Кимё йўналиши 1 курс магистри Шарофиддинов Исмоилжоннинг Биологик фаол моддалар механизми фанидан Оралиқ назорат иши
Билет № 6
1. Kumarinlar. Kumarinlarning odam organizmiga ta’sir mehanizmini ko’rsating.
2. Interferonlar. Interferonlarning biologik faolligi. Interferon induktorlari.
3. Organizmda osmotik bosimning hosil bo׳lish jarayonini tushuntiring. Gipertoniya va gipotoniya.
4. Qonning kimyoviy tarkibi.
5. Etil spirtining organizmga ta’sir mehanizmini reaksiyalar asosida tushuntiring.
1. Kumarin (sis-orto oksidolchin) kislotaning unumlari bo`lgan o`simliklardan olinadigan laktonlar kumarinlar dеb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning unumlari tabiatda dеyarli sof holda uchramaydi. Bu kislotalar o`zidan bir molеkula suv ajratib, tеzda tеgishli laktonlarga aylanadi.Shuning uchun kumarinlar bеnzopiron unumi dеb ham qaraladi. Kumarinning o`zi sisorto- oksidolchin kislotaning laktonidir. Kumarinlarning boshlang`ich birikmasi – kumarin birinchi marta 1820 yilda Fogеl tomonidan Dipteryx odorata Willd. (Coumarouna odorata, dukkakdoshlar oilasiga kiradi) o`simligining mеvasidan ajratib olingan. O`simlikning tarkibida kumarinning odatdagi oksi- va –mеtoksi unumlaridan tashqari, ularning furan unumlari bo`lgan furokumarinlar ham ko`p uchraydi. Furokumarinlar molеkulasidagi, furan halqasi kumarinning 6- va 7- (psoralеn tip) yoki 7 va 8- nomеrli (angеlitsin tipi) uglеrod atomlari bilan birlashishi mumkin.
Kumarinlar tasnifi (klassifikatsiyasi).
Hozirgacha ma'lum bo`lgan kumarinlar o`zining kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi 7 guruhga bo`linadi.
-Kumarin va uning oddiy unumlari (dеgidrokumarin, kumarin glikozidlari).
Oksi-,mеtoksi- va mеtilеndioksikumarinlar.Bu kumarinlarning bеnzol yoki piron halqalarida turli guruhlar (-ON,-OSN3 va boshqalar) bo`ladi.Mana shu turli guruhlar qaysi halqada joylanishiga qarab bu guruh yana o`z navbatida mayda guruhchalarga bo`linadi.
Furokumarinlar yoki kumaron -pironlar.Firokumarinlar o`z molеkulasidagi furan halqasining joylashishiga qarab psoralеn (21, 31,6,7-furokumarinlar) va angеlitsin (21, 31,7,8-furokumarinlar) unumlariga bo`linadi.
Tarkibida bеnzofuran sistеmasi bo`lgan (kumarinning 3,4-uglеrod atomlariga birlashgan) kumarinlar (masalan, kumеstrol va boshqal Eskelutin
Kumestrol
Kumarin
Kumarin kislotalarning sof holda turg`un bo`lmay, tеzda laktonlarga aylanish xossasidan ularni analiz qilishda (sifat rеaktsiyalarda va miqdorini aniqlashda) hamda kumarinlarni boshqa moddalardan tozalashda (ajratib olishda) kеng foydalaniladi. Kumarinlar minеral kislotalar (kontsеntrlangan xlorid kislota) va natriy nitrit ishtirokida p - nitroanili yoki sulfanil kislota bilan 6-uglеrod (furokumarinlar 3-uglеrod) atomi orqali diazorеaktsiya bеradi. Natijada qo`ng`ir-qizil, qizil yoki to`q sariq (zarg`aldoq) rangli mahsulotlar hosil bo`ladi. Shuning uchun bu rеaktsiyadan kumarinlarga sifat rеaktsiya sifatida kеng foydalaniladi.
Kumarinlar ,furokumarinlar va tarkibida bu gruppa birikmalari bo`lgan o`simliklardan olingan prеparatlar antikoagulyant (qon ivishiga qarshi),spazmolitik (muskullarning ixtiyorsiz qisqarishi va tarang tortishishiga qarshi),yurak qon tomirini kеngaytirish-vitamin R (masalan,eskulin) xavfli o`smalarga qarshi va boshqa ta'sirlarga ega.Shuning uchun bu prеparatlar tromboz (qon tomirlarda qonning ivib qolishi),spazm, rak (opеratsiya qilish mumkin bo`lmagan ba'zi turlarida) va boshqa kasalliklarni davolashda qo`llaniladi.
Kumarin va furokumarinlarning biologik ta'siri ular molеkulasidagi lakton halqasi,3 va 4 –uglеrod atomlari o`rtasidagi qo`shbog` hamda molеkulaga ulangan turli gruppa va radikallarga bog`liq dеb hisoblanadi. Pеs kasalligini furokumarinlar bilan davolash bu prеparatlar ta'sirida tеri oqargan еrining nurga nisbatan sеzuvchanligining oshishi va mеlanin pigmеnti hosil bo`lishi natijada tеrining o`z rangini tiklashiga asoslangan.Tеrining bunday o`z pigmеntatsiyasini tiklashi ultrabinafsha.nurlar ta'sirida boradi. Pеsni davolashda furokumarin prеparatlari bir vaqtda ichishga va sirtdan tеrining oqargan еriga surtishga (eritma yoki surtma dori holida) tavsiya etiladi.Dorini tеriga surilgan еrlarga kеyinchalik dori qabul qilingandan so`ng ochiq holida quyosh nurini (yoki sun'iy ultrabinafsha-nurini) ta'sir ettirish lozim.
2. Interferonlar ko‘pchilik turdagi viruslar ko‘payishining ingibitorlaridir. Kashf qilingan bir necha tur interferonlar (α, β, γ) mavjud. Ularning ba’zilari gen injeneriyasi usulida olingan. Ular murakkab bo‘lmagan oqsillar bo‘lib, turli hayvon va odamda molekulyar og‘irligi 25000 dan 38000-40000 gacha bo‘ladi. Ular hujayrada virus nuklein kislotasining kiritilishiga javoban hosil bo‘lib, virus agressiyasini (infeksiya) chegaralaydi. Turga xos α−interferonlar guruhi makrofaglarda sintezlanadi, γ-interferonlar esa T-hujayralarda hosil bo‘lib, interleykin-2 bilan stimullanadi. γ-interferon o‘z navbatida makrofag, T-hujayra va tabiiy killer – hujayralarning sitotoksik faolligini oshiradilar. Interferonlar antiproliferativ faollikga ega va ular nafaqat virus infeksiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy himoya oqsili hisoblanadilar. Lekin hozirgi vaqtgacha interferonlar viruslarining ko‘payishini tormozlaydigan molekulyar mexanizmlar aniqlanilmaganligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Interferonlarning barcha oqsillar (ham xo‘jayin, ham virus) sintezini translyatsiya bosqichida ingibirlashi ma’lum. Ehtimol interferonlar maxsus ingibitor-oqsil sintezini ingibirlaydi, u so‘ngra ribosomalar bilan bog‘lanib, translyatsiya jarayonini to‘xtatadi, yoki interferon faol eukariotik oqsil initsiatsiya omillaridan birini fosforillash yo‘li bilan faol bo‘lmagan omilga aylantiradi.
3. Tuzlar, oqsillar, glyukoza, mochevina va boshqa moddalarning plazmada erigan umumiy konsentratsiyasining yig’indisi osmotik bosimni tashkil etadi. Plazmaning osmotik bosimi asosan anorganik tuzlar bilan hosil qilinadi, chunki qand, oqsillar, mochevina va boshqa moddalarning konsentratsiyasi unchalik katta emas. Osmotik bosim organizmda qon bilan to’qimalar orasidagi suv almashinuvining ta’minlaydi.
Qonning osmotik bosimining doimiyligi, organizmdagi hujayralarning hayot faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ko’plab hujayralarning shu jumladan qon hujayralarining membranalari tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Shu sababli qon hujayralarini turli tuz konsentratsiyalariga ega bo’lgan eritmalarga, ya’ni turli osmotik bosimga ega bo’lgan eritmalarga solinganida qon hujayralarida jiddiy o’zgarishlar yuz beradi.
Ma’lumki, erituvchi doimo osmotik bosim yuqori tomondan past tomonga qarab harakat qilganligi sababli qon tarkibidagi eritrositlarni osmotik bosimi plazmadagi bosimdan past bo’lgan eritmaga solinganida (gipotonik eritma) osmos qonuniga asosan suv jadal ravishda eritrositlar ichiga kiradi, eritrositlar shishadi va ularning po’sti yorilib, uning ichidagi komponentlar suvga chiqadi, gemoliz yuz beradi. Eritrositlari gemolizga uchragan qon tiniq yoki laklangandek bo’lib qoladi. Odamlarning eritrositlari osh tuzining 0,44-0,48 % li eritmasiga solinganida gemolizlanishini boshlaydi. Gipotonik eritmalarga solingan eritrositlarni parchalanmaslik xususiyatga eritrositlarning osmotik chidamliligi yoki rezistentlik deyiladi. Eritrositlarning bu xususiyati yangi tug’ilgan va emadigan bolalarda voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Qon plazmasining osmotik bosimi osh tuzining 0,9 % li eritmasi konsentratsiyasiga tengdir. Emadigan bolalarning eritrositlarining maksimal chidamliligi 0,3 dan 0,4 % li osh tuzi chegarasida bo’lsa, minimal chidamlilik osh tuzining 0,48 dan 0,52 % chegarasida bo’ladi.
O’zining sifatiy tarkibiga va tuzlar konsentratsiyasiga ko’ra plazma tarkibiga teng bo’lgan eritmalar fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Ular izotonikdir. Bunday suyuqliklar qon yo’qotilganida ulardan qon o’rnini bosuvchi sifatida foydalaniladi.
Qonga turli miqdordagi suv va mineral tuzlar tushishi mumkin, lekin shunga qaramasdan buyraklar faoliyati tufayli qonning osmotik bosimi doimiy ravishda bir darajada turishi ta’minlanadi.
Bu jarayonda buyraklar, ter bezlari ham ishtirok etib, ular orqali organizmdan suv, tuzlar va moddalar almashinuvining boshqa mahsulotlari chiqariladi.
Qon bosimining oshishi–arterial gipertoniya bu, organizm bosimining patologik o„zgarishi bo„lib, unda sistolik qon bosimi 140 millimetr simob ustuni yoki undan ham yuqorini, diastolik qon bosimi 90-100 yoki undan ham yuqorini tashkil etadi. Odamda qon bosimining hatto 10 mm. simob ustuniga oshishi ham yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 30 foizga ko„paytiradi. Oxir-oqibatda insult, infarkt, stenokardiya, oyoq tomirlarining ishdan chiqishi kabi kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Arterial gipertoniyaga ko׳pincha yoshi ulg׳aygan va keksa kishilar chalinishi aniqlangan. Bu hol ayniqsa 55 yoshdan oshgan erkaklar va 60-65 yoshdan oshgan ayollar orasida ko׳proq uchraydi. Bu kasallikning tarqalganligi yosh oshishiga bog׳liq holda ko׳payib boradi, yani :
– 50 yoshlilar orasida 20 % ga;
– 60 yoshlilar orasida 30 % ga;
– 70 yoshlilar orasida 40 % ga;
– 50 yoshgacha bo`lganlar esa 10%
XIX asrda nemis shifokori, gipertoniya haqidagi ta’limot asoschilaridan biri Folgard ikki xil –qizil va oq gipertoniya mavjudligini ta’kidlaydi. Qizil gipertoniyada (yonoqlar qizilligi, butun tanaga taraluvchi hissiyotlar natijasidagi qizil dog’lar) teri ostidagi tomirlarda keskin torayish kuzatilmaydi. Oq gipertoniyada esa teri, qo׳l-oyoqlar oqarishi kuzatiladi. Albatta, gipertoniyaning kelib chiqishini faqat asab kasalliklari bilan bog׳lash to׳g׳ri emas. Uning kelib chiqishida bir nechta omillar sabab bo׳ladi.
Qon bosimini o‘lchashning ikki xil usuli bor: 1. Qonli usul (K.Lyudvig usuli) 2. Qonsiz usul. Qon bosimini qonli usul bilan aniqlash ancha mushkul. Buning uchun agar tajriba hayvonlarda olib borilayotgan bo׳lsa, hayvonga narkoz berish, uni harakatsizlantirish, qimirlamaydigan qilib bog׳lab qo׳yish va shularga o„xshash boshqa choralarni ko׳rish kerak. Qon bosimini aniqlashda qonsiz usul keng qo„llaniladi. Buning uchun tanometrlar yoki sfigmomanometrdan foydalaniladi.
4. Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq - 1,050-1,060 ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025- 1,034, shaklli elementIarining solishtirma massasi 1,090 ga teng.
Ma'lumki, suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan. Qonning yopishqoqligi 5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suv¬nikiga nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil moddaIar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrotsitlar miqdoriga bog'liq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa, qon quyuqlashadi, ya'ni plazmasining miqdori kamayib, shaklli elementlarining miqdori ko'payadi. Bu esa qonning yopishqoqIigi ortishiga sabab bo'ladi.
Qonning osmotik bosimi 7,6-S,1 atm ga teng. Uning 60% ini qonda erigan natriy xlorid tashkil etadi. Osmotik bosim osmometr yoki krioskop asboblari yordamida o'1chanadi. Qonning osmotik bosimi qon biIan h,ujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Osh tuzining 0,9% Ii eritmasi odam va barcha issiqqonli hayvonIar uchun ftziologik eritma bo'Iib hisoblanadi. Bundan yuqori konsentratsiyali eritmasi qon uchun gi pertonik, past konsentratsiyali eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritmadir. Agar ozroq qon osh tuzining gi pertonik eritmasi bilan aralashtirilsa, eritrotsitIar ichidagi suv eritmaga o'tadi, chunki eritmaning osmotik bosimi yuqori. Buning natijasida eritrotsitlar suvsizlanib, ularning hajmi kichrayadi va burishib qoladi.Aksincha, qon osh tuzining gipotonikeritmasi bilan aralashtirilsa, eritmadagi suv eritrotsitlar ichiga kiradi va ular shi¬shib yoriladi. Bu hodisa gemoliz deb ataladi.
Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlari¬ning (buyraklar va teri) faoliyati orqali boshqariladi. Odam ko'proq sho'r ovqat, tuzli ichimlik iste'mol qilganda, ko'p terlaganda qonning osmotik bosimi oshadi. Lekin buyraklar siydik ajratishi kamayishi tufayIi ma'lum vaqtdan keyin qonning osmotik bosimi yana normaga keladi.
Qonning tarkibi
Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi - shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya'ni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning o'rtacha miqdori katta odamda 5 I bo'Iib, u tana massasining o'rtacha 7% ini tashkil etadi. I kg tana massasiga o'rtacha 70 ml qon to'g'ri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga to'g'ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi (5O-100 ml).
Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo'Iib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90-92% suv, 7¬8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glyukoza, 0,8% yog'lar bo'ladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni pHi=7,4.
Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti - o'sishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar bo'lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so'riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga o'tadi va o'zlashtiriladi.
1 -rasm. Qonni tindirish bosqichi. 1- vena tom!ridan endigina olinib probirkaga quyilgan qon; 2- pro¬birkada bir Ol turgan qon; 3-sentrifugalangandan so`ng ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi rangsiz qismi - qon plalmasi, pastki quyuq qismi - qonning shaklli elementlari
bar qismi).
Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo'lgan qoldiq moddalar qonga o'tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o'tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo'llaniladi. Bu qon va plazma sog'lom odamlardan (donorlardan) olinadi.
Qonning shaklli elementlari
Qonning shaklli elementlariga'eritrotsitlar, leykotsitlar va trom botsitlar kiradi (2-rasm). Vlar qonning qUyuq qismini tashkil etadi.
2-rasm. Qonning shaklli elementlari.
1- eritrotsitlar; 2-8- leykotsitlarning har xii turlari; 2¬neytrofil leykotsitlar; 3- eozinofil leykotsitlar; 4- bazofil leykotsitlar; 5,6,7- limfotsitlar; 8- monotsitlar; 9- trombotsitlar.
Eritrotsitlar (qizH qon tanachalari). Eritrotsitlar suyaklarning ko'mik qismida hosil bo'ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo'ladi. Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo'qoladi, ya'ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo'ladi. Vlar o'rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. I mm qonda 4-6 million, o'rtacha 5 million dona eritrotsit bo'ladi. Eritrotsitlarning hosil bo'lishi va soni normal miqdorda bo'lishi odamning sog'lig'iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog'liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminJar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. Suyak ko'migida hosil bo'lib, qonga o'tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida yashaydi. So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan ajralgan temir moddasi suyak ko'migida yosh eritrotsitlar hosH bo'lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrostitlaming gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, o't suyuqligi hosil bo'lishi uchun sarflanadi.
Eritrositslarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o'pkalardan kislorodni o'ziga biriktirip hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidridni yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi.
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdo¬rining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalIikning oldini olish uchun yuqorida aytilganidek, ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, nafas oladigan havoning toza bo'lishi kabilar katta ahamiyatga ega.
Leykotsitlar (oq qon tanachalari). Leykotsitlar yadroli qon hujayralari bo'lib, yadrosining shakliga va bo'yalishiga qarab uch turga: monotsitlar - bir yadroli yirik leykotsitlar limfocitlar - bir yadroli, lekin monotsitlardan bir oz maydaroq; donador leykotsitlar, ya'ni granulotsitlarga bo'linadi. Bularning yadrosi ko'p shaklli. I mm' qonda 6-8 ming dona leykotsit bo'ladi. Leykotsitlar sonining ko'payishi leykotsitoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykotsitlar suyaklaming ko'mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil bo'ladi. Leykotsitlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisafagotsitoz deb ataladi. Leykotsitlarning bu xossasini atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykotsitlarning soni ko'payib, I mm qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og'ir mehnatdan charchasa, su¬runkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykotsitlar soni ka¬mayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.
Trombotsitlar (qon plastinkalari). Trombotsitlar suyaklarning ko'mik qismida va taloqda hosil bo'ladi. Yadrosi bo'lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo'ladi. I mm' qonda 300-400 ming dona trombotsit bo'ladi. Ular leykotsitlarga o'xshab 2-5 kun yashaydi. Trombotsitlarning aso¬siy vazifasi qonning ivishini ta'minlashdan iborat. Ular sonikamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning ja¬rohatlanishi juda xavt1i, chunki qon oqishini to'xtatish qiyin bo'ladi. Salgina urilish, turtinish natijasida badanda ko'karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o'z-o'zidan burundan qon kelishi mum¬kin. Shuning uchun trombotsiti kamaygan odam har xii shikas¬tIanishlardan saqlanishi kerak. Trombotsit tarkibida serotonin moddasi bo'lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.
Qonning ivishi. Qonning ivishi - organizmning muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo'qotishdan saqlaydi. Qonning ivish xossasi o'zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog'lig'iga katta xavf tug'diradi, chunki organizm ko'p qon yo'qotishi mumkin.
Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo'lib, bunda quyi¬dagi omilIar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to'r hosil qiladi va unga qonning shaklli. c1ementlari, ayniqsa trombotsitlar ilinib, to'siq hosil bo'ladi. Na¬tijada qon oqishi to'xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o'ynaydi.
Sog'lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba'zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan biologik modda - antigemofil omil yetarli bo'lmaydi.
Bu kasalIik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya'ni ota¬onadan bolaga o'tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko'p qon yo'qotish mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminning miq¬dori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
Qon guruhlari
1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari bo'lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi modda bo'lmasJigi kerak, ya'ni agglyutinogen A va agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a bo'Jishi mumkin. Agglyutinogen A va V bo'lgan qonda agglyutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3bo'lgan qonda agglyutinogenlar umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi.
I guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi
plazmada agglyutinin ava {3 bo'ladi.
Il guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 bo'ladi.
m guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo'ladi.
IV guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo'lib, plazmada agglyutinin umuman bo'lmaydi.
Ounyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar ahoJining o'rtacha 40% ini, Il guruh - 39% ini, III guruh - 15% ini va IV guruh - 6% ini tashkil etadi.
1940-yiJi K. Landshteyner va Viner qoii'ning eritrotsitlarida agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus ami! (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85% odamlar qonida bo'ladi va ular rezus musbat qonJi odam deb ataladi, 15% odamlarning qonida bu omil bo'lmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam-deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonJi odamga quyHsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro'y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga qarshi hosH bo'lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo'lgan oqsil zarrachalari) hosH bo'ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi.
5. Etanol energetik jihatdan boy birikma: 125 g etanol metabolizmi bilan hosil bo'lgan NADH miqdori 500 g glyukoza oksidlanishi bilan bir xil bo'ladi. Yaxshi ovqatlanish va etil spirtini tez-tez iste'mol qilish bilan, masalan, pivo shaklida "etanol" atsetil-SCoA TCA tarkibida unchalik ko'p yoqilmaydi, chunki u xolesterin va triatsilgliserollarni sintezi uchun ishlatiladi, ya'ni etanol energiyasi zaxira shaklga o'tkaziladi, bu giperlipidemiya, "pivoning semirishi" va jigarning yog'li infiltratsiyasiga olib keladi.
Organizmga kiruvchi etanol metabolizmi asosan jigarda uch usulda sodir bo'ladi. Birinchi yo'l sitozoldan boshlanadi va alkogolning alkogol degidrogenaza yo'li bilan mitoxondriyaga o'tadigan va sirka kislotasiga oksidlanadigan atsetaldegid yo'lidan oksidlanishidan iborat. Ushbu yo'l orqali barcha etanolning 80-90% o'tadi.
Alkogol oksidaza (sitokrom P450), shuningdek mikrosomal etanol-oksidlovchi tizim (MEOT) deb ataladi, 10-20% etanol oksidlanishiga javobgardir. Etanolni muntazam iste'mol qilish bilan mikrosomal oksidlanish ulushi oshadi (7 martagacha), chunki etanol spirtli oksidaza induktoridir va uning molekulalari soni ortadi.
Uchinchi usul - bu katalaz bilan etanol oksidlanishining vodorod peroksid yordamida reaksiyasi. Reaksiya asosan asab hujayralarining peroksizomalari va sitozolida sodir bo'ladi, uning qiymati katta emas, 2% dan oshmaydi.
СН3СН2ОН + Н2О2 → СН3СНО + 2Н2О.
Do'stlaringiz bilan baham: |