Kichik tumanni rejalashtirish va qurish



Download 0,55 Mb.
bet3/6
Sana05.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#638546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs loyiha ishi - копия

Dastlabki ma’lumotlar
Turar-joy tumanini loyihalashdan oldin ushbu tuman joylashgan shaharda uning tutgan o’rnini va ahamiyatini aniqlab olish lozim. Bu esa, o’z navbatida, ushbu shahar va umuman shaharlar to’g’risida tushunchaga ega bolishni, ularning xususiyatlarini o’rganib chiqishni talab etadi.
Umumiy tushuncha sifatida, shahaming arxitekturaviy-rejaviy strukturasi - uning hududida sanoat, turar-joy, jamoat markazi va dam olish hududlarini joylashtirish; ular orasidagi aloqa tizimini yaratish va har bir hududni strukturaviy tashkil etishni bildiradi. Bular yaxlitlangan holda shahar rejasining arxitekturaviy kompozitsiyasini tashkil etadi.
Yashash hududlarining - turar-joy tumani va kichik tumanlar strukturaviy birliklari shakllanishining umumiy prinsiplari turli tabiiy-iqlimiy sharoitlardagi barcha shaharlarga xosdir. Lekin shu bilan birga, O’zbekistonning alohida hududlari o’ziga xos tabiiy-iqlimiy, demografik va ijtimoiymaishiy xususiyatlarga ega va ularni shahaming yashash hududlarini shakllantirishda hisobga olish zarur. Ushbu omillar majmuasini hisobga olish yashash sharoitlaririi qulaylashtirishga yordam beradi va qurilmalarning o’ziga xosligining shakllanishiga obyektiv asos bolib xizmat qiladi.
Denov tumani ning iqlimi kontinental. Bu hol yillik, mavsumiy va kunlik haroratning amplitudasida yaqqol ko’rinadi. U shuningdek, havoning nihoyatda quruqligi, mavsumiy namlanishning keskin farqlanishi bilan ajralib turadi. Yillik yog’inlar asosiy miqdori yoki 52 foizi nomal davrga, 37 foizi mart-aprel oylariga to’g’ri keladi. Yoz va kuz oylarida yog’ingarchilik bo’lmaydi, havo namligi juda past va bug’lanish juda katta. Denov tumani dengiz satxidan qariyib 600 m balandlikda joylashgan. Ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra, qishi qisqa va iliq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 2,90 iyulniki 28,40 . Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, tog’ oldi va tog’larda 445 mm dan 625 mm gacha yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Amal-o’suv davrida havoning nisbiy namligi 48% ga, bug’lanish 1070-1100 mm ga etadi. Yiliga 9-11 kun 15 m/s tezlikda shamol esadi, shundan 6-7 kuni chang bo’ronlidir. Birinchi kuzgi sovuqlar 29- 30 oktbrda boshlanadi, bahorning oxirgi sovug’i 2-17 martga to’g’ri keladi. Kuz-qish davrlarida tuproq 1,5 metrgacha chuqurlikda namlikka to’yinadi.
Bundan tashqari, O’zbekiston hududi turli shamol yo’nalishIari sharoitlari bilan xarakterlanadi; uning katta qismida kuchsiz shamollar va shamolsizlik hukmron. Lekin shu bilan birga ba’zi tumanlarda kuchli chang shamollar va sovuq qishki shamollar kuzatiladi. Natijada kuchsiz shamol bo’lgan hududlarda uylar, hovlilar va ochiq fazoviy muhitlarni yaxshi shamollatish imkoniyatini yaratish, kuchli shamollar bo’lgan hududlarda - shamoldan himoya qiluvchi rejaviy usullar qo’llagan holda ulardan himoya qilish talab etiladi.
Kuzatishlar natijasida ishlab chiqilgan shamol guli nurlarining uzunligiga qarab qaysi tomondan ko’proq havo oqimi kelsa o’sha tomondan hukmron shamol yo’nalishi belgilanadi. Shamol yo’nalishidan tashqari shamol takrorlanishini ham ko’rsatib beradi (kun, oy, yil bo’yicha aniqlangan), shuningdek, shamol kuchi, davomiyligini (minut/kun, minut/soat) ham ko’rsatadi. Shamol gulini chizishda ma’lum bir masshtabda shamol yo’nalishining qaytarilish birligini yoki shamolning o’rtacha va maksimal tezligi birliklarini har bir rumbga mos holda vector yo’nalishida qo’yiladi. Vektorlarning oxirgi nuqtalarini chiziqlar bilan tutashtiriladi. Shamol guli berilgan hudud uchun shamol qaytarilishlari natijalariga asoslanib, yilning eng issiq oy va eng issiq 36 kvartalida olinadi. Buning sababi - ushbu vaqtda sanitar-gigiyenik masalalarda eng katta noqulayliklar yuzaga keladi: kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar ko’p tarqaladi, sanoat muassasalari atrofida havo muhitining ekoiogik sharoiti yomonlashadi. Hukmron shamol yo’nalishi shamol gulining markaziga yo’nalgan eng kata vektorga mos keladi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish