Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Fizika va kimyo fakulteti fizika va astronomiya ta’limi yo’nalishi FA 21/4, 21/5, 20/4, FAOM 19/4 – KIM 21/4.KO’M 19.,KIM 20/5/guruh talabalari bilan “Navro’z-yangilanish va yosharish bayrami“ mavzusida 10.03.2022 kunida o’tkazilgan
Axborot va murabbiylik soati
BAYONNOMASI
Qatnashdilar: FA 21/4, 21/5, 20/4, FAOM 19/4 – KIM 21/4.KO’M 19.,KIM 20/5/4- guruh talabalari, fizika va kimyo fakulteti Tyutori Samatov Abdusattor Samatovich
Kun tartibidagi masalalar:
10.032022 yil
Mavzu: “Navro’z-yangilanish va yosharish bayrami“
Eshitildi: mavzu boshlashdan oldin Institut ichki tartib, qonun-qoidalari va ta’lim muassasalarida mobil a’loqalaridan foydalanmaslik qoidalari bilan tanishtirib o’tdilar va mashg’ulotlarga talaba xos kiymda kelishlari ,tashqi ko’rinishka etiborli bolishlarini eslatib o’tdi
FA 21/4, 21/5, 20/4, FAOM 19/4 – KIM 21/4.KO’M 19.,KIM 20/5/-guruhlar tyutori Samatov tomonidan talabalarga hafta davomida mamlakatimizning siyosiy ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan yangiliklaridan axborot berib o’tildi.
-Mavzu slaydlar shaklida tanishtirildi. Mavzuni to’liq va ko’rgazmalar bilan tushunarli qilib o’tkazdilar. Hafta yangiliklari bilan tanishtirildi.
Talabalar o’rtasida bahs va muzokaralar o’tkazildi.
Mavzuni savol-javob usulida mustahkamlab olindi.
So’zga chiqdilar: Mavzu yuzasidan qo’shimcha qilib FA 21/5 guruh talabasi 21/4 guruh talabalari o’z fikrlarini bildirishda faollik ko’rsatishdi. Bu o’z navbatida Axborot soatini yanada mazmunli,qiziqarli o’tishiga yordam berdi.
USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR
MAVZU: “ELGA XIZMAT – OLIY HIMMAT”
(Saxiylik)
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatish tizimi joriy qilinishi, tibbiy, huquqiy, axborot, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy kabi sohalarda keng namoyon bo‘lmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlardan biri «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» qilib belgilangan. Mazkur vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish ijtimoiy xizmat tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Insoniyatning o‘tmishida ijtimoiy ish yoki xizmat deb ataluvchi muayyan tizim bo‘lmagan bo‘lsada, biroq, bu faoliyatning elementlari qadimdan mavjud bo‘lgan. Qadimgi Misr ibodatxonalarida ochlarga tekin non va boshqa oziq-ovqat turlarini, qadimgi Yunoniston va Rimda amal qilgan filantropik harakatlar, ya’ni kambag‘allashgan aholi qatlamlariga non, kiyim – kechak hamda pul tarqatilishi, Qadimgi Xitoyda hamdard bo‘lish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni kuzatish mumkin.
Amir Temur davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat darajasida amal qilgan bo‘lib «Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa belgilangan». Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan «turlik-turlik xayru ehsonlar qilinib, sinf-sinf sadaqalar mustahiklarga yetkazilib, faqir va miskinlarga bisyor obu osh bergan»ligi keltirilgan. Shu tarzdagi faoliyatning natijasida, ijtimoiy xizmat tizimi ma’lum vaqt o‘tishi bilan jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida muhim hisoblangan alohida mustaqil sohaga aylanadi.
Mutafakkir adib Alisher Navoiy saxovat va himmatni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi. U bunda mutlaqo mubolag‘a qilmaydi. Darhaqiqat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda saxovatlilik, himmatlilik singari oliyjanob xislatlar yo‘qolgan kuni bu hayot daraxti qaqrab qurimog‘i turgan gap. Navoiy oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga, behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatishi bejiz emas. Bunga qo‘shimcha, chinakam saxovatli va himmatli kishilarga minnat degan qusur mutlaqo yotdir.
O‘zbek xalqi azal-azaldan bag‘rikeng, serhimmat, saxovatli xalq. Shuning uchun ham bugun uning bag‘rida 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch, osuda va bunyodkor hayot kechirmoqdalar. Odamlarga madad berish, ko‘maklashish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog‘langan. Bu o‘zaro yordam va ko‘mak berish singari filantropik tarzdagi ijtimoiy xizmatning ko‘rinishlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bunda, savob ishlarni amalga oshirish, xayr-ehson qilish, sahovatli bo‘lish singari amallar o‘zbek xalqi hayotida ham iymon va e’tiqod, ham ma’naviy madaniyat tarzida kechib, etnoan’ana tarzida bu kunga qadar davom etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |