol qilib Morokumaning ONIOM usulini misol qilib keltirish mumkin. 
Molekulyar dinamika molekulalarning aylanma, ilgarilanma va ichki molekulyar (ayrim atomlar yoki guruhlar tebranish) 
harakatlarini mikrodarajada modellash orqali ma’lum birikmalarning fizikaviy makroxususiyatlarini aniqlash imkonini 
bermoqda. Makroxususiyatlar ˗ molekulalarning ma’lum vaqt davomida fazodagi harakati natijasida qoldirgan izi, ya’ni 
trayektoriyasini qayd qilish orqali aniqlanadi. Molekula yoki molekulalar (tizim) harakati molekula(lar) tuzilishiga, muhitga 
(erituvchi, kristal panjara va b.), modda zichligiga (miqdoriga), harorat va bosim o‘zgarishiga, chegaraviy shartlarga (tanlangan 
to‘rtburchak yoki sferik katakcha o‘lchamiga) va boshqa omillarga bog‘liq. 
Hozirgi paytda biologik makromolekulalarni o‘rganishda MD usullari keng qo‘llanilmoqda. MD usullarida ta’sirlashayotgan 
biologik sistemalarning energetik sathdagi global minimumini topish makromolekulada mavjud bo‘lgan ko‘plab lokal 
minimumlar tufayli juda murakkab. Shuning uchun ham tarkibida 1000dan ortiq suv molekulasini, ligand molekulasini va 
makromolekulani birgalikda qo‘shib hisoblaydigan MD hisoblashlari, asosan, superkompyuterlarda olib boriladi. Masalan, 
quyidagi oqsil molekulasini. MD usulida o‘rganish uchun 15800ta suv molekulasini tutgan sferik katakcha hosil qilingan. 
MD hisoblashlarini AMBER, CHARMM, NAMD, POLY-MD, LAMMPS, LPMD, NEWTON-X, Desmond, Gromacs, ORAC, XMD, 
Abolone, RedMD, Materials Studio, GROMOS, HyperChem, YASARA va ORCA dasturlarida amalga oshirish mumkin. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish