Kim edig-u, kim bo‘ldik: «O‘zbek modeli» O‘zlikni anglash va milliy davlatchilik



Download 18,87 Kb.
Sana17.11.2019
Hajmi18,87 Kb.
#26253
KIM EDIG-U, KIM BO‘LDIK: «O‘ZBEK MODELI» — O‘ZLIKNI ANGLASH VA MILLIY DAVLATCHILIK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori mazmun-mohiyatida mamlakatimiz fuqarolarining istiqlolimiz tarixini teran anglashiga erishish vazifasi ham yotibdi.

Bu esa har birimizni, ana shu Qarorda alohida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishganimizdan keyin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar mag‘zini chaqishga undaydi.

Davrlar o‘tgani sayin mustaqilligimiz tarixini o‘rganish, bu ulug‘ ne’matga qanday erishganimiz mohiyatiga yetish, istiqlolimiz qadrini chuqur anglashning ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Mamlakatimiz 1991-yil 31-avgustida o‘z mustaqilligiga erishdi. Dunyo xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat munosib o‘rin egalladi. U 24 yillik tarixan qisqa davrda ulkan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.

Avvalo, siyosiy qarashlarimiz o‘zgardi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar bilan birga, ulkan siyosiy islohotlar amalga oshdi. Tafakkurimizga butunlay boshqacha siyosiy ong kirib keldi.

Siyosatchilar XX asrni, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi asri, deb hisoblaydi. O‘zbek xalqi bu asrning qariyb to‘rtdan uch qismini sho‘ro zug‘umi ostida o‘tkazdi. Bu mustabid davrda milliy davlat qurish, jahon hamjamiyatida xalqaro mezonlar asosida xalqimiz manfaatini himoya qilish va shu yo‘lda siyosat yurgizish u yoqda tursin, shu gapni aytishning o‘ziga ham haq-huquqimiz yo‘q edi.

Demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat tushunchalari shunchaki so‘zlar emas. Bularning har biri – bir ulug‘ g‘oya. Ostida xalqning katta kurashi, intilishi, mehnati yotibdi.

Har bir xalq o‘z tarixiy ildizlariga suyangan holda ravnaq topadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarorida ta’kidlanganidek, «O’zbekiston o‘z vaqtida sobiq mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, «shok terapiyasi» kabi noma’qul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy tanlab oldi va dunyoda «o‘zbek modeli» sifatida e’tirof etilgan ushbu rivojlanish strategiyasi asosida real natijalarga erishdi».

Sotsializmdan voz kechgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganidan vasvasaga tushgan ayrim mamlakatlar siyosatchilari shoshma-shosharlik bilan «shok terapiyasi» degan «nazariya» o‘ylab topishdi. Ularning xom xayolicha, shu yo‘l bilan go‘yoki birdaniga «mo‘‘jiza» yuz beradigandek, zudlik bilan hamma yoq gullab-yashnab, yashin tezligidagi taraqqiyot yuz beradigandek.

Prezident Islom Karimov «shok terapiyasi»ga mutlaqo qarshi bo‘ldi va O‘zbekistonning ichki iqtisodiy siyosati ham o‘zimizning yangilanish va ijtimoiy taraqqiyot yo‘limiz umumiy prinsiplaridan, ham o‘zimizga xos xususiyatlarimizdan kelib chiqishini ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbari bu borada, jumladan, shunday deb yozadi: «Real tarkib topgan iqtisodiy vaziyat, ko‘pchilik oilalarning turmush darajasi pastligi tufayli respublikada bozorga o‘tishning «shok terapiyasi» yo‘li nomaqbuldir. U amalda «terapiyasiz shok» bo‘lib qaytadi, ya’ni tarkib topgan barcha tuzilmalar, me’yorlar, aloqalar tezda barbod bo‘ladi, boshqacha aytganda, batamom yemiriladi. Tashkiliy, iqtisodiy, moliya-kredit tizimlarini o‘zgartirish, tegishli huquqiy asosni, bozor tarmoqlari majmuini vujudga keltirish, kadrlar tayyorlash uchun vaqt kerak. Ishlab chiqarishni tayyorlash va qayta jihozlash uchun zarur bo‘lgan texnologiya vaqti omilini ham hisobga olish lozim. Va nihoyat, ehtiyoj va taklifning mutanosibligiga asoslangan qonunlar kuchga kirmas ekan, qattiq o‘rnashib qolgan tasavvurlar va me’yorlarni o‘zgartirishga vaqt kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki, sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich harakat qilish kerak» .

Bu so‘zlar aynan mustaqillikning boshida – 1992-yili aytilganini hisobga olsak, oradan yillar o‘tib, bu yo‘limiz avval-boshdanoq naqadar oqilona belgilanganiga yana bir karra guvoh bo‘lamiz.

Hayot – hamisha harakatda. Uni bir zum to‘xtatib turish yoki tarix g‘ildiragini orqaga aylantirishning aslo iloji yo‘q. Jamiyat doimo oldinga intilaverar ekan, u bilan birga ong ham tinimsiz o‘zgarib, takomillashib boraveradi.

Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham, davlat bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga ham tushadi. Shuning uchun Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq: «Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun»,– degan masalani qat’iy qilib qo‘ygan edi. Yoki uning 1992-yili yozgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» kitobida bildirgan mana bu fikrlari mag‘zini chaqish ham – juda muhim: «Bozorga o‘tish – muqarrar. Bu – davr amri, ob’ektiv reallikdir. Ayni paytda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositasidir».

Dunyoda kapitalistik bozor munosabatlariga asoslangan tuzumdan sotsializmga o‘tish tajribasi bor edi. Lekin sotsializmdan voz kechib, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish tajribasi mutlaqo yo‘q edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, sobiq sotsializmdan voz kechgan barcha davlatlar o‘tish davrini boshdan kechirishga majbur edi.

Sotsialistik iqtisodiy munosabatlardan voz kechib, bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi birinchi bo‘lib 1989-yil kuzida ikki Germaniya qo‘shilganidan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi hududida boshlangan edi. Biroq bu jarayon biz uchun mos emas edi. Chunki sobiq GDRda islohotlar nisbatan oson kechdi. Chunki o‘zaro birlashgan Germaniyaning bir qismi o‘sha orzu qilinayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzumda yashayotgan edida. Bu yoqda, iqtisod tili bilan ifodalaganda, Sharqiy Germaniyani shatakka olib tortqilaydigan – G‘arbiy Germaniya turgan edi.

Qolgan sobiq sotsialistik davlatlarda esa butunlay eski tuzumdan qutulib, yangisiga o‘tish kerak edi.

Xo‘sh, nima qilish kerak? Kimga, qaysi qoidaga, qanday tamoyillarga suyanmoq lozim?

Mulk, asosan, davlatniki bo‘lgan, rejali ishlab chiqarishga asoslangan, yakka mafkura hukmron sotsializmdan, buning ustiga, yillar mobaynida kuchaygan ma’muriy buyruqbozlik, totalitarizm, avtoritarizm holatidan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzumga – fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatga o‘tishning tap-tayyor qolipi, tajribasi, bosib o‘tilgan ravon yo‘li yo‘q va bo‘lmagan.

Ana shunda O‘zbekiston rahbari mamlakat uchun o‘tish davrining besh asosiy tamoyilini ishlab chiqdi. Vaziyat bu besh o‘ta muhim qat’iyatga izchil amal qilgan holda islohotlar olib borishni qattiq talab qilar edi. Bu tamoyillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, biri ikkinchisini taqozo etadi va hokazo.

Xuddi ana shu besh tamoyil asosidagi islohotlar tez fursatlarda jahon miqyosida «Taraqqiyotning o‘zbek modeli» sifatida tan olindi.

Modomiki, bugun istiqlolimizning 24 yil mobaynida bosib o‘tgan shonli yo‘lini teran mushohada qilayotgan, uning tub mohiyatini anglab yetishga intilayotgan ekanmiz, bu besh tamoyilning islohotlar jarayonidagi o‘rnini aniqlash uchun ularni alohida-alohida ko‘rib o‘tishga zarurat borligi ayonlashadi.

Birinchi tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ishlab chiqarishni mafkuradan xoli qilish.

Bu muhim tamoyil iqtisodiyotning erkin ravnaqiga keng yo‘l ochadi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin ayrim ziyolilar o‘rtasida ma’naviyatga e’tibor kuchaytirilaversa, iqtisod o‘z-o‘zidan o‘nglanib ketaveradi, deganga o‘xshash noto‘g‘ri qarash ham shakllangandek bo‘ldi. Bunga qarama-qarshi ravishda ayrimlarda, avval iqtisodni rivojlantirish kerak, ma’naviyat keyin bo‘laveradi, degandek xato fikrlar ham aytila boshladi.

Bu ikki qarash ham mukammal emas edi. Oqilona fikrni Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobidan topamiz: «...Insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi».

Modomiki, gap birinchi tamoyil haqida borar ekan, shu talqinni iqtisodiyot bilan siyosat qiyosida ham bemalol qo‘llashimiz mumkin: taraqqiyot uchun siyosat ham kerak, iqtisod ham.

Shuning uchun ham bu tamoyilni bugun batafsilroq sharhlashga to‘g‘ri keladi.

Bu tamoyil jamiyatni, avvalo, aynan rejali ishlab chiqarishdan qutulishga undaydi. Uni hayotga joriy etish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘ladi:

– Siyosat – siyosat, iqtisod – iqtisod qonuniyatlari bilan ish ko‘rsin. Ya’ni har qanday tovar o‘z tannarxini qoplab, foyda ko‘riladigan narxda sotilsa, marhamat, ishlab chiqarilsin. Aks holda, uni ishlab chiqarishdan nima foyda? Sho‘ro siyosati shunday zarar bilan ishlayotgan korxonalarni ham aynan siyosat maqsadi uchun ushlab turgan. Oxiri bu iqtisodiy tanazzulga olib bordi.

— O‘sha kezlari sobiq sho‘ro davlati paxta bizda ishlab chiqarilganiga qaramay, faqat siyosiy-mafkuraviy maqsadini ko‘zlab, to‘qimachilik korxonalarini ko‘proq Rossiyaning Ivanovo shahrida qurgan edi. Holbuki, iqtisodiyot qonunlari bilan ish ko‘rilganida, kamxarj ishlab chiqarish o‘ylanganida to‘qimachilik korxonalarini shundoqqina paxta yetishtiriladigan tumanlarning o‘zida – dalaga yaqin joyginada qurmasmidi. Yo‘q-da, Ivanovoni to‘qimachilik markaziga aylantirish ostida aynan siyosiy maqsadlar yotgan...

– Iqtisodiy jihatdan foyda keltirsa, siyosiy-mafkuraviy davlatchilik tuzumi boshqacha bo‘lsa ham, yaqin iqtisodiy hamkorlik o‘rnataverish lozim.

Ikkinchi tamoyil davlatning bosh islohotchi ekani bilan izohlanadi. Shunday yo‘l tutilmasa, bo‘lmaydi. Chunki sotsializmda deyarli barcha mulk davlat qo‘lida bo‘lgan. Uni jamiyatga o‘tkazishni davlat o‘zi amalga oshirishi kerak. Shuning uchun davlat o‘zi bosh islohotchi sifatida islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi lozimdegan so‘zlar zamirida chuqur ma’no mujassam.

Muhtaram Yurtboshimiz: «Bozorga o‘tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o‘zgaradi», – deb bejiz ta’kidlamagan. Shu tariqa yangi tuzumda davlat bozor iqtisodiyoti va demokratiya asosida rivojlangan davlatlardagi kabi standartlarga yaqinlashadi. Buning uchun davlatimiz rahbari o‘rtaga tashlagan«Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» shioriga amal qilinadi. Davlat eski tuzum davrida noo‘rin tarzda gardaniga olgan ko‘p-ko‘p vazifalarni bosqichma-bosqich jamiyat zimmasiga yuklab boradi.

Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kechayotgan bir davrda O‘zbekistonimiz muntazam taraqqiyot yo‘liga kirib olgani ayrim rivojlangan davlatlar rahbarlarini ham, bozor munosabatlarini tartibga solishda davlatning o‘rni va mavqeini jiddiy hisobga olish kerak ekan, degan xulosaga kelishiga undadi. Chunki ko‘plar, bozor o‘z-o‘zicha, stixiyali ravishda rivojlanadi, degan qarashga kuchli urg‘u berib, adashdi.

Uchinchi tamoyil – jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligiga erishish. Chunki bir tuzumdan ikkinchisiga qonuniy asosda o‘tish lozim. Aks holda, mamlakatda boshboshdoqlik yuz beradi, adolatsizlik kelib chiqadi, biron-bir ezgu maqsadni oxirigacha amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Shu sabab Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish hamma uchun qat’iy qoida bo‘lib qoladi.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan olamshumul ishlar, jumladan, ikki palatali parlamentga o‘tganimiz zamirida aynan qonun ustuvorligiga erishish maqsadi yotgani – barchaga ayon.

To‘rtinchi tamoyil – aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.

Bir narsani unutmaslik kerakki, Prezident asarlarida, nutq va ma’ruzalarida ko‘p takrorlanadiki, biz aynan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tyapmiz.

«Ijtimoiy himoya» – siyosiy, ya’ni davlatshunoslikka oid atama. Ma’no jihatidan«ko‘pchilikni himoya qilish» degan tushunchani bildirgani bilan, u amalda muayyan ma’noni, ya’ni aholining, asosan, muhtoj va nochor toifalarini moddiy va ma’naviy himoya qilishni nazarda tutadi.

Har qanday tuzum va jamiyatda aholining nisbatan muhtoj toifalari, jumladan, yetim-esirlar, iqtisodiy muhtoj kimsalar, kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali oilalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar, pensionerlar, yosh bolali onalar, yosh oilalar, yosh kelin-kuyovlar u yoki bu darajada uchraydi.

Ammo bir tuzumdan ikkinchisiga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya o‘z-o‘zidan va tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Kimdir oldingi ishidan ajralishi, uni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi ham zamonning zayli hisoblanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muhtojlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham – tabiiy jarayon.

Xo‘sh, O‘zbekistonimizda shu masalalar qanday hal etilyapti? Biz qanday yo‘lni bosib o‘tdik?

Ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilgan ishlarga umumiy baho beriladigan bo‘lsa, bizda, jumladan, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilgan holda, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligi saqlab qolinganini alohida qayd etish lozim. Davlat bu pozitsiyani istiqlolning boshidan qattiq turib amalga oshirib kelyapti.

Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni milliy mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli tarzda hayotga tatbiq etishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir necha marotabadan davlat budjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo bo‘ldi va ular tobora takomillashib boryapti.

Jamiyat – bir butun tana. Uning ayrim shoxlari gullab-yashnab ketsa-yu, boshqalari quruq-qaqshab qolsa, adolatdan bo‘ladimi? Yo‘q: «Jamiyat haddan tashqari boylarga va haddan tashqari kambag‘allarga ajralib ketishiga yo‘l qo‘yishga bizning haqqimiz yo‘q», – degan edi Yurtboshimiz.

Demak, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati ana shunday ilmiy, huquqiy, ma’naviy asosga suyanadi. Ma’rifatli jamiyat barpo etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, adolatli huquqiy davlat qurish maqsadi shuni talab etadi. Chunki kuchli ijtimoiy siyosat iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati hisoblanadi.

Beshinchi tamoyil – bozor iqtisodiyotiga obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, puxta o‘ylab, tadrijiy asosda, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish.

O‘tish jarayonini sun’iy ravishda tezlashtirish, shubhasiz, shoshma-shosharlik, pala-partishlikka, ishni chalakam-chatti amalga oshirishga olib kelgan bo‘lur edi.

Besh tamoyilni bir-bir sanaganimizning boisi bor. Aynan «taraqqiyotning o‘zbek modeli» jahonda kechayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida o‘zini tamoman oqladi. Chunki O‘zbekistonimizda davlat va xalq aynan ana shu tamoyillar asosida islohotlarni izchil ravishda amalga oshirib kelyapti. Shu tariqa Vatanimiz o‘z istiqlol yo‘lini o‘zi belgilagani, bu yo‘ldan og‘ishmay ilgarilab borayotgani bilan alohida va o‘ziga xos obro‘-e’tibor topdi.

Xalqimiz bu ko‘hna tarix jarayonlarida ko‘p-ko‘p va turli-turli o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirdi. Lekin istiqlol – mamlakat hayotidagi o‘ta muhim, hayotimizda tub burilish yasagan nihoyatda ulkan voqea.

Ha, Vatandan azizroq makon yo‘q bu dunyoda.

Shuning uchun ham o‘z davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan mamlakat fuqarosi sifatida har birimiz:«Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O’zbekistonim!» – degimiz kelaveradi.

Muallif: "Toshkent oqshomi" gazetasi

Marta o`qilgan: 62406

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi © 2019

100000, Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 3

Kotibiyat: +998 71-233-80-98

Faks: +998 71-239-15-17

Elektron-pochta: info@mfa.uz

Call-center: 1164



Murojaatlar bo'limi:

+998 71-233-69-46
Download 18,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish